Kashalot - anbar manbai
Anbar (ambra) haqida so'z ketganda odamlar hayoliga xushbo`y atir keladi, albatta, anbar xushbo`y eliksir bo'lib, u parfyumeriya sanoatida ishlatiladi. Anbar qadimda oltin bahosida sotilib, uni hayot eliksiri deb agashgan.
Qutirish, tumov, tutqanoq yurak xastaligida foydalanilgan va vinoga qo'shilgan.
Kashalot dunyodagi eng chuqurga shung'uvchi mutloq chempion hayvondir. Tinch okeanda, aniqrog'i Peru davlati hududiga yaqin joyda okean ostidan ketgan telegraf kabelini uzib, avariya keltirib chiqargan 14 ta hodisa bo'lib, undan 7 tasi 120 metrdan 855 metrgacha chuqurlikda ro'y bergan.
5 tasi 910-1128 metr chuqurlikda sodir bo'lgan. Kashalot bunday chuqurlikda nima qilayapti deb o'ylarsiz, albatta, nafs balosida mayda dengiz hayvonlari va katta kalmarlarni izlab tushganda telegraf kabelini kalmar va sakkizoyoqlarning paypaslagichlari deb o'ylab, 3 kg.li tishlarida g'ajib uzganlar, natijada ba'zilarini tok urgan holatlari ro'y bergan.
1000 metr chuqurlikda dahshatli bosim bo'lib, (100 atmosfera bosimi) unga dosh berish oson emas. Bunday bosimda akvalangchilar kesson kasalligiga chalinishadi, kashalot esa hayratlanarli darajada bunday kasallikdan ozod. Bir shung'iganda 1 soatcha havo olmaydi (kesson kasalligi shundan iboratki, chuqurga shung'igan sari bosim ortib boradi. Qondagi azotning mayda kapilliyar pufakchalari tez tarqaladi va qon tanachalari birikib qon quyuqlashadi va kesson kasalligi kelib chiqadi. Bu kasallik og'ir o'tadi, hatto tezda o'lim yuz berishi mumkin). Kashalotlar nega bunday kasallikka chalinishmaydi. Olimlarning taxminlariga ko'ra, kashalotning tana qismi 90 foiz qismi yog'dan iborat, shuning uchun yuqori bosim uni majaqlab tashlolmaydi. yog' yuqori bosimga dosh berishda qo'l keladi. Kesson kasalligiga chidamliligi esa qonda yog' miqdori ko'pligi sabab bo'lsa kerak. Kashalotning o'pkasi boshqa kitlarnikidan hatto delfinning o'pkasidan 2 barobar kichik bo'lib, havoni kam oladi. Olimlar kashalotni kesson kaslalligiga nega uchratmasligi bo'yicha hali bir to'xtamga kelingmagan. Alloh unga shunday ajoyib xususiyatni in'om etgan.
Kashalot eng uzun ichak sohibi. 160 metrli ichak kashalot uchun nega kerak? 100 tonna keladigan bunday tanani oziq modda bilap ta'minlashning o'zi bo'ladimi, albatta, uzun ichak kerak-da. Kashalot gigant kalmarlar va boshka sakkizoyoqlilar bilan olishishni, mahv etishni yoqtiradi. Kashalot odamni butunligicha yutib yubora oladi, shunisi bilan u xavfli hisobdanadi. Kashalotlarning bosh miya tomonida oraliq bo'shliq qismi bo'lib shu joyda uning spermalari (urug'lari) joylashadi, boshka hayvonlarda bunday hol uchramaydi.
Endi anbar haqida: Anbar kashalotni qanday organidan olinishi hakida qo'yidagi uch xil farazlar bor:
a) Kasal kashalotlarning o't pufagi suyuqligining o'zgarishidan hosil bo'ladi.
b) Sog'lom kashalotlar ichagidagi suyuqliq ishlab chiqaruvchi bezlar faoliyati mahsuli.
v) Kashalotning yug'on ichagida parazit chuvalchanglar bo'lib, ular ichakni yaralaydi, natijada kashalot himoya vositasi sifatida anbar ishlab chiqaradi. Bu farazlar qanchalik to'g'ri-noto'g'ri bo'lishiga qaramay, anbar kashalotni hazm organlaridan olinishi aniq.
Eng ko'p anbar - 420 kilogramm olingani ma'lum. Anbarni xozirda o'sha eski usulda olishga harakat qilinmoqda. Anbar kashalotning ichagidan olinganda yer hidi keladi, bir necha vaqt saqlangach esa undan yasmin (yosuman) guli hidi keladi. Agar rumolchaga anbar tomizilsa bir yildan ortiq hidi ketmay turishi mumkin. Kashalotning burun teshigi tanasining oldingi bosh tomonining chap qismida joylashgan bo'ladi, pastki jagi 4 metr uzunlikda bo'lib, 50 dan ortiq 3 kiloli tishlar bilan qurollangan, ular juda baquvvatdir.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.