O`quvchilar uchun turmushdagi xavfsizlik 

4 112

Bugungi kunda jinoyatchilar – inson hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga xavf soladi. Albatta sen hech nimadan qo’rqmasligingni, kerak bo’lsa o’zingni himoya qilishingni aytishing mumkin. Seni hech kim qo’rqoq bo’lish kerak deb ishontirmoqchi emas, balki ehtiyotkor bo’lishni eslatib o’tmoqchimiz.

Esda tut: ehtiyotkorlik va oqilona o’ylab harakat qilinsa ko’pgina holatlarda eng kam yo’qotish yo’li bilan jinoyatchilikning oldini olish yoki xavfli holatdan chiqib ketish mumkin.
O’Z UYINGNI QANDAY ASRASH KERAK?
O’zingni va o’z uyingni yomon niyatli kishilardan asrashni bilish lozim. Begonalarning uyga kirib olishining uchta yo’li bor:
  • Eshik;
  • Deraza;
  • Balkon orqali;
Buni qanday oldini olish mumkin?
Derazalarda panjara o’rnatilishi, kirish va balkon eshiklarini mustahkamligini ta’minlash haqida ota-onang qayg’urishi kerak. Eshik taqqillaganda "kimsiz” - deb so’ramasdan, ko’zchadan qaramasdan eshikni ochsang yoki uydan chiqa turib eshikni qulflamasdan qoldirsang hech qanday mustahkam eshik seni uyingni saqlab qololmaydi.

Agar sen uyda yolg’iz qolsang:
  • Eshik qulflanganini tekshirib ko’r;
  • Notanish va atiga bir-necha marta ko’rgan odamga senga qanday sababga ko’ra kelganligini aytsa ham, o’zini (chilangar, gaz ustasi, uchastka noziri, ota-onangni tanishi) tanishtirsa ham hech qachon eshikni ochma;
  • Telefon orqali hech qanday savollarga javob berma (otaonangning ismi nima? Ular qayerda ishlashadi, ishxonasining telefon raqami, ular qachon keladi va h.k.);
  • Agar eshik taqqillasa, avval ko’zchadan qarab, eshikni chap (o’ng) tomonida turib tanish yoki ota-onangiz tayinlab ketgan odam kelganligiga ishonch hosil qilmaguncha eshikni ochma;
  • Agar ko’zchada hech kim ko’rinmasa va chiroq o’chgan qorong’i bo’lsa eshikni ochma, qo’shnilarga telefon qilib qarashlarini 48 iltimos qilgin, yomon niyatli kishilar atayin ko’zchani yopib qo’yishi mumkin;
  • Eshik orqali hech kim bilan savol-javob qilma, agar savol berishsa «hozir qo’shnilarga qo’ng’iroq qilaman ular sizga yordam beradi», yoki «militsiyaga qo’ng’iroq qilaman», ular kelib hal qilishadi deyish kerak;
  • Agar sening iting bo’lsa, u maxsus tayyorgarlikdan o’tgan bo’lsagina senga ishonchli qo’riqchi bo’lishi mumkin;
  • «Tez yordam» yoki «baxtsiz hodisa» sodir bo’lganini telefon qilishi zarurligini aytib eshik ochishni so’rashsa, sen bu haqda o’zing xabar berishing mumkinligini ayt, lekin eshikni ochma;
  • Sening uyingda telefon oldida «tez yordam», «militsiya», "gaz xizmati” yaqin qarindoshlar, qo’shnilar, ota-onangni xizmat telefonlari yozilgan daftarcha doim turishi kerak;
  • Agar uyingda telefon bo’lmasa ota-onangdan xavfli holatlarda qo’shnilar bilan qanday bog’lanishni so’ra (masalan: batareya trubasi yoki devorni taqqillatish orqali);
  • Uydan bir-necha daqiqaga chiqsang ham uyning eshigini yopmasdan qoldirma;
  • Axlat tashlashga ketganda eshikni qulfla;
  • Uy kalitlarini ehtiyot qil, ota-onang ruxsat bergan odamlarga qoldir;
  • Uydan chiqib ketayotganingda deraza va eshiklarni yaxshilab yopib ket;
  • Uyingdagi qimmatbaho buyumlar, radio-videoapparaturalar haqida gapirma. Jinoyatchi, uy egalari, qimmatbaho buyumlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lgandagina jinoyatchilik sodir bo’ladi. Og’zinga mahkam bo’l;
  • Uyga kirishdan oldin, orqangda hech kim yo’qligiga ishonch hosil qil.

Agar sening eshigingni ochishga harakat qilishsa:
  • Kirish eshigi yaxshi yopilganligiga ishonch hosil qil. Agar yaxshi yopilganiga shubha bo’lsa stul, tumbochka bilan to’siq qo’y. Keyin uchastka noziri, tuman militsiya bo’limi yoki 102raqamiga, keyin qo’shnilarga qo’ng’iroq qilib uy eshigini ochishga harakat qilishayotganini ayt;
  • Shovqin ko’tar batareyani taqqilatib, derazadan o’tib ketayotganlarni yordamga chaqir (biron narsa bilan derazani sindirib, odamlarni diqqatini tort);
  • Agar eshikni ochishga harakat to’xtasa, chiqma, ular yashirinib turgan bo’lishlari mumkin. Qo’shnilar bilan bog’lanib, militsiya kelishini kut, derazadan begona odamlar chiqib ketayotganini kuzat. Shubhali odamlarni ko’rsang, ularni ko’proq belgilarini eslab qolishga harakat qil, moshina rangi, markasi, raqami, agar ular moshinaga o’tirsa, keyin bu haqda militsiya xodimlariga ayt.
  • Statistik ma’lumotlarga ko’ra, xonadonlarda o’g’irlik kunduz kuni 9:00 va 14:00 soatlar oralig’ida sodir bo’ladi.

Agar sening eshigingni ochishga harakat qilishsa:
  • Kirish eshigi yaxshi yopilganligiga ishonch hosil qil. Agar yaxshi yopilganiga shubha bo’lsa stul, tumbochka bilan to’siq qo’y. Keyin uchastka noziri, tuman militsiya bo’limi yoki 102 raqamiga, keyin qo’shnilarga qo’ng’iroq qilib uy eshigini ochishga harakat qilishayotganini ayt;
  • Shovqin ko’tar batareyani taqqilatib, derazadan o’tib ketayotganlarni yordamga chaqir (biron narsa bilan derazani sindirib, odamlarni diqqatini tort);
  • Agar eshikni ochishga harakat to’xtasa, chiqma, ular yashirinib turgan bo’lishlari mumkin. Qo’shnilar bilan bog’lanib, militsiya kelishini kut, derazadan begona odamlar chiqib ketayotganini kuzat. Shubhali odamlarni ko’rsang, ularni ko’proq belgilarini eslab qolishga harakat qil, moshina rangi, markasi, raqami, agar ular moshinaga o’tirsa, keyin bu haqda militsiya xodimlariga ayt.
  • Statistik ma’lumotlarga ko’ra, xonadonlarda o’g’irlik kunduz kuni 9:00 va 14:00 soatlar oralig’ida sodir bo’ladi.

Agar sening uyingda hech kim yo’qligida o’g’irlik sodir bo’lgan bo’lsa:
  • Uyga qaytayotib, sen shubhali vaziyat (masalan, eshikni ochiqligi yoki buzilgani)ni ko’rsang – uyga kirma;
  • Tezda bu haqda qo’shnilarga xabar qil, ularnikidan yoki o’z mobil telefoningdan militsiyaga qo’ng’iroq qil;
  • Jinoyatchilarni ko’rsang to’xtatishga harakat qilma, hatto uyingdan narsalarni olib chiqayotgan bo’lsa ham;
  • Barmoq izlarini o’chirmaslik va o’g’irlik holatini buzmaslik uchun militsiya xodimlari kelgunga qadar o’g’irlik sodir bo’lgan xonadonda hech nimaga tegma.

Xavfsizlik qoidalari:
  • Uying kalitini hamma biladigan joyda qoldirma (gilamcha tagida yoki elektr shitida);
  • Palto yoki kurtkangni yechganingda cho’ntagingda kalitni qoldirma va tanishlaringga berma;
  • Kalitni yo’qotib qo’ysang darhol ota-onangga ayt.
  • Odam kam, tashlandiq joylardan, kam yoritilgan ko’chalardan yurma;
  • O’zing yashab turgan joyni yaxshi o’rganib chiq;
  • Kechki payt ko’chaga chiqish zarur bo’lsa, eng xavfsiz yo’lni tanla, agar u juda qisqa yo’l bo’lmasa ham.
ESDA SAQLA!
  • Ota-onangni qayerga ketayotganing, qachon kelishing haqida ogohlantir, agar uyda hech kim bo’lmasa xat qoldir.
  • Bu faqat ota-onangni tinchlantirish uchungina emas, balki o’zingni xavfsizligingni ta’minlash uchun kerak. Agar otaonang qayerga ketganing va qachon kelishingni bilishsa, kerakli paytda qaysi yo’nalishda qidiruv ishlarini olib borishga imkoniyat yaratadi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.