Kamchatkadagi Shiveluch vulqonidan 9 kilometr balandlikka kul sochildi 

2 483

Kamchatkadagi Shiveluch vulqonidan otilgan kul dengiz sathidan 9 ming metr balandlikgacha sochildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri. 

"Seshanba kuni kechqurun Kamchatkadagi Shiveluch vulqonidan 9 ming metr balandlikgacha kul sochildi. Vulqonning balandligi 3283 metrni tashkil etadi”, deb xabar berdi FVVning hududiy boshqarmasi. Shamol yo`nalishi kulni 36 kilometrgacha tarqatdi. Kul aholi yashovchi punktgacha etib bormadi. Vulqon otilishi tufayli mazkur hududga sayyohlarning kirishi taqiqlandi.

Shiveluch — Kamchatkaning shimoliy qismida joylashgan vulqon bo`lib, u Klyuchi qishlog`idan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan. Shiveluch dengiz sathidan 3283 metr balandlikda joylashgan. Vulqon 2009 yilning bahoridan beri otilib, portlovchi xususiyatga ega.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.