Chilida dunyodagi eng qurg`oqchil Atakama cho’li gulladi.
Chilida haqiqiy dunyo mo`jizasi ro’y berdi. 2015-yildan
beri ilk bora dunyoning eng qurg`oqchil cho’l-biyoboni hisoblangan Atakama cho’li
qiyog`os gulga burkandi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.Bunday iqlimi og`ir sharoitda
faqatgina issiqqa bardoshli bo’lgan o’simliklargina o’sishi mumkin. Chunki cho’l
suvsizlikdan qovjirab yotadi. Ammo ayni paytda mazkur cho’lda 200 turdan ortiq
gullar qiyg`os ochilgan. Cho’lu-biyobonning gulzorga aylanishiga mutassil yoqqan
yomg`ir sabab bo’ldi. Kuchli yog`ingarchilik oqibatida yer ostida bo’lgan ildizdan
gullar ochildi.
Mazkur holat nafaqat olimlarni,
balki sayohlarni ham hayratga soldi. Noyob o’simliklarni, gullarni tomosha qilish
uchun minglab sayyohlar Chili tomon yo’l olishmoqda.
