Hayratomuz dalillar 

4 340

- Asalari 1 kilogramm asal yig‘ish uchun 2 milliondan ortiq gulga qo‘nishi kerak.
- Begemotlar suv ostida dunyoga keladi.
- Orangutanglar yuzaga kelayotgan xavf haqida oldindan xabar beradi.
- Yumronqoziq bir kechada 76 metr tunnel qazishi mumkin.
- Chuvalchangning tishlari 25 mingga yaqin xolos.
- Nil daryosidagi timsohlar tufayli har yili 1000 dan ortiq inson halok bo‘ladi.
- Tuyaqushning tuxumini qaynatish uchun 4 soat vaqt kerak bo‘ladi.
- Sherlar galasida o‘ljaning 90% ni urg‘ochi sherlar topib keladi.
- Yalqov (hayvon) umrining 75 foizini uyquda o‘tkazadi.
- Kolibri (qush) yura olmaydi.
- O‘txo‘r hayvondan yirtqich hayvonni farqlashning eng oson yo‘li: yirtqichlarda ko‘zlar o‘z qurbonini ko‘rish uchun yuzning old tomonida joylashgan bo‘ladi, o‘txo‘rlarda esa yuzining ikki chetida — o‘z dushmanlarini ko‘rish uchun.
- Ko‘rshapalak — ucha oladigan yagona sut emizuvchi jonzot.
- Yerda yashagan barcha hayvonlarning 99% i qirilib ketgan.
- So‘nggi 4000 yil ichida birorta ham hayvon xonakilashtirilmadi.
- Pingvinlar 1,5 metrga sakray oladi.
- Shimpanzelar o‘zini ko‘zguda taniy oladigan yagona hayvon hisoblanadi.
- Odam va fillar — boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchilardir.
- Timsohlar suv ostiga chuqurroq sho‘ng‘ish uchun og‘ir toshlarni yutib yuboradi.
- Qutb ayiqlari 40 km/soat tezlikda yugura oladi.
- Dastlab Avtstraliyaning 50 sentlik tangasi 2 dollarlik kumushdan quyilgan.
- Angliya kutubxonalarida eng ko‘p o‘g‘irlanadigan kitob — "Ginnesning rekordlari kitobi”. Bu dalil rekordlar kitobiga kirgan.
- Monako milliy orkestri bu davlatning armiyasidan kattaroq.
- Sahroi Kabirda bir martagina — 1978-yilning 18 fevralida qor yoqqan.
- 1983-yil davomida birorta ham odam tug‘ilmagan davlat — Vatikan.
- Nil daryosi ikki marta — IX va XII asrlarda muzlagan.
- Sharqning qadimiy davlatlarida qitiqlash qonun bilan taqiqlab qo‘yilgan.
- Las-Vegasning kazinolarida hech qayerga soat qo‘yilmaydi.
- Eskimoslar tilida "qor” so‘zini ifodalash uchun 20 dan ortiq so‘z bor.
- Italiyada "Barbi” qo‘g‘irchoqlari Kanadadagi tub kanadaliklar sonidan ko‘proq.
- Fransiya qonunlariga ko‘ra, insoniy yuzga ega bo‘lmagan (masalan, o‘zga sayyoralik ko‘rinishida) qo‘g‘irchoqlarni sotish taqiqlanadi.
- Kanada so‘nggi 5 yil ichida 4 marta BMT tomonidan yashash uchun eng zo‘r mamlakat deb e’lon qilindi.
- Rossiyada aroq XIV asrda paydo bo‘lgan. Dastlab u dori sifatida tomchilab sotilgan.
- Mushukning bosh suyagi faqat tepa va pastga harakatlanadi. Itlarning bosh suyagi esa to‘rt tarafga harakatlana oladi.
- Erkaklarning miyasi 30 yoshdan so‘ng quriy boshlaydi va 60 yoshlarga borganda uning 30% i qurib qoladi. Ayollar organizmida bu jarayon kuzatilmaydi.
- Urg‘ochi gepardlar kiyikning bolasini tutib kelib, bolalariga ov qilishni o‘rgatishda ko‘rgazmali qurol sifatida foydalanadi.
- Urg‘ochi fillar yangi tug‘ilgan "chaqaloq”ni 2 yil ko‘tarib yuradi, keyin esa yana 2 yil o‘z suti bilan boqadi.
- Jirafa tug‘ilgan zahoti hayotdan oladigan ilk taassuroti — 2 metr balandlikdan boshi bilan qulash.
- Afrika tuyaqushining 15 santimetrlik tuxumi 1,8 kilogramm keladi.
- Tinch okeanidagi Mariana botig‘iga Everest cho‘qqisi bemalol "sig‘adi”.
- Aleksandr Bell tomonidan 1876-yilda ixtiro qilingan birinchi telefonning qo‘ng‘irog‘i bo‘lmagan. Chaqiruv trubka orqali hushtak chalish orqali amalga oshirilgan.
- Bridj — karta bilan o‘ynaladigan yagona olimpiya sport turidir.
- Mashhur amerikalik fizioximik Lyuis Gilbert Nyuton 30 martadan ziyod Nobel mukofoti sovrindorligiga nomzod bo‘lgan, ammo biror marta ham bu mukofotni ololmagan.
- Abxaziya Respublikasining nomi abxazcha «apsni» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek tilida bu so‘z «qalb o‘lkasi» degan ma’noni bildiradi.
- Avstraliya mamlakatini hech ikkilanmasdan akatsiyalar o‘lkasi deb atash ham mumkin. Chunki bu daraxtning 500 dan ortiq turi ushbu mamlakatda o‘sadi. 20 mingdan ziyod o‘simlik turiga ega bo‘lgan Avstraliyaning «yashil qit’a» deb nomlanishini esa ko‘pchilik bilsa kerak.
- Ukraina hudud jihatidan Yevropada eng yirik davlatdir. Uning maydoni — 603700 km.kv.
- Mongoliya davlatining hududi — 1566000 km.kv. Qizig‘i shundaki, bu hududning 80% ni o‘tloq va yaylovlar egallagan.
- Bugungi kunda jahonda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zlardan biri bo‘lgan avia so‘ziga «qush» degan ma’noni anglatadigan lotincha «avis» so‘zi asos bo‘lgan.
- Qadimgi Makedoniya davlatida ellinizm bo‘lganmi-yo‘qmi, degan masala dunyo tarixchilari orasida hamon davom etmoqda.
- Yerning ilk sun’iy yo‘ldoshini koinotga olib chiqqan "Sputnik” tashuvchisi aslida ballistik raketa olib yuruvchi 8K71(R-7) quroli sifatida yaratilgan edi.
- Tender — ichida suv va yonilg‘i saqlanadigan va paravozga ulanadigan vagonning nomi. Agar suv bilan yonilg‘i parovozning o‘zida saqlansa, u "tank-parovoz” deb ataladi.
- SSSR va Finlyandiya o‘rtasida 1941-1944-yillarda bo‘lib o‘tgan urushni fin tarixchilari "Davomli urush” deb atashgan.
- Dunyodagi eng uzun osma ko‘prik bo‘lmish Akasi-Kaykyo (Yaponiya) troslari bir-biriga ulansa, Yer sharini yetti marta aylantirib chiqish mumkin.
- Yaqinda arxeologlar qadimgi Troya hududidan har biri turlicha davrga xos yettita qishloqni topishdi.
- "Quvnatuvchi gaz” nomini olgan diazot oksidi (N2O) tibbiyotda anasteziyani bosishda tinchlantiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Avtomobilsozlikda esa bu modda ichki yonuv dvigatelining texnik quvvatini oshirish uchun ishlatiladi.
- Folksvagen-qo‘ng‘iz avtomodeli Ikkinchi jahon urushi tugaganidan 27 yil keyingina Ford Model T markasining rekordini sindirishga muvaffaq bo‘ldi va dunyoda eng ko‘p miqdorda sotilgan avtomobilga aylandi.
- Butun dunyo banklaridagi oltin zahiralarini (32 ming tonna) bir joyga to‘plasak, bor-yo‘g‘i 12 metrlik kub hosil bo‘ladi, xolos.
- Kamalak yerdan turib qaraganda yoy shaklida ko‘rinadi. Samolyotdan esa butun doira bo‘lib ham ko‘rinishi mumkin.
- Ginnesning rekordlar kitobi ilk bor 1955-yil sotuvga chiqarilgan.
- "Oltin darvoza” ko‘prigi qurilganidan buyon o‘tgan oltmish yildan ortiqroq vaqt ichida undan o‘zini suvga tashlab mingdan ortiq inson halok bo‘ldi. Bu yiliga 17 ta, ya’ni har uch haftada bittadan suiqasd, deganidir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.