Rekreatsiya resurslarini baholash
Tabiat komplekslarining dam olish maqsadlarida foydalaniladigan
xususiyatlari yoki komponentlari rekreatsion resurslar deb ataladi. Masalan,
manzarali o‘rmon, dengiz va okean qirg‘oqlari, tog‘ vodiylari, g‘orlar,
manzarali chiroyli o‘simliklar, ajoyib relyef shakllari, muzlar shular
jumlasidandir.
Rekreatsiya (tiklash, o‘rnini
to‘ldirish)ning qamrovi katta bo‘lib, odamlarning dam olishi, salomatligini
tiklashi, madaniy hordiq chiqarishi ma’nosida ishlatiladi.
Tabiiy komplekslar yoki landshaftlarni
rekreatsion nuqtayi nazardan tadqiq qilish asosan landshaftlarning
rekreatsion imkoniyatlarini va ularga rekreatsion bosimning ta’sirini
baholashdan iborat.
Dam olish tashkiliy va notashkiliy
(ixtiyoriy) bo‘lishi mumkin. Tashkiliy dam olish turli muassasalar tomonidan
uyushtiriladi. Notashkiliy (ixtiyoriy) dam olish esa odamlarning o‘z xohishlari
bo‘yicha bir yoki bir necha kishi bo‘lib, tanlangan hududlarda uyushtiriladi.
Dam olishdan ko‘zlangan maqsad turlicha
bo‘lishi mumkin: davolanish, sog‘lomlashtirish, sport, tanishuv va h.k.
Dam olish mavsumga qarab ham turlicha
bo‘lishi mumkin. Yozgi dam olish turlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
cho‘milish, quyosh vannalari olish, piyoda yurish (davolanish, salomatlikni
tiklash, ekskursiya), qayiq sporti, baliq ovi, turli xil mevalar va qo‘ziqorin
terish, otda sayr qilish, alpinizm bilan shug‘ullanish va h.k. Qishki mavsumda
quyidagi dam olish turlari bilan shug‘ullanish mumkin: chang‘i sporti,
muzosti baliq ovi, sport ovchiligi, davolanish, salomatlikni tiklash, piyoda
sayr.
Rekreatsion baholash obyekti —
landshaftlar, joylar, mavdonlar va fatsiya bo‘lishi mumkin. Rekreatsiya
komplekslarini joy- lashtirishni loyihalashda landshaftlarni tahlil qilish
yaxshi natija beradi. Bunda turli landshaftlarni rekreatsion maqsadlarda foydalanish darajasiga qarab eng qulay landshaft turi tanlanadi. Masalan, daryo
vodiysi, tog‘ yonbag‘ri, ko‘l yoki suv ombori qirg‘og‘i, tekislik, okean yoki
dengiz qirg‘og‘i, o‘rmon va h.k.
Alohida rekreatsion komlpekslarni (dam
olish uylari, sanatoriylar, sayyohlik majmualari va h.k.) loyihalashtirayotganda aniq maydonni
baholash yaxshi natija beradi.
Aniq bir dam olish muassasalarining ichki
tuzilishini loyihalashda tabiat komplekslarini fatsiya darajasida baholash
lozim. Asosiy inshootlarni fatsiyaning relyef sharoiti, suvlari o‘simligi,
landshaft manzarasiga qarab joylashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Rekreatsion
maqsadlarda baholashda ularni estetik jihatdan baholash ham muhim o‘rin tutadi.
Bunda tabiiy sharoitning relyefning, o‘simliklarning, landshaft umumiy
ko‘rinishining estetik jihatdan zavq bera olish imkoniyati hisobga olinadi.
Baholashning oxirgi bosqichida tabiiy komplekslarning
rekreatsion korxonalarni joylashtirish uchun yaroqliligi va rekreatsion
bosimga barqarorlik darajasi hisobga olinadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.