Muhandislik inshootlari va ularning turlari 

16 667

  Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir asosan muhandislik inshootlari va ularning ish faoliyati orqali ro‘y beradi.
  Har qanday jamiyatda ham xo‘jalikni rivojlantirish va jamiyat a’zolarining talablarini qondirish maqsadida uy-joy, yo‘l, zavod-fabrika va boshqa inshootlar quriladi.
 Ma’lum bir maqsadlarda qurilgan binolar muhandislik inshoot­lari deb ataladi. Muhandislik inshootlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
 Shaharsozlik inshootlari. Mazkur inshootlarga ma’muriy bino­lar uy-joy binolari, kommunal xo‘jalik binolari, maishiy xizmat binolari, sog‘liqni saqlash, maorif va moliya binolari kiradi. Uy-joy binolari shaharlarda ko‘p qavatli, qishloqlarda asosan bir qavatli binolardan iborat.
 Sanoat inshootlari. Bularga tog‘-kon sanoati inshootlari, metallurgiya sanoati inshootlari, yoqilg‘i-energetika sanoati inshootlari, mashinasozlik sanoati inshootlari, yengil sanoat inshootlari, qurilish sanoati inshootlari, oziq-ovqat sanoati inshootlari kiradi.
  Tog‘-kon sanoati inshootlariga karyerlar, shaxtalar, tashlamalar, ma’muriy binolar, boyitish fabrikalari, tog‘-metallurgiya kombinati kiradi.
  Metallurgiya sanoati inshootlariga asosan qora va rangli metallurgiya zavodlari binolari kiradi. Ularning maydoni katta va chiqindilar hajmi ham yirik bo‘ladi.
  Kimyo sanoati inshootlari mineral o‘g‘it, kislota, sun’iy tola ish­lab chiqaradigan zavodlar binolaridan iborat.
  Yoqilg‘i-energetika sanoati inshootlariga neft va gazni qayta ishlash zavodlari, issiqlik elektrostansiyalari va markazlari binolari kiradi.
  Mashinasozlik sanoati inshootlari asosan podshipnik, stanoksozlik, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, teplovozsozlik, vagonsozlik zavodlari binolaridan iborat.
  Yengil sanoat inshootlari asosan to‘qimachilik, tikuvchilik, poyabzal, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi zavod va fabrikalar binolaridan iborat.
  Transport inshootlari yo‘llardan, ko‘priklardan, tunnellardan, vokzallar, aeroport va portlardan iborat.
  Suv (gidrotexnik) inshootlari to‘g‘onlar, suv omborlari, kanallar, kollektorlardan iborat.
  Mazkur inshootlarning qurilishi va faoliyati ta’sirida atrof- muhitda salbiy yoki ijobiy o‘zgarishlar vujudga keladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.