Meteorologik stansiya
Meteorologik stansiya — ob-havo va iqlimni
o‘rganish, atmosferani ilmiy tadqiq qilish maqsadida uzluksiz meteorologik
kuzatishlar olib boradigan muassasa.
Meteorologik stansiyada atmosfera
temperaturasi, bosim va havo namligi, shamol, yog‘inlar, bulutlar va boshqa
meteorologik elementlar uzluksiz aniqlab turiladi. Meteorologik stansiya 3
razryadga bo‘linadi.
Hozirgi kunda sayyoramizdagi barcha davlatlarda 10000 ga yaqin,
jumladan, O‘zbekistonda 47 ta meteorologik stansiya ishlab turibdi.

Foydalanilgan manbalar: