12-mart Hindistonda "Xoli-bo'yoqlar" bayrami 

2 583

Kamadeva haqidagi rivoyat: Bir rivoyatga ko'ra, kunlardan bir kun, Kamadevadan g'azablangan Shiva Xudosi, o'zining uchinchi ko'zini ochib, Kamadevani kukunga aylantirib o'ldiradi. Keyinchalik Kamadeva Krishna Xudosining o'g'lida mujassam bo'ldi. Xozirgi paytda ko'plab odamlar Xoli kunlarida Kamadevaga sig'inadilar va mango gullari bilan sandal daraxtidan tayyorlangan pastani qurbonlikka keltiradilar. 

Radxa va Krishna haqidagi rivoyat: Xoli bayrami Krishna Xudosi bilan Radxaning buyuk sevgisi xotirasiga bag'ishlangan. Navqiron Krishna o'z onasi Yashodadan "nega Radxa oq rangda-yu, men esa qoramtirman” deb so'radi. Shunda Yashoda Radxa yuziga rang-barang kukun sepishni va shundagina uni o'zgargan yuzini ko'rishni tavsiya qiladi. Krishnaning yoshligi xaqidagi rivoyatlarda, ko'pincha cho'pon qizlar (qopi) bilan uynaganligi ta'kidlanadi. Ermak uchun ularga rang-barang kukun sepgan. Bugungi kunda ham, Xoli bayramida ko'chaga Krishna vauning turmush o'rtog'i Radxa surati chiqazilib rang-barang kukun bilan ranglanadi. Ayniqsa, Krishna tug'ilgan joyi – Matxuri atrofidagi qishloqlarda hursandchilik bilan o'tkaziladi. Qishloq aholisi ko'chalarga chiqib, bir-birlarini rang-barang kukun bilan burkashadi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.