3-yanvar 2007-yil 14 yoshli britaniyalik maktab o‘quvchisi yolg‘iz o‘zi Atlantika okeanini kechib o‘tgan. 

2 020

3-yanvar 2007-yil Ginnesning yangi rekordi: 14 yoshli britaniyalik maktab o‘quvchisi yolg‘iz o‘zi Atlantika okeanini kechib o‘tdi.

14 yoshlik Buyuk Britaniya fuqarosi Maykl Piram yakka o‘zi Atlantika okeanini suzib o‘tdi va shunday jasoratlarni ko‘rsatgan eng yosh dengizchisiga aylandi. Bu haqda 3 yanvar kuni Britaniyaning Times gazetasining sayti yozadi.

Bunday sarguzasht uchun vaqtinchalik maktab mashg‘ulotlarini to‘xtatib qo‘ygan Maykl bugun mahalliy vaqt bilan soat 14:00 Antigua (Karib orollari)orolining Nelson doklariga o‘zining kichik 28 futlik (fut -30,48 sm ga teng uzunlik o‘lchovi) Cheeky Monkey deb nomlangan yaxtasida yetib keldi. Bandargohda Mayklni va uni radio orqali kuzatib kelayotgan otasi Piterni yelkanli flotiliya, orkestr va hukumat delegatsiyasi kutib oldi.

Shuni ta’kidlash mumkinki, Maykl Piram yelkanda suzishga yetti yoshidan qiziqadi. Bu mashg‘ulotlarga unga otasi, tajribali yaxtachi o‘rgatgan.

Suzish to‘rt hafta o‘rniga olti yarim haftaga cho‘zildi. Bu kechikish yaxtadagi nosozliklar tufayli edi. Maykl shu sababli Yashil Burun orolida to‘xtab olishga majbur bo‘ldi.

Piram Atlantika ummonini suzib o‘tishni o‘tgan yili (2006) boshlangandi. Sarguzashga jo‘nash manzili Gibraltar bo‘g‘ozi bo‘ldi. Maykl o‘z oldiga ilgari boshqa bir britaniyalik o‘quvchi tomonidan o‘rnatilgan avvalgi rekordni yangilashni maqsad qilib qo‘ydi. Oldingi rekordchi Sebastyan Klaver 2003-yilda 15 yoshida yaxtada Kanar orollaridan Antigua orollarigacha kechib o‘tgan edi. Bu yilgi rekord xayriya maqsadida uyushtirilgan bo‘lib, suzish chog‘ida kelib tushgan mablag‘lar ehtiyojmand bolalarga sarflanadi.

Maykl o‘zining Atlantika ummonidan suzib o‘tish jarayoni taassurotlarini kunma kun internet-kundaligi (blogi)da yozib bordi. 28-dekabrda u shunday yozgan: "Quyosh haddan ziyod kuydiryapti, buning oldini olish uchun chora ko‘rish lozim. Har tongda men palubada uchar baliqlarni topaman, nazarimda ular yo‘ldan adashishgan. Manzilga atigi besh kun qoldi!”

Mayklning onasi Xiter VVSga bergan intervsida o‘g‘li bilan juda faxrlanishini va uning bu jasorati boshqa tengqurlariga ham ibrat bo‘lishini bildirdi.

Jasoratli yosh dengizchiga Buyukbritaniya hukumati nomidan Vise-premer Jon Preskott (Toni Bler bu paytda Mayamida ta’tilda edi)tabrik maktubi yo‘lladi. Eslatib o‘tamiz, o‘z karerasi boshida Preskott tijorat kemasi dengizchisi edi. U ishonch bilan o‘z maktubida hali tabrikka Qo‘shma Qirollikning ko‘plab aholisi quvonch bilan qo‘shilajakligini ta’kidlab o‘tdi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.