Qulupnay haqida

Qulupnayning yana bir ijobiy tomoni shundaki, uning tarkibidagi organik kislotalardan biri kashandalikda saratonning oldini oladi. Shu bois qulupnay chekuvchilar uchun juda foydali. Ba'zi bir kasalliklarni davolashda qulupnay barglari va mevalaridan tayyorlangan damlamalar qo'llaniladi. Qulupnay organizmdagi qand moddasini kamaytirish xususiyatiga ega. Yangi tayyorlangan qulupnay sharbati, ya'ni har kuni ertalab och qoringa ichilgan taxminan 1\4 stakan sharbat o't-tosh kasalligida yordam beradi. Buyrak va jigar kasalliklariga qarshi kurashadi. Qulupnay ajoyib parhez mevasi ham hisoblanadi. U organizmdagi ortiqcha suvni chiqarib tashlashga ko'maklashadi. Qulupnay barglari va mevasidan tayyorlangan damlama arterial qon bosimini va organizmdagi moddalar almashinuvini me'yorga keltiradi. U uyqusizlikda ham yaxshi yordam beradi. Qulupnayni anemiyaga chalingan bemorlarning ratsioniga qo'shishni, tomirlar sinuvchangiligida, qon ishlab chiqarilishini yaxshilashda tavsiya etishadi. Kimlar qulupnayni iste'mol qilmasligi yoki ehtiyotlik bilan iste'mol qilishi kerak? Oshqozon yarasi va gastritdan azob chekayotganlar ushbu sevimli desertni iste'mol qilmaganlari ma'qul, chunki qulupnay urug'lari oshqozonning shilliq pardasiga salbiy ta'sir qiladi. Bo'g'imlar xastaligiga ega kishilarga ham bu mevani ko'p iste'mol qilish mumkin emas, chunki bu podagra og'riqlari muammosini yanada chuqurlashtiradi. Shuningdek, enapril asosidagi yuqori qon bosimiga qarshi preparatlarni qabul qilayotgan kishilar ham ehtiyot bo'lishlari kerak. Bu paytda qulupnayni iste'mol qilish buyrak uchun katta yuklama bo'ladi. Qulupnayga allergiya Qulupnay mayda teshikchali tarkibga ega, shu bois u asalarilarning mumkataklariga o'xshab gul changini yig'adi, aynan shu gul changiallergiyani keltirib chiqaradi. Demak, allergiyaga ega kishilar ehtiyot bo'lishlari kerak: qulupnayni iste'mol qilishdan oldin yuqoridagilar haqida eslang. Shifobaxsh damlamalar
1. Yangi uzilgan qulupnay mevalaridan tayyorlangan damlama. 2 osh qoshiq yaxshi pishgan mevalar ustiga bir stakan qaynab turgan suv solinadi, termosda 30 daqiqa davomida damlanadi va keyin dokada suzib olinadi. Peshob va ter haydaydigan vosita sifatida har kuni ovqat oldidan yarim stakandan qabul qilinadi. Shuningdek,anginalarda og'iz bo'shlig'ini shu damlama bilan chayish tavsiya etiladi. 2. Quritilgan va yashil barglardan tayyorlangan damlama. 1-2 osh qoshiq maydalangan barglar ustiga bir stakan qaynab turgan suv quyiladi, termosda kamida 40 daqiqa damlanadi, dokada suzib olinadi hamda gemorroidal qon ketishlarida qonni to'xtatuvchi vosita sifatida ichiladi.
Qulupnayli choy

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.