Atlantika okeani 

19 219

Atlantika okeani haqida umumiy ma`lumot

  • Asosiy xususiyatlari

    Barcha yarimsharlarda joylashgan. Buyuk geografik kashfiyotlar shu okeandan boshlangan, qirg‘oqsiz dengizi bor, afsonalarga boy, meridional yo‘nalgan eng uzun O‘rta okean tizmasi bor, eng yirik port-shaharlari bor, ichki dengizlari eng ko‘p, eng sersuv va eng uzun daryolar shu okeanga quyiladi, eng baland qalqish ham shu okeanda kuzatiladi, materiklar dreyfi gipotezasiga asos bo'lgan, dengiz transportida dunyoda birinchi o‘rinda turadi.
  • Geografik o'rni

    Atlantika okeani to‘rtta materik orasida joylashgan. Shimoldan janubga 12 ming km masofaga cho‘zilgan. Okeanning eng keng joyi mo‘'tadil kengliklarga (9450 km) va eng tor joyi (2620 km) shimoliy qismiga to‘g‘ri keladi. Qirg‘oqlari Shimoliy yarimsharda kuchli parchalangan, Janubiy yarimshardagi sohillari ancha tekis..
  • O'rganilishi

    Okean nomi Atlanta (yunon afsonasiga ko‘ra, yelkasida osmon gumbazini ko‘tarib turuvchi pahlavon) atamasi bilan bog‘liq. Dastlab 1507 yilda geografik xaritaga «Atlantika okeani» nomi yozilgan. Atlantika okeani dengizlari qirg‘oqlarida - Qadimgi Gretsiya, Karfagen, Misr, Skandinaviyada dastlabki port-shaharlar vujudga kelgan. Miloddan oldingi davrlarda finikiyaliklar, arablar, rimliklar okean suvlarida suzishgan.

 

A tlantika okeani yuza suvlarining harorati Tinch va Hind okeanlari suvlariga nisbatan past (+16,5°C). Bunga Shimoliy Muz okeanidan va Antarktida tomonidan sovuq oqimlarning kirib kelishi sababchidir. Termik ekvatorda suv yuzasining o‘rtacha yillik harorati 27-28°C. Okeanning janubiy va shimoliy qismlarida 0, -1°C gacha pasayadi.

A tlantika okeanining o‘rta qismida ekvatorial mintaqa joylashgan. Bu mintaqaning yillik yog‘in miqdori 1770 mm ga va suvning o‘rtacha sho‘rligi 35‰ ga teng. Shimoliy subtropik mintaqada tabiati o‘ziga xos bo‘lgan Sargasso dengizi joylashgan. Dengiz suvining sho‘rligi 37‰ ga teng, harorati yuqori, qishda 23°C ni va yozda 28°C ni tashkil etadi.

B uyuk geografik kashfiyotlar Atlantika okeanidan boshlangan. Mashhur dengizchilar shu okean orqali safarga chiqqanlar. Hozir ham transportdagi ahamiyati jihatdan birinchi o‘rinni egallaydi. O‘rta dengiz sohillari dunyo turizmida birinchi o‘rinda turadi. Suvaysh (1869-yil.) va Panama kanallarining (1914-yil.) ishga tushirilishi okeanning ahamiyatini yanada oshirdi.

Dengiz va qo'ltiqlar

Nomi Maydoni, ming kv.km Eng chuqur joyi, metr
Sargasso 6500 6995
Uedell 2920 6820
Karib 2754 7686
O'rta 2500 5121
Meksika qo'ltig'i 1543 4384
Gvineya qo'ltig'i 1533 6363
Skotia 1300 6022
Lazarev 929 4500
Labrador 840 4316
Shimoliy 544 809
Qora 422 2210
Boltiq 415 470
Avliyo Lavrentiy qo'ltig'i 263 572
Biskay qo'ltig'i 223 4735
Tirren 214 3719
Egey 214 3543
Ioniya 169 5121
Adriatika 144 1230
Irlandiya 100 175
Balear 86 2132
Azov 38 14
Marmar 11 1355
 

Eng chuqur cho'kmalar

Nomi Chuqurligi, metr
Kayman 7090
Puetro-Riko 8742
Romansh 7856
Janubiy Sandvich 8264
 

Qo`shimcha ma`lumot

- Maydoni: 91,6 mln kv.km

- Suv hajmi: 330 mln km.kub

- Eng chuqur joyi: 8742 metr (Puerto-Riko cho'kmasi)

- Eng sho'r dengizi: O'rta dengiz (37-39 promille)

- O'rtacha harorati: +16,5 daraja

- Suvining o'rtacha sho'rligi: 37,5 promille

- Suv osti tizmalari: 6 ta

- Qo'ltiqlar: Biskay, Gvineya, Meksika

- Orollar: Grenlandiya, Islandiya, Kuba, Bermud

- Yarimorollar: Skandinaviya, Florida

- Bo'g'izlar: Gibraltar, Padekale

- Ko'tarilmalar: Sharqiy Tinch okean, Janubiy Tinch okean

- Oqimlar: Golfstrim, Labrador, Shimoliy Atlantika, Kanar, Bengaliya, Braziliya, G'arbiy shamollar va hakazo

- Okean nomi birinchi marta xaritalarda 1507-yildan boshlab Atlantika rivoyati asosida paydo bo'lgan.

- Atlantika okeanini birinchi bo'lib vikinglar kesib o'tgan.

- Meridian bo'yicha eng uzun okeandir.

- Okean janubidagi Afrika-Antarktida botig'ining chuqurligi 3000 metrdan 7000 metrgacha yetadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.