Rostmi, yolg‘on?
Ikki sayyoh choyxonada uchrashib qolib, hamsuhbat bo‘lishibdi. Ko‘rgan-bilganlari, boshdan kechirganlarini aytib xo‘p maqtanishibdi.
Birinchisi. Menchalik jahongashta bo`lgan emas, bo‘lmaydi ham. Pomir tog‘ida tuyaqush minib yurganimni aytaymi, uni yetaklab Kavkazga olib borganimni hikoya qilaymi? Qizilqum degan o‘rmonda oq ayiq ovlaganimni eslasam etim jimirlab ketadi, azbaroyi. Shu deyman, Oq ayiq bir yerni kavlab, echkiemarni tutib oldi-ku! Endi ayiqqa tashlanaman degandim, Nil daryosidan bir kit chiqib qoldi-yu, ikkalovini ham g‘ajib tashladi. Eh, attang!
Ikkinchisi. Men ham ko‘p ajoyibotlar ko‘rganman. Baxtimni qara-ya, bir kuni mazza qilib cho‘milay deb dengiz bo'yiga borsam, tepamdagi daraxtda baliq osilib turibdi. Darrov ushlab oldim-u, lippamga qistirdim. Boshqa daraxtga qarasam —yana baliq. Hamma shoxlariga baliq yopishib qolipti. Yo tavba! Ko‘ylagimning yoqasini burib, xaltacha qildim-u, baliqlarni olma uzganday terib oldim.
Birinchisi. Rosa lofchi ekansan-ku, baliqlar daraxtda bo‘ladimi? Mana, mening gapimga quloq sol. Men senga bo‘lgan voqeani aytay. Antarktikada bo‘lganimda mazza qilib qimron ichganman. Bilasanmi qimron nima? Qimron —tuyaning suti. Biram tuya ko‘p ekan-ki, poda-poda bo‘lib yuripti.
Ikkinchisi. E, birodar, qiziq, gaplarni aytding, kulgim qistab ketdi. Mening gapimni ham eshit-chi? Men bir mo'jizaning guvohi bo‘lganman. Bir kuni, kuppa-kunduzi xonamdan hovliga chiqsam, nimani ko‘rding degin — osmonda to‘lin Oy yaltirab, yulduzlar charaqlab turibdi.
Birinchisi. Afandimisan, birodar. Tushingni aytayapsanmi? Kunduzi osmonda yulduzlar-u, Oymoma yaltirab turgan emish, ha-ha-ha!
Ikkinchisi. Bu yog‘ini eshitsang-chi! Bir kuni o‘t orasida kattagina tuxumni ko‘rib qoldim. Qimirlay boshladi-yu, yorilib, ichidan to‘rt oyoqli jonivor chiqdi. Ajabo! Bu nima bo‘ldi, deb hovuzchaga qarab, xayol surib tursam, bir hayvon tilining ostida bolasini qistirib turipti. Yopiray, shu vaqt bir maxluq sakrab-sakrab o‘tib ketdi — bolasini qorniga tiqib olibdi. Yoqamni ushlagan chaqotib qoldim.
Iljayma, birodar. Bundan ham qizig‘ini aytib beraymi?
Birinchisi. Ayt-chi, nimasi qiziq ekan?
Ikkinchisi. Bir orolda yong‘oq ko‘rdim. 10 yilda pishar ekan, bitta donasining bo‘yi salkam yarim metr. Mag‘zini 50 kishi yeb tugata olmadik.
Birinchisi. Bilasanmi, oshna, men «Yer aylanadi» degan gapni eshitganimdan keyin, g‘alatibir sayohatga otlandim. Samolyotga ham tushmasdan, poyezdga ham o‘tirmasdan, Kavkazdagi rohatijon joylarga borib keldim.
Ikkinchisi. Qanday qilib?
Birinchisi. Katta pufakka osilib, bulutlargacha ko‘tarildim-u, Yerga qarab turaverdim. Yer aylanaverdi, men qimirlamay, shaharlami birin-ketin o‘tkazaverdim. Qora dengizni ko‘rishim bilansharni yerga tushirdim. Sochining qoq o‘ziga qo‘nibman.
Ikkinchisi. Baron Myunxauzen bo‘lib ket-e! (Shunday dedi-da, to‘nining etagini qoqib turib ketdi.) Choyxonada bu suhbatni eshitib turgan kishilar obdon kulishdi. Qayerdan ham bunday lofchilar kelib qolibdi. Bu suhbatdagi gaplarni o‘ylab ko‘ring. Yolg‘oni qaysi-yu, rosti qaysi?
IZОH
Hamsuhbat sayyohlaming birinchisi mutlaqo olam kezgan odam emas, g'irt yolg‘onchi, lofchi... Pomirda tuyaqush yo‘q, qizilqumda oq ayiq bo`lmaydi, u Arktikaning yirtqichi. Bu «jahongashta» aytgan daryodan kit chiqishi, Antarktikada tuya ko‘pligi lofning o‘zginasi. Pufakda sayohati ham yolg‘on. Chunki osmonda tek turib, Yemi o‘tkazib yuborish mumkin emas. Yer aylanishi bilan bab-barobar havo (atmosfera) ham aylanadi. Bulutlaming ko‘pincha g‘arbiy tomondan kelishi, osmonda asosan g‘arbiy shamollar esishi hech kimning tek turishiga imkon bermaydi.
Ammo ikkinchi sayyohning hamma gapida jon bor. Tropik mamlakatlarda dengiz bo‘ylaridagi mangr o‘rmonlarini har kuni ikki mahal suv bosadi (qalqish vaqtida), ikki mahal (qaytish vaqtida) suvdan xoli bo‘ladi. Suv qaytganda baliqlar daraxt ustida qolib ketadi.
Hind okeanidagi Seyshel orollarida chindan ham katta mevali yong‘oq daraxtlari o‘sadi.
Kunduz Oy va yulduzlar ko‘rinib turishi mumkin. Shimoliy o‘lkalarda (shuningdek, Antarktidaning qishi — iyul oyida) qish oylarida qutbiy tunlarda shunday bo`ladi.
Tuxum ichidan to‘rt oyoqli hayvon chiqishi ham ma’lum — Avstraliyadagi yexidna shunday. Qurbaqalar bolasini til ostida saqlaydi. Kenguru bolasini qornidagi xaltada olib yurmaydi.
Manba: “Qiziqarli geografiya” Vahob Asomovich Rafiqov
«Sharq» nashr iyoti-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
Bosh tahririyati Toshkent-2010
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.