Toshkent metropoliteni 

6 651

 
 Toshkent metropoliteni- Toshkent shahar yo’lovchilar uyushmasi tarkibiga kiradi. Uning qurilishi 1973-yilda boshlangan. Birinchi liniyasining 9 stansiyadan iborat birinchi navbati 1977-yil 6-noyabrda, ikkinchi navbati 1980-yil 18-avgustda foydalanishga topshirildi. Bekatlar soni 12 ta: Sobir Rahimov, Chilonzor, Mirzo Ulug’bek, Hamza, Milliy bog’, Xalqlar do’stligi, Paxtakor, Mustaqillik maydoni, Amir Temur, Hamid Olimjon, Pushkin, Buyuk Ipak yo’li. 
 Ikkinchi liniyasining birinchi navbati 1984-yil noyabrda, ikkinchi navbati 1987-yil noyabrda ishga tushgan. Shu liniyaning uchinchi navbati 1989-yil noyabrda, to’rtinchi navbati 1991-yil 30-aprelda ishga tushdi. Stansiyalar soni 11 ta: Alisher Navoiy, O’zbekiston, Kosmonavtlar, Oybek, Toshkent, Mashinasozlar, Chkalov, G’afur G’ulom, Chorsu, Tinchlik va Beruniy bekatlari. 
  Toshkent metrosining shahar markazini Yunusobod turar joy massivi bilan bog’laydigan uchinchi liniyasining birinchi navbati 2001-yil 26-oktyabrda ishga tushdi. Bekatlar soni 6 ta: Ming o’rik, Yunus Rajabiy, Abdulla Qodiriy, Minor, Bodomzor, Habib Abdullayev. 
Toshkent metropoliteni 9 ballik zilzilaga bardosh bera oladi.Metro qurilishi va navbatdagi yo’l hamda bekatlarni loyihalash ishlari davom etmoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.