Havo juda isiganda rioya qilish kerak bo’lgan tavsiyalar 

2 689

Yilning issiq kunlari kelishi bilan shifokorlar va sog`liqni saqlash muassasalari ekstremal va uzoq davom etishi mumkin bo’lgan issiq havoga tayyor turadilar. Har yili issiq havo ko’pchilik odamlar, ayniqsa yoshi katta insonlarning sog`lig`iga putur yetkazadi. Issiq havo organizmning qizib ketishi, hattoki issiq urishiga olib kelishi, yurak faoliyatining o’tkir buzilishlari va ongning izdan chiqishi, yurak-qon tizimi va nafas olish kasalliklari kabi patologik holatlarning avj olishiga sababchi bo’lishi mumkin. 

Iqlim o’zgarishi sababli ekstremal issiq havo me’yordagidan ko’proq kuzatilishi mumkin, biroq uning salomatlikka salbiy ta’sirining oldini olish mumkin. 

Quyidagi havo juda issiq bo’lganda amal qilish kerak bo’lgan ba’zi tavsiyalar keltirilgan: 
  • Mahalliy sog`liqni saqlash muassasalari tavsiyalariga amal qiling.
  • Uyda salqin havo ushlashga harakat qiling, xonadagi haroratni munatazam o’lchab turing. Kunduzi ideal holatda xonadagi harorat 32 gradusdan, kechasi 24 gradusdan oshmasligi kerak. Xonadagi haroratni quyosh tushadigan derazalarni to’sish, kechasi yoki tongda oynalarni ochish va xonada muzdek ho’l sochiqlarni osib chiqib tushirish mumkin.
  • Issiqda qolib ketishdan saqlaning. Uyingizdagi, ayniqsa kechasi salqinroq xonada bo’ling. Iloji bo’lsa kunning issiq paytida ko’chada qolib ketmaslikka harakat qiling. Iloji boricha og`ir jismoniy zo’riqishdan qoching. Soya joyda bo’lishga harakat qiling. Bolalarni va hayvonlarni mashinalar to’xtash joylarida mashinaning ichida qoldirmang. 
  • Tanangizni sovitish va organizmning suvsizlanishining oldini olish uchun choralar ko’ring. Tez-tez sovuq dush yoki vanna qabul qiling. Tabiiy matolardan tikilgan yengil, keng kiyimlarda yuring. Keng hoshiyali bosh kiyim va quyoshdan saqlovchi ko’zoynaklar kiyib yuring. Kechasi ustingizni yopish uchun yengil choyshablardan foydalaning. Muntazam ravishda suyuqlik ichib turing, spirtli ichimlik, qahva va shirin ichimlik ichmaslikka harakat qiling. Kam-kamdan tez-tez ovqat tanovvul qiling. Oqsillarga boy taomlar iste’mol qilmang. 
Hayotining aksariyat qismini yolg`izlikda o’tkazuvchi tanishlaringiz, do’stlaringiz, qo’shnilaringizning sog`lig`idan xabar olib turing. Yolg`iz keksa va kasalvon odamlarni bir kunda kamida bir marta yo’qlab turish kerak.
 
Agar siz muntazam biror dori qabul qilib yursangiz, shifokordan bu dori issiqlik almashishga va suyuqlik miqdoriga ta’sir qilish-qilmasligini bilib oling.  

Qabul qiladigan dorilaringizni 25 gradusdan past haroratda yoki muzlatgichda saqlang (bundan avval dorining qutisidagi uni saqlash bo’yicha yo’riqnoma bilan tanishib chiqing).

Surunkali kasallik yoki ko’plab dori vositalari qabul qiladigan bo’lsangiz tibbiy yordamga murojaat qiling.

Agar siz biror odamning terisi quruqshab, issiq ekanligi yoki u alahsirayotgani, titrayotganin yoki xushidan ketayotganini payqasangiz, zudlik bilan tibbiy yordam chaqirtiring.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.