Shimoliy Amerika 

23 517

Shimoliy Amerika haqida umumiy ma`lumot

  • Asosiy xususiyatlari

    Dunyodagi eng katta oroli bor materik (Grenlandiya, 2,1 mln km kv.), eng katta arxipelag shu materikda (Kanada Arktikasi), eng chuqur darasi (Kolorado kanyoni 2 km ga yaqin, uzunligi 320 km), eng uzun g‘ori (Flint-Mamont, 500 km), eng go‘zal va maftunkor sharsharasi bor (Niagara, bir yilda 10 mln sayyoh keladi), eng baland suv qalqishi bo‘ladi (Fandi qo‘ltig‘i, 18 metr).
  • Geografik o'rni

    Shimoliy Amerika G‘arbiy va Shimoliy yarimsharlarda joylashgan. U boshqa materiklarga nisbatan Qutb tomon uzoq cho‘zilgan. Materikning shakli Janubiy Amerika singari uchburchakni eslatadi. Kattaligi jihatidan uchinchi o‘rinda turadi. Materik qirg‘oqlarini 3 ta okean suvlari yuvib turadi. Janubda Panama bo‘yni orqali (eng tor joyi 48 km) Janubiy Amerika bilan tutashgan..
  • O'rganilishi

    Janubiy Amerika hududiga nisbatan Shimoliy Amerika yevropaliklarga ancha oldin ma'lum bo‘lgan. X asrning oxirida norman Erik Rauda (Malla) Grenlandiyani, materikning shimoli-sharqiy qismini o‘rgandi. Jon Kabot Nyufaundlend orolini va Labrador yarimoroli qirg‘oqlarini kashf etdi. XVII asrda G.Gudzon, A.Makenzi va boshqalar materikning sharqiy va shimoliy qismlarini o‘rganishdi.

 

S himoliy Amerika bilan Yevrosiyo qadimgi Lavraziya quruqligining tarkibiy qismi bo‘lgan. Mezozoy erasining boshlarida Shimoliy Amerika Yevrosiyodan ajralgan. So‘nggi 1 mln yil davomida Yevrosiyo bilan Shimoliy Amerika bir-biridan 40 km masofa uzoqlashgan.

J anubiy Amerika hududiga nisbatan Shimoliy Amerika yevropaliklarga ancha oldin ma'lum bo‘lgan. X asrning oxirida norman Erik Rauda (Malla) Grenlandiyani, materikning shimoli-sharqiy qismini o‘rgandi. Jon Kabot Nyufaundlend orolini va Labrador yarimoroli qirg‘oqlarini kashf etdi.  

T og‘li qismidagi Kordilyera, uning sharqidagi Qoyali tog‘lar asosiy tog‘ tizimlaridir. Materikning eng baland nuqtasi Mak-Kinli cho‘qqisi (6194 m), eng past nuqtasi Ajal vodiysi (-86 m) ham tog‘ mintaqasida joylashgan.

 

- Maydoni (orollar bilan birga) - 24365 000 kv.km

- Orollar maydoni - 3 890 000 kv.km

- Materik qirg'oqlarining uzunligi - 60 000 km

- Dengiz sathidan o'rtacha balandlik - 720 metr

- Dengiz sathidan eng yuqori balandlik - Mak-Kinli t. (AQSh) 6194 metr

- Dengiz sathidan eng past balandlik - Ajal vodiysi (AQSh) -86 metr

- Eng shimoliy nuqta - Merchison burni (Kanada)

- Eng shimoliy nuqta koordinatasi - 71 daraja 50' sh.k. 94 daraja 45' g'.uz.

- Eng janubiy nuqta - Maryato burni (Panama)

- Eng janubiy nuqta koordinatasi - 7 daraja 12' sh.k. 80 daraja 52' g'.uz.

- Eng g'arbiy nuqta - Uels Shahzodasi burni (AQSh)

- Eng g'arbiy nuqta koordinatasi - 65 daraja 35' sh.k. 168 daraja 05' g'.uz.

- Eng sharqiy nuqta - Sent-Charlz burni (Kanada)

- Eng sharqiy nuqta koordinatasi - 52 daraja 24' sh.k. 55 daraja 40' g'.uz.

- Dengizlari: Baffin, Bering, Bofort.

- Bo'g'izlar: Shelexov, Bering, Devis, Gudzon, Foks

- Qo'ltiq: Meksika, Gudzon, Alyaska, Kaliforniya, Fandi.

- Yarimorollar: Labrador, Alyaska, Yukatan, Florida

- Tekisliklar: Buyuk, Markaziy

- Pasttekisliklar: Atlantkabo'yi, Meksikabo'yi, Missisipi

- Botiqlar: Ajal vodiysi, Katta Kanyon, Mamont g'ori

- Oqimlar: Golfstrim, Labrador, Antil, Kaliforniya, Alyaska.

- Eng uzoq umr ko'ruvchi daraxt-Sekvoyya (5 ming yil).

- Eng baland suv ko'tarilishi - Fandi qo'ltig'i (balandligi 18 m).

- Eng katta dara - Kolorado (uzunligi 320 km).

- Eng uzun g'or - AQSH, Flint-Mamont g'ori (uzunligi 565 km).

- Eng uzoqqa uchuvchi qush - Monarx (4000 km).

- Qirg'og'i yo'q dengiz - Sargasso.

- Eng katta baliq - Kit-akula (14 metr, 12 tonna).

- Eng katta kaktus - Saguaro (24 metr).

- Eng kuchli shamol elektr stansiyasi - AQSHda qurilgan (3000 kVt/soat).



Daryolar

NomiUzunligi, kmHavzasining maydoni, ming kv.km
Misisipi (Missuri bilan)6 0193 268
Makkenzi (Atabaska bilan)5 4721 800
San Lavrentiy3 0571 269
Rio-Grande3 033570
Yukon2 897855
Nelson2 5741 070
Kolorado2 333635
Kolumbiya1 953669
Cherchell1609281
 

Tog' cho'qqilari

NomlanishiTog` tizimi, hududiDengiz sathidan balandligi, metr
Mak-KinliAlyaska6 193
LoganAlyaska6 050
Avliyo IliAlyaska5 488
UintniSerra-Nevada4 418
Elbert
Qoyali tog`lar4 399
Penya-NevadaSharqiy Serra-Madre4 054
UoddingtonQirg'oq tizmasi4 042
RobsonQoyali tog'lar3 954
ChorrerasG'arbiy Serra-Madre3 150
Mayklson
Bruks tizmasi
2 816
MitchellAppalachi2037
 

Vulqonlar


NomlanishiJoylashgan hududiDengiz sathidan balandligi, metr
OrisabaMeksika5 747
PopokatepetlMeksika5 452
SanfordAlyaska4 939
ReynirKaskad tog'lari4 392
ShastaKaskad tog'lari4 317
TaxumulkoGvatemala4 217
IrasuKosta-Rika3 432
XudKaskad tog'lari3 427
Lassen-PikSerra-Nevada3 187
IliamnaAlyaska3 075
ShishaldinaUnimak oroli2 860
KatmayAlyaska2 047
 

Orollar

NomiMaydoni, kv.kmNomiMaydoni, km.kv
Grenlandiya2 176 000Vankuver32 100
Baffin Yeri519 000 Somerset24 300
Viktoriya213 800Aleut17 666
Elsmir202 700Prins-Patrik15 800
Nyufaundlend111 000Bagam11 400
Kuba105 007Yamayka11 100
Gaiti77 200Keyp-Breton10 300
Banks69 900Qirolicha Sharlotta10 282
Devon56 400Kadyak9 515
Sautgemton44 149Puerto-Riko8 900
Melvill42 100Antikosti7 880
Aleksandr arx.36 800Avliyo Lavrentiy4 900
Aksel-Xeyberg34 400Gvadelupa1 779
Shaxzoda Uels33 338Martinika1 110

Qiziqarli ma`lumot va savol-javoblar

- Eng qalin qor qor 11,5 metr, 1911-yil mart oyida Kaliforniyada kuzatilgan.

- Eng kuchli shamol 1934-yil 12-aprelda Vashington tog'ida (41,6 m/sek) kuzatilgan.

- To'fon, tornado shamollari materikning janubi-sharqiy hududlariga katta talofat keltiradi.

- Quyoshli kunlar eng ko'p bo'ladigan joy - Arizona shtatidagi Yuma degan joyda. Bu yerda yilning 95 foizi quyoshli kunlardan iborat.

-Shimoliy Amerikada 6 ta iqlim mintaqasi tarkib topgan. Bular: arktika, subarktika, mo'tadil subtropik, tropik va subekvatorial. 

- Subtropik tog' o'rmonlarida balandligi 100 metr, diametri 9 metr keladigan sekvoyya daraxti o'sadi.

- Meksika tog'ligining asosiy o'simligi - kaktuslar hisoblanadi.

- Shimoliy Amerikada 50 dan ortiq milliy bog'lar bor. Ular ichida eng yiriklari: "Shimoli-G'arbiy Grenlandiya" milliy bog'i, Buyuk Kanyon, Sekvoyya, Mamont g'ori, Ajal vodiysi, "Yellouston" bog'i.

- Shimoliy Amerikaga aholining ko'chib kelishi bundan 2000-3000 yil oldin boshlangan.

- Materik qovoq, makkajo'xori, dukkaklilar vatanidir.

- Kanada Arktikasida eskimoslar yashaydi. Ular jami 60 000 kishi qolgan bo'lib, o'zlarini induistlar deyishadi. Ular qishda qordan uy (igla) yasashadi.

- Shimoliy Amerikada 15 mln hindular yashaydi.

- Niagara sharsharasini tomosha qilish uchun har yili bu yerga 10 mln. sayyoh keladi.

- Yerning shimoliy magnit qutbi -Baters orolida.

- Kanada hududining 50 foizi o'rmonlar bilan band.

- Eng baland sharshara - Yosemed (Mersed daryosida) - 757 metr.

- Eng katta kaktus - Saguuaro, balandligi 24 metrga boradi.

- Burama shoxli antilopa - eng tez chopadigan hayvon.

- Eng og'ir zaharli ilon - chinqiroq ilon bo'lib uning og'irligi 15 kg gacha boradi.

- Kordelyera tog'larida o'ziga xos hayvon - qalin junli qor echkisi yashaydi.

- Shimoliy Amerikadagi eng katta davlat - Kanada bo'lib, yer maydoni 10 mln.kv.km.

- Kanadada dunyoda eng katta "Vud Baffalo" milliy bog'i tashkil etilgan. Bu yerda bizonlar himoya qilinadi.

- Kolorado daryosida eng katta kanyon hosil bo'lgan. Bu tor va tik qirg'oqli jarlikning uzunligi 350 km, eni 6-28 km ga, chuqurligi 1,0 km gacha boradi. Bu yerda har yili 2 mln sayyoh keladi.

- Iliq oqim qaysi qo'ltiqdan boshlanadi? Meksika qo'ltig'i.

- Qaysi qo'ltiq suvlari Labrador yarimorolining qirg'oqlarini yuvib turadi? Gudzon.

- Kolorado daryosi o'z suvini qaysi qo'ltiqqa quyadi? Kaliforniya qo'ltig'i.

- Dengizchilar qaysi qo'ltiqni ko'pincha «Muz solingan qop» deb ataydi? Gudzon qo'ltig'i.

- Qaysi qo'ltiq suvlari Florida yarimoroli qirg'oqlarini yuvib turadi? Meksika qo'ltig'i.

- Qaysi qo'ltiq obrazli qilib «qaynoq tova» deb ataladi? Meksika qo'ltig'i.

- Qaysi qo'ltiq Tinch okeanining bir qismi hisoblanadi? Kaliforniya qo'ltig'i.

- Labrador yarimoroli qaysi qo'ltiqdan sharqda joylashgan? Gudzon qo'ltig'i.

- Qaysi qo'ltiq suvlari Kuba mamlakati qirg'oqlarini yuvib turadi? Meksika qo'ltig'i

- Daryo oqiziqlaridan tarkib topgan tekislik- Missisipi tekisligi.

- Ko'hna va juda yemirilgan tog'lar - Appalachi tog'i.

- 4000 km dan ortiq masofaga keng yoyilib cho'zilgan tekislik - Buyuk tekislik.

- Orasida Katta havza joylashgan tog' - Kordilyera tog'i.

- Qadimgi muzlik gil va toshlarni qoldirgan tekisliklar - Markaziy tekislik.

- So'nmagan vulkanlari bor tog'lar- Kordilyera tog'i.

- Neft bilan tabiiy gaz qazib olinadigan tekislik – Missisipi tekisligi.

- Janubiy qismi lyoss bilan qoplangan tekislik - Markaziy tekislik.

- Baland tizmalari ko'p yillik qor va katta-katta muzliklar bilan qoplangan tog' - Kordilyera tog'i.

- Yonbag'irlari yotiq (qiya), tog' tepalari yassi va keng vodiylari bor tog'lar- Appalachi.

- Qaysi daryo bahaybat kanyon hosil qiladi? Kolorado daryosi.

- Qaysi daryo Buyuk ko'llar suvini Atlantika okeaniga olib kelib quyadi? San Lavrentiya.

- Qaysi daryo hindular tilida «guldurovchi suv» deb ataladi? Niagara daryosi.

- Qaysi daryo hindular tilida «serloyqa daryo» deb ataladi? Missuri.

- Qaysi daryo Shimoliy Amerikada eng katta? Missisipi daryosi.

- Qaysi daryo eng katta delta hosil qiladi? Missisipi.

- Qaysi daryo Eri va Ontario ko'llarini tutashtirib turadi? Niagara daryosi.

- Qaysi daryo Kalifomiya qo'ltig'iga quyiladi? Kolorado.

- Qaysi daryo Meksika qo'ltig'iga quyiladi? Missisipi.

- Qaysi daryo hindular tilida «katta daryo» deb ataladi? Missisipi.

- Qaysi daryo uzunligiga ko'ra o'zi kelib quyiladigan daryodan katta? Missuri.

- Qaysi daryo deltasi qo'ltiqqa yiliga 100 m kirib boradi? Missisipi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.