Hind okeani 

14 244

Hind okeani haqida umumiy ma`lumot

  • Asosiy xususiyatlari

      Eng sho‘r okean, eng issiq ko‘rfazi mavjud, eng katta suv osti deltasi bor, cho‘kindi jinslar eng qalin (5,5 km Gang deltasi), asosiy qismi Janubiy yarimsharda, o‘simlik va hayvonlarga eng kambag‘al, eng uzun bo‘g‘izi bor, neft va gaz zaxirasi va qazib olinishi, tashiladigan neft hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Marvarid va durlar yig‘ib olishda yetakchi hisoblanadi.
  • Geografik o'rni

      Sanskrit yozuvda hind so‘zi «sug‘oradigan» yoki «daryo», pushtutilida esa «Abba-Sind», ya’ni «daryolar otasi" degan ma’nolarni anglatadi. Forslar sind atamasini hind deb atashgan. Demak, hind so‘zi daryo nomidan kelib chiqqan. Hind okeani to‘rtta materik (Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya, Antarktida) oralig‘ida joylashgan. Okeanning asosiy qismi Janubiy yarimsharda joylashgan..
  • O'rganilishi

      Okean nomi Atlanta (yunon afsonasiga ko‘ra, yelkasida osmon gumbazini ko‘tarib turuvchi pahlavon) atamasi bilan bog‘liq. Dastlab 1507 yilda geografik xaritaga «Atlantika okeani» nomi yozilgan. Atlantika okeani dengizlari qirg‘oqlarida - Qadimgi Gretsiya, Karfagen, Misr, Skandinaviyada dastlabki port-shaharlar vujudga kelgan. Miloddan oldingi davrlarda finikiyaliklar, arablar, rimliklar okean suvlarida suzishgan.

 

A rablar, shumerliklar Fors ko‘rfazi, Qizil dengiz va Hind okeanida (er.av. 4-5 asrlarda) suzishgan bo‘lsalar, finikiyaliklar (er.av. VI asrda) Hind okeani orqali Afrikani janubdan aylanib o‘tib, g‘arbdan qaytib kelganlar.Eramizning boshlaridan arablar (ayniqsa, VII-XII asrlarda) Hind okeanini o‘zlashtirdilar.

V asko da Gama (1498-yil) Hindistonga dengiz yo‘lini ochdi. Hind okeanini birinchi bo‘lib A.Tasman (1642-1643 yy.) g‘arbdan sharq tomonga (Avstraliya janubiga) suzib o‘tgan bo‘lsa, Kuk (1771-1775) okean chuqurligini aniqladi.

O keanning shimoliy qismida suv yuzasining harorati yuqori +25°C, +28°C, janubida esa ancha past. Shimolida haroratga iliq musson shamoli, janubida sovuq g‘arbiy shamollar oqiminmg ta’siri kuchli. Suvining sho‘rligi Dunyo okeani o‘rtacha sho‘rligidan yuqori. Qizil dcngiz suvi eng sho‘r (42‰), eng chuchugi Bengaliya qo‘ltig‘i (30-34‰) suvlaridir.

Dengiz va qo'ltiqlar

Nomi Maydoni, ming kv.km Eng chuqur joyi, metr
Arab 3832 5803
Bengal qo'ltig'i 2172 4694
Arafur 1017 3680
Lakkadiv 786 4131
Kosmonavtlar 699 4798
Qizil 450 3040
Timor 432 3310
Mauson 333 1000
Dyurvill 315 3610
Hamdo'stlik 258 3000
Persid qo'ltig'i 251 90
Deyvis 21 1300
 

Eng chuqur cho'kma

Nomi Chuqurligi, metr
Yava (Zond) 7729
 

Qo`shimcha ma`lumot

- Maydoni: 76,17 mln kv.km

- Suv hajmi: 282,6 mln km.kub

- Eng sho'r dengizi: Qizil dengiz (42 promille)

- O'rtacha harorati: +17 daraja

- Suvining o'rtacha sho'rligi: 36,5 promille

- O'rtacha chuqurligi: 3710 ta

- Qo'ltiqlar: Fors, Bengaliya, Katta Avstraliya

- Orollar: Madagaskar, Shri-Lanka, Kergelen, Maldiv

- Yarimorollar: Arabiston, Hindiston, Somali

- Bo'g'izlar: Mozambik, Malakka, Bob-al-Mandeb

- Oqimlar: Musson, Somali, G'arbiy shamollar

- Okeanni o'rganish bundan 6 ming yil avval finikiyalik, misrlik, hindistonlik dengizchilar tomonidan boshlangan.

- Hind okeanida suzishning eng dastlabki yo'nalishlari sxemasi arablar tomonidan amalga oshirilgan.

- Eng kam yog'in shimoli-g'arbiy qismida (100 mm) kuzatilgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.