Qulupnayni mavsumda qancha iste`mol qilgan ma`qul? 

3 944

Jig`ildon qaynashi va zaradon kasalliklarida makajo`xori popugi, uyqusizlikda valeriana, tomoq og`rig`ida binafsha gullari damlamasi ichiladi. Lekin tan olish kerakki, ba`zan odam bunday ta`mi yoqimsiz xalq tabobati damlamalarni ichgandan ko`ra, bir dona tabletka yutsam yaxshiroq, deb o`ylab qoladi. Lekin tabiat ham ta`mi yoqimli, ham foydasi serob ne`matlarga boy. Ularning eng xushta`mlaridan biri shubhasiz qulupnaydir. 

Shifobaxsh xususiyatlari

Qulupnay tarkibidagi temir moddasi uzumnikidan 40 barobar ko`p. A va S vitaminlari esa, askarbin liderlari hisoblangan mevalar — apelsin va kivi tarkibidagidan ham ziyodroq. Uning tarkibida foliy kislotasi ko`pligi uchun homilador ayollar ko`proq iste`mol qilishi tavsiya etiladi. U ona qornidagi homilani tashqi olamdagi salbiy faktorlardan himoya qiladi.

Qulupnay temir tanqisligi anemiyasi, qandli diabet, ateroskleroz, buyrak og`rig`i, nafas yo`llari kasalliklari, gipertoniya bilan og`riganlar uchun bebaho ne`mat. Yaqinda olimlar u tamaki tutunining konserogen ta`sirini neytrallashtirishini ham aniqlashdi! Ya`ni, u tutunning zararirini bartaraf etadi.

Boshingiz og`rib turganda bir siqim ko`lupnay esangiz, dard darhol to`xtashini sezganimsiz? Axir uning tarkibida salisil kislotasi borda!

Qulupnay sharbati

Xalq tabobatida ezilgan qulupnay sharbatidan teri kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Masalan ekzema (chilla yara), temiratki va hatto sepkillarni ham qulupnay sharbatini surtish orqali ketkazish mumkin.

Umuman, har bir inson sog`lom yurish uchun qulupnay mavsumida bu totli mevadan o`rtacha 10 kg iste`mol qilishi shart ekan.

Faqat mevasi emas

Shifobaxsh xususiyatlarga faqat qulupnay mevasi emas, uning barglari ham ega. Qulupnay barglari tarkibida burishtiruvchi (qimizak ta`mli) tanin moddasi bor. Shuning uchun undan tayyorlangan qaynatma yoki damlamani diareya payti, buyrak va jigar xastaliklari, gastrit, o`t pufagi yallig`langanda ichish tavsiya etiladi. Angina bilan og`rigan tomoq qulupnay bargi qaynatmasida chayilsa, og`riqlar qoladi, shish qaytadi. Yangi uzilgan va ustidan qaynoq suv quyilgan barglarni yaraga bosganda, uning yiringini tortib oladi. Xuddi shu xususiyatga qulupnay ildizi ham ega.

Vitamin siri

— Ming afsuski, biravarakayiga ham qulupnayning shirin ta`midan bahra olish va ham uning shifobaxsh xususiyatlaridan foydalanishning iloji yo`q. Sababi, shifobaxsh xususiyatlarga uning faqat yangi uzilgan mevalarigina ega bo`ladi. Bir marta muzlatkichga qo`yib olindimi tamom, unda faqat ta`m qoladi xolos, vitaminlar miqdori kamayadi.

Hozir kasalxonalarga diareya, ichakdagi qurtlar tufayli ishi tushadigan bemorlar mavsumi boshlandi. Buning sababi bitta — mevani yuvmasdan iste`mol qilish. Ayniqsa, qulupnayni yuvmay eganda uning barcha foydali xususiyatlari shu zahotiyoq zararliga aylanishini nazarda tuting.

Ehtiyot bo`ling! Biroz mog`orlayozgan, qoraygan qulupnayni yuvib iste`mol qilish u yoqda tursin, kompot yoki murabboga ham ishlatish mumkin emas. Ular sog`liq uchun xavfli.

«Qulupnay terapiya»si 1 yoshgacha bo`lgan bolalar, allergik kasalliklarga moyilligi bo`lganlar va oshqozon ichak yo`llari xastaliklaridan aziyat chekuvchilarga qat`iyan man etiladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.