19-sentabr Xalqaro sharbatlar kuni 

2 899

Xalqaro sharbatlar kuni Rossiyada 19-sentabrda nishonlanadi. Sharbatlar kundalik oziq ovqat miqdorining muhim omili hisoblanadi. Sharbatlar-hali yosh bayram bo’lishiga qaramay, ommaviy bayram sifatida turli davlatlarda nishonlanadi. Bu bayramni nishonlashda asosiy maqsad - kundalik oziq ovqat tarkibiga foydali va shirin ichimlikni iste’mol qilish zarurligi takidlanadi, hamma ommaga shu shirin sharbatni miqdori salmoqli ahamiyatga ega ekanligi targ’ib qilinadi. Bu bayramning ramzi - egzotik mevalar uchun bir xil bo’laklarga bo’lingan bo’lib butun dunyo davlatlarini sharbatlarini turli - tumanligi rasmlarda aks ettirilgan. Mutaxassislarni fikricha kundalik to’g’ri ovqatlanishda sharbatlar iste’mol qilish zamonaviy insonlarning kerakli oziqalar bilan tananing sog’ligiga imkon beradi. Ayniqsa qish mavsumida inson tanasida turli-xil ozuqalar bilan oziqlanish ixtiyori seziladi, shuning uchun sharbatlarning o’rni juda ham muhim. Ozuqa omili ekanligi yana bir bor kerakligi ma’lum bo’ldi.  Butun Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti kundalik meva – sabzavotlarning 400 gr dan 1/5 qismini sharbatlar bilan oziqlanishini tavsiya etadilar. Shu jumladan Rossiya aholisini sharbatlar bilan oziqlanishi tanadagi kerakli bo’lgan ozuqa manbai hisoblanadi va doimo eslatib boriladi. Ko’pgina Rossiya aholisi sharbatli ichimliklariga – oddiy shirin ichimlik sifatida qaralmoqda. Xalqaro sharbatlar kunining belgisi ham ushbu mahsulotni inson tanasiga qanchalik kerakli ekanligi haqida dalolat berib turibdi. Xalqaro shirin ichimliklar ishlab chiqarish birlashmalari 2010 yilda Xalqaro sharbatlar kunini  nishonlash haqidagi tashabbusi bilan chiqdilar. Bu tashabbusni birinchi bo’lib, Turkiya, Ispaniya, Polsha davlatlari maqulladilar, keyinchalik boshqa mamlakatlar. Hozirgi kunda Sharbatlar kuni  ko’pgina davlatlarda shu jumladan Rossiyada ham nishonlanmoqda, faqatgina yilning turli fasllarida o’tkazilmoqda. Xalqlarning urf-odatlari va an’analariga tayangan holda. Rossiyada ushbu bayramning nishonlanish tarixi 2010-yildan boshlanadi. Rosssiya shirin ichimliklari ishlab chiqarish birlashmalari, internet sayti orqali barcha shirin ichimliklarini iste’mol qiluvchilarga murojаat etib qaysi kuni bayram sifatida nishonlashini tanlab berishlari uchun ovoz berishlarini iltimos qildilar. Shunday qilib, Rossiyada Sharbatlar kuni bayram sifatida sentyabr oyining uchinchi shanba kuni deb e’lon qilindi. Kuz oyi- barcha hosillarning yig’im terimi mavsumi bo’lib, hali kunlar ham uncha sovib ulgurmagan bo’ladi. Bu bayram Moskvada Gorkiy nomli madaniyat va istirohat bog’ida o’tkazilgan, ushbu tadbirda ommaviy axborot vositalari, mehmonlar barcha ishtirokchilar, shirin sharbatlarni sevib iste’mol qiluvchilarni qiziqarli bayram dasturlari bilan xushnud qildilar. Turli tuman shirin sharbatlarni iste’mol qilishdi. Sharbatning foydali xususiyatlari haqida tushuntirishlar olib borildi. Turli mamlakatlarda shirin sharbatlarni qanday tayyorlash usullari hamda barcha tadbir ishtirokchilari o’z qo’llari bilan tayyorlangan sharbatlari bilan ishtirok etdilar. Mutaxassislar sharbat haqida o’z fikrlarini bildirdilar. Bayram tadbirida sharbatlarni mevalar tushirilgan turli-tuman tasviriy rasmlarni ko’rgazmalari bo’lib o’tdi. "Shirin sharbatlar iching va salomat bo’ling” nomli ko’rik-tanlovlar, bilimdonlar bellashuvi  bo’lib o’tdi. Tadbirga qatnashgan barcha ishtirokchilar oilaviy hordiq chiqarib, bayramdan boy taassurotlar bilan uyga qaytdilar. Bolalar o’z qo’llari bilan turli-tuman rasmlarni chizib, o’yinlar o’ynab rosa maroqli hordiq chiqardilar. Mutaxassislar ushbu kunda oila davrasida sevimli sharbatlarini iste’mol qilib, bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazishini tavsiya qildilar. 

19-sentabr Bremenda "Erkin bozor" savdo festevali kuni
Qadimdan Germaniya savdo sotiq bilan bog'liq bo'lgan tantana bayramlarga katta e'tibor berardi. Shu sababdan oktyabr oyining ikkinchi yarmidan to oxirigacha Bremenda o'tkaziladigan "Erkin savdo” festivali bizning bugungi kunimizgacha yetib kelishi ajablanarli emas. Har yili festivalda millionlab mahalliy aholi va turistlar yig'ilishadi. Ilk bor ushbu tadbir imperator roziligi bilan ming yil ilgari nishonlangan. Ikki haftalik bayramda aholi va turistlar yaxshi, arzon narxlarga istagan tovarlarini sotib olishlari mumkin. Chegirma ro'yxatlariga zargarlik buyumlari, kiyimlar, ana'anaviy taomlar kiradi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.