Kungaboqar nima uchun Quyoshga yuzlanadi? 

5 152

Kungaboqar uning "ichki soatlari”ni o’zgartirib qo’ygan mutatsiya tufayli doimo Quyoshga qarab yuzlanish xususiyatiga ega. Bu shunday o’zgartirishki, ular o’simlikning hujayralari o’sishini boshqarib turadi hamda uni kunning yorug` qismida sharqdan g`arbga qarashga majbur qiladi. Bu haqida Science jurnalida chop etilgan maqolada ma’lum qilindi.



"O’simlik qachon va qayerdan Quyosh chiqishi haqida tasavvurga ega bo’lishi meni shunday taxminlarga olib keldi – kungaboqarlarning o’sishini boshqaruvchi oqsil va genlar zanjiri hamda "biosoatlar” o’rtasida bog`liqlik bor. Kungaboqar ko’proq nur olish bilan birga asalarilarni ham ko’proq jalb qiladi, chunki ular issiq joylarni yaxshi ko’rishadi”, - dedi Devisdagi Kaliforniya universitetida faoliyat olib boruvchi Steysi Harmer. Steysi va uning hamkasblari ana shunday taxminga tayanib, botanikaning eng qadimiy va qiziqarli jumbog`iga javob topishdi.


Buning uchun maqola mualliflari bir necha kungaboqarlarni o’stirishdi, ularning bir qismini doimiy ravishda chiroq yonib turgan labaratoriyada ekishdi, qolgan qismi esa oddiy dalada ekildi. Olimlar o’simliklarning bir qismini Quyosh ortidan o’girila olmaydigan qilib mustahkamlashdi, bu ularga bunday evolyutsion moslashishni inkor qilishning oqibatlarini baholash imkonini berdi.


Bu harakat tamoyillarini ochishda ularga maqola mualliflaridan biri o’ylab topgan topqir usul yordam berdi – biologlar marker olib, kungaboqarning poyasiga bir nechta nuqta qo’yib, belgilab qo’yishdi va ularni videokamera yordamida kuzatishdi. Agar ular orasidagi masofa o’zgarsa, bu gul poyasi nuqtalar qo’yilgan joyda o’sgan bo’lar edi.


Kuzatuvlarning ko’rsatishicha, gulning harkatida uning ichki soatlari "motor” vazifasini o’tagan – yorug`liksezuvchan oqsillar to’plami va ularga "mustahkamlangan” kun, tun, tong va oqshom tushishi bilan bog`liq turli hayotiy jarayonlarni boshqaruvchi genlar.


Agar kunning uzunligi sun’iy ravishda buzilsa, hattoki yorug`likning sun’iy manbasi xuddi tabiiy yorituvchidek harakatlansa ham, kungaboqarlar Quyoshga yo’nalish xususiyatini yo’qotishadi. Bu gulning o’sish tezligi, biomassa to’plami va urug`liklarning rivojlanishiga darhol salbiy ta’sir ko’rsatadi.


Markerda qo’yilgan nuqtalar buning aynan qanday ro’y berishini ko’rsatib bergan – ma’lum bo’lishicha, bu soatlar gulning harakatiga ikki yo’l bilan ta’sir ko’rsatar ekan: o’sish tezligini nazorat qilib va poyaning bir tomonini boshqasidan tezroq o’sishga majbur qilgan. Shu tufayli kungaboqar kunning yorug` qismida Quyoshga talpinib o’giriladi.


Kungaboqarning bunday xususiyatining kutilmagan evolyutsion ijobiy tomoni bor – Harmer va uning hamkasblarining aniqlashicha, asalarilar issiq gullarni yaxshi ko’rishadi, ayniqsa ertalabki paytda; Quyosh tomon o’girilish gulga tezroq isinish va ko’proq changlatuvchilarni jalb qilishga yordam beradi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.