Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi 

2 537

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 19-dekabrdagi 11-son bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unda fanlar nomi, test topshiriqlari soni, baholash mezonlari (har bir to‘g‘ri javobga beriladigan ball) va maksimal ball miqdori keltirilgan.

1. Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy fanlar bo‘yicha:
Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan, maksimal ball – 31.5.
Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan, maksimal ball – 31.5.
O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan, maksimal ball – 31.5.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball.
 
2. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan bo‘yicha:
1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan, maksimal ball – 93.
2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan, maksimal ball – 93.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.
 
Umumiy holda, 2020/2021 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 105 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 280.5 ballni tashkil etadi.
Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
 
Davlat test markazi matbuot xizmati

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.