O'zbekiston anklavlari haqida nimalarni bilamiz? 

3 817

 
Dunyoning ko'pgina mintaqalarida anklavlar mavjud bo'lib, ular qo'shni davlatlar o'rtasidagi munosabatlarga ta'sir ko'rsatib keladi.

Anklav so'zi (frantsuzcha enclave so'zidan olingan bo'lib, "yopiq, qurshovda qolgan hudud” ma'nolarini anglatadi) davlat hududining bir qismini boshqa davlat hududida qolganligi deb ta'rif beriladi.
 
Jumladan, O'zbekiston Respublikasining Farg'ona viloyati tasarrufiga kiruvchi So'x, Shohimardon va Chong'ara hududlari qo'shni Qirg'iziston (Botkent va Qadamjoy tumanlari oralig'ida) hududida joylashib qolgan. Ushbu anklavlar quruqlikdan O'zbekiston bilan bog'lanmagan.
 
So'x anklavi – ma'muriy jihatdan Farg'ona viloyati So'x tumani deb yuritiladi, markazi Ravon shahri. Umumiy maydoni 220 kilometr kvadrat bo'lib, 19 ta aholi yashash punktlaridan iborat. Aholisi 74,1 ming kishidan iborat bo'lib, 99,2 foizi tojik, 0,7 foizi qirg'iz hamda qolgan qismini o'zbek va boshqa millat vakillari tashkil etadi.
 
Aholisi asosan qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanib, kartoshka va mevalar yetishtiradi.
 
Shohimardon anklavi – ma'muriy jihatdan Shohimardon qo'rg'oni deb yuritilib, markazi Shohimardon shaharchasi. Umumiy maydoni 90 kilometr kvadrat bo'lib, 2 ta aholi yashash punktlaridan iborat. Aholisining 91 foizi o'zbek, 9 foizini qirg'iz millat vakillari tashkil etadi.
 
Chong'ara anklavi – ma'muriy jihatdan So'x tumani Chong'ara mahallasi deb yuritiladi. Aholisi asosan guruch mahsuloti etishtiradi va chorvachilik bilan shug'ullanib keladi.
Sanjar Jo'ra
Manba: qalampir.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.