Suvning sho`rligi
Suv - ajoyib erituvchi. Shu sababli tabiatda
tarkibida biror moddani eritmagan suv yo`q. Tarkibida erigan modda bo`lmagan
toza (distillangan) suvni faqat laboratoriyalardan olish mumkin. 1 l (kg) suvda
erigan moddalar miqdori (gramm) suvning sho`rligi deyiladi.
Okean suvining bir litrida o`rta hisobda 35 g
har xil moddalar erigan. Agar bu sho`rlikni foizlarda hisoblasak, 3,5 % ga teng
bo`ladi. Sho`rlik odatda yuzdan bir ulush emas, balki mingdan bir ulushda
ifodalanadi. Mingdan bir ulush promille
deb ataladi va %0 belgisi bilan qayd qilinadi. Demak, 3,5 % - 35 promille bo`ladi.
Agar suvning tarkibidagi
tuz miqdori 1 litr suvda 1 grammdan kam bolsa, chuchuk, ortiq bo`lsa, sho`r
suv deb ataladi.
Okean suvining sho`rligi
uning harorati bilan uzviy bog`liq bo`lib, umumgeografik qonuniyatlarga
bo`ysunadi. Ekvatorial zonaga (34-35 promille) nisbatan
tropic mintaqalarda suvning sho`rligi ancha yuqori (Tinch okeanida 36-37 promille,
Atlantika okeanida 37,9 promille). Okeanning ichiq qismida suvning sho`rligi 33 promilledan 37 promillegacha, dengizlarda 2 promilledan (Fin qo`ltig`i) 42 promillegacha (Qizil dengiz)
o`zgaradi.
1-savol: Qizil
dengiz suvi sho'rligi 41%. Uning
1 litr dengiz suvida 4 g tuz borligi
aniqlandi. Shunday ekan Qora dengiz suvining 100 gramm suvida 1,8g va Boltiq
dengizining 100 gramm suvidada 0,3 g tuz bo'lsa, bu dengizlarning sho'rligini
aniqlang?
Yechimi:
a) Qora dengizning 100 g suvidagi sho'rlik 1,8 g.ni tashkil etadi. Sho'rlik promill bilan quyidagicha aniqlanadi:
Yechimi:
a) Qora dengizning 100 g suvidagi sho'rlik 1,8 g.ni tashkil etadi. Sho'rlik promill bilan quyidagicha aniqlanadi:
100 g-----1,8 g
1000 g-----x
x=1,8x1000:100=1800 1800:100=18 promille. Demak, Qora dengiz suvining sho'rligi 18 promilleni tashkil etadi.
x=1,8x1000:100=1800 1800:100=18 promille. Demak, Qora dengiz suvining sho'rligi 18 promilleni tashkil etadi.
b) Boltiq
dengizining 100g suvidagi sho'rlik 0,3 g.ni tashkil etadi. Buning uchun
proportsiyadan foydalanamiz.
100 g ---- 0,3 g 1000g ---- x x=0,3x1000:100=300 300:100=3 Bemak, Boltiq dengizi suvining sho'rligi 3 promilleni tashkil etadi.
100 g ---- 0,3 g 1000g ---- x x=0,3x1000:100=300 300:100=3 Bemak, Boltiq dengizi suvining sho'rligi 3 promilleni tashkil etadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.