Geografiyani o`qib kim bo`lish mumkin? 

18 298

Geografiya fanidan imtihon topshirish mumkin bo’lgan yo’nalishlar: Geografiya, Geografiya o’qitish metodikasi, Gidrometeorologiya.

Geografiya fanidan imtihon bo’luvchi tillar ro’yxati: o’zbek, rus, qoraqolpoq.

Imtihondagi blok fanlari: Geografiya – 3.1,  matematika (informatika bilan) – 2.1,  ona tili va adabiyoti – 1.1

Tasdiqlangan darsliklar ro’yxati: 5-sinf Tabiiy geografiya boshlang’ich kursi(atlasi bilan), 6-sinf Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi (atlasi bilan), 7-sinf O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi (atlasi bilan), 8-sinf O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi (atlasi bilan), 9-sinf Jahon iqtisodiy-iytimoiy geografiyasi (atlasi bilan) va Amaliy geografiya (Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma). Ushbu darsliklar va o’quv atlaslari eng so’nggi nashr etilganidan foydalaniladi.

     O’zbekistonning jami 16 ta OTM larida geografiya fanidan imtihon bo’ladi.

N

Oliy ta’lim muassasasi nomi

Jami

Geografiya

Gidrometeorologiya

O’zbek

Rus

Qoraqalpoq

1

O’zbekiston Milliy universiteti

60

40

20

45

15

0

2

Toshkent Davlat Pedagogika universiteti

25

25

0

25

0

0

3

Jizzax Davlat Pedagogika instituti

75

75

0

75

0

0

4

Andijon Davlat universiteti

60

60

0

60

0

0

5

Namangan Davlat universiteti

25

25

0

25

0

0

6

Farg’ona Davlat universiteti

50

50

0

50

0

0

7

Qo’qon Davlat Pedagogika instituti

50

50

0

50

0

0

8

Guliston Davlat universiteti

20

20

0

20

0

0

9

Samarqand Davlat universiteti

75

50

25

60

15

0

10

Qarshi Davlat universiteti

50

50

0

50

0

0

11

Termiz Davlat universiteti

50

50

0

50

0

0

12

Buxoro Davlat universiteti

25

25

0

25

0

0

13

Navoiy  Davlat Pedagogika instituti

75

75

0

65

10

0

14

Urganch Davlat universiteti

40

40

0

40

0

0

15

Qoraqalpoq Davlat universiteti

45

25

20

10

0

35

16

Nukus Davlat Pedagogika instituti

60

60

0

30

0

30

Jami

785

720

65

680

40

65

Geografiya– O’zbek guruhlarida jami 16 ta OTM da 640 ta talaba qabul qilinadi. Rus guruhlarida esa jami 3 ta OTM da 35 ta qabul qilinadi. Qoraqalpoq guruhlarida jami 2 ta OTM da 45 ta qabul qilinadi. 

Gidrometeorologiya – O’zbek guruhlarida jami 2 ta OTM da 40 ta talaba qabul qilinadi. Rus guruhlarida esa jami 1 ta OTM da 5 ta talaba qabul qilinadi. Qoraqalpoq guruhlarida esa jami 1 ta OTM da 20 ta talaba qabul qilinadi. 

O’zbekiston barcha OTM larida yiliga Geografiya yo’nalishiga jami 720 talaba, gidrometeorologiya yo’nalishiga jami 65 talaba qabul qilinadi. Ikkisi birgalikda 785 talabani tashkil etadi. Ko’rib turganingizdek geografiya fani keng qamrovli fan hisoblanadi.
Albatta har bir abituriyentning hayolida "Geografiya yoki gidrometeorologiya yo’nalishlarini bitirib ertaga kim bo’laman?” degan o’y paydo bo’ladi. Keling men sizga bu soxani ochilmagan qirralarini ochib beray. 

Geografiya yo’nalishini bitirgach o’qituvchi bo’lib umumta’lim maktablari, akademik litsey va kollejlarda, O’zbekiston Respublikasi Pedagogik hodimlari malakasini oshirish institutlarida, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Geografiya bo’limida, "Yergeodezkadastr” davlat qo’mitasiga qarashli  Geodeziya va Kartografiya milliy markazida, "Yergeodezkadastr” davlat qo’mitasiga qarashli "Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi – "Uzgidromet”da, O’zbekiston Respublikasi Statistika qo’mitasida, O’zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziatlar vazirligida, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasida, "Ekosan” xalqaro jamg’armasi va ko’plab joylarda ish faoliyat yuritish mumkin.

Gidrometeorologiya yo’nalishini bitirgach O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi – "Uzgidromet”da, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Suv muammolari institutida, "Uzdavsuvloyiha” ilmiy loyihalash institutida, O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari,Geodeziya, kartografiya va Davlat kadastri Davlat qo’mitasida, O’zbekiston Respublikasi "Geologiya va mineral resurslari” davlat qo’mitasiga qarashli Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi ilmiy tekshirish instituti, O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Favqulotda vaziatlar vazirligida, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasida, "Ekosan” xalqaro jamg’armasida va ko’plab joylarda ish faoliyat yuritish mumkin.

 "Abituriyent" gazetasidan maqola muallifi
Mamadiyorov Adhamjon
 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.