Indoneziyadagi “Kamalak qishloq” 

2 840

Mazkur qishloq o`zining yorqin ranglari bilan dunyodagi boshqa qishloqlardan ajralib turadi, deb xabar beradi Tjournal.ru nashri.

Indoneziyadagi Kampung Pelangi nomli qishloqning ma`nosi "Kamalak qishloq”, deb tarjima qilinadi. Bu qishloqda mavjud bo`lgan 232 ta uyning barchasi turli ranglar va bo`yoqlar bilan bezatilgan.

Hukumat sayyohlarning e`tiborini tortish maqsadida qishloq aholisiga uylarni ta`mirlash va bo`yash ishlarida moliyaviy yordam ko`rsatadi. Bu mazkur doiradagi ilk loyiha emas, yana bir qancha "Kamalak qishloq”lar mavjud bo`lishiga qaramay, aynan yuqoridagi qishloq sayyohlar orasida mashhurdir. Quyidagi fotosuratlarni tomosha qilgach, bunga o`zingiz ham amin bo`lasiz.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.