O’zbek geograflariga yangi tuhfa! 

5 535

  Yaqin vaqtlarga qadar geografiya deganda, ko’pchilik, avvalo, insoniyatga noma’lum orol va qit’alarni kashf etish hamda shu joylarni tasvirlash bilan shug`ullanadigan fanni nazarda tutar edi.
  Ammo, dastlabki rivojlanish davrida Yer yuzasining ba’zi qismlarini tasvirlash bilan cheklangan geografiya fani hozirda Yer sayyorasida sodir bo’layotgan jarayonlarni, voqea va hodisalarni makon hamda zamon uyg`unligida mavjud qonuniyatlarga asosiy e’tibor qaratgan holda keng tadqiq etadigan fanlar majmui hisoblanadi.
  Albatta, fanni bu darajaga ko’tarilishida shu soha mutaxassislarining xizmatlari beqiyos. Keng kitobxonlar ommasiga o’zlarining «Sayyoramiz mo’jizalari», «Jahongashta sayyoh-olimlar» asarlari orqali yaxshi tanish bo’lgan mualliflar – geografiya fanlari nomzodi Karomiddin Gadoyev va Sabohat Berdiyeva hammuallifligida yaqindagina nashrdan chiqqan «O’zbek geografiya fani fidoyilari» nomli qo’llanma ham mamlakatimizda geografiya fani taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan olimlar haqida.
  Kitobda nomlari zikr etilgan 70 dan ortiq olimlardan har birining hayot va ijod yo’li O’zbekistonda hozirda geografiya fanining turli yo’nalishlarida tadqiqot olib borayotgan yangi avlod olimlari uchun ibrat bo’la oladi. 
Muxriddin AVEZOV
Mirzo Ulug`bek nomidagi O’zMU Geografiya kafedrasi qoshida
tashkil etilgan «Geograf-o’lkashunos» to’garagi sardori

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.