Qatar 

16 218

  Rasmiy nomi — Qatar davlati. Poytaxti — Doxa. Hududi — 11437 km2. Aholisi – 1 mln.dan ortiq kishi (2012-yil). Davlat tili — arab. Dini — islom. Pul birligi — Qatar riali
 Geografik joylashuvi va tabiati. Qatar Osiyoning janubi g‘arbida, Qatar yarimoroli (Arabiston yarimorolining sharqiy sohillari)da joylashgan. Janubda Saudiya Arabistoni (chegara uzunligi — 40 km) va BAA (Birlashgan Arab Amirliklari) (20 km) bilan chegara- dosh. Qatar yarimoroli hamma tomonidan Fors qo‘ltig‘i suvlari bilan o’ralgan. Chegarasining umumiy uzun­ligi — 60 km. Landshafti cho‘lli tekisliklardan tashkil topgan. Asosiy tabiiy resurslari: neft va tabiiy gaz.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — mutlaq monarxiya. 1971-yil 3-sentabrda mustaqil davlatga aylangan (awal Buyuk Britaniya protektorati edi). Milliy bayrami — 3-sentyabr — Mustaqillik kuni. Davlat boshlig‘i — amir. Siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlangan.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Neft qazib olish iqtisodining asosini tashkil etadi. Tabiiy gaz qazib olish va eksport qilish ham iqtisodda muhim o‘rin tutadi. Asosiy savdo hamkorlari: Yaponiya va Buyuk Britaniya.
Avtomobil yo‘llarining umumiy uzunligi — 1500 km. Portlari: Doxa, Umm-Said, Xalul.
Tarixi. VII asrdan arab xalifaligining bir qismi, VIII-XIV asrlarda Bahrayn amirlari hukmronligida bo’lgan. XVI asrda Qatar Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kiritildi. 1916-yilda Britaniya protektoratiga aylantirilgan. 1971-yilda Qatar mustaqil davlat deb e’lon qilindi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.