Идет загрузка...
Идет загрузка...

Sudan 

3 825

  Rasmiy nomi — Sudan Respublikasi. Poytaxti — Xartum. Davlat tili — arab. Dini — musulmonlar (70%), majusiylar (25%), xristianlar (5%). Pul birligi — sudan dinori.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Afrika qit’asining shimoli sharqida joylashgan davlat. Sharqda Efiopiya va Eritreya (chegara uzunligi — 2221 km), g‘arbda Chad respublikasi (1360 km), Markaziy Afrika Respublikasi (1165 km) va Liviya (383 km), shimolda Misr (1273 km), janubda Kongo Demokratik Respub­likasi (628 km), Uganda (435 km) va Keniya (232 km) bilan chegaradosh. Sharqda Sudan Qizil dengiz bilan tutashib ketgan. Chegarasining umumiy uzunligi — 7697 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa 853 km. Sudan Afrika davlatlari orasida hududi bo‘yicha eng yirigi hisoblanadi. Uni 3 ta fizik-geografik regionga bo‘lish mumkin: shimolda Liviya va Nubiya cho‘llari 30% hududini egallagan; markazida Kardofan va Darfur tekisliklari bor; janubini keng botqoqlar va changalzorlar egallagan. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi — Kineti tog‘i (3187 m) bo‘lib, u Sudanning janubi shar­qida joylashgan. Mamlakatning asosiy daryolari — Nil, Oq Nil, Moviy Nil. Asosiy foydali qazilmalari: neft, temir rudasi, sink, mis, xrom, volfram, kumush. Haydaladigan yerlar mamlakat hududining 5%ini, o‘tloq va yaylovlar 24 % ini, o‘rmon va to’qayzorlar 20%ini egallaydi. Iqlimi — issiq va quruq.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 9 ta viloyatga bo‘lingan. Sudan 1956-yili 1-yanvarda Misr va Buyuk Britaniyadan mustaqillik olgan. Bu sana Milliy bayram sifatida nishonlanadi (Mustaqillik kuni). Qonunchilik ingliz umumiy huquqshunosligiga va islom huquqshunosligiga asoslangan. Ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyat prezidentning (davlat va hukumat boshlig‘i) va Milliy Assambleyaning qo‘lida to‘plangan. 1989-yil 30-iyundagi davlat to‘ntarishidan so‘ng siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlab qo’yilgan.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sudan iqtisodiyoti fuqarolar urushi, doimiy siyosiy beqarorlik va yuqori inflyatsiya tufayli chuqur inqirozni boshidan kechirmoqda. Iqtisodiyotda davlat sektori ustunlik qiladi. Xususiy sektorning asosini qishloq xo‘jaligi va savdo tashkil qiladi. Iqtisodiyotining asosiy sektori bo‘lgan qishloq xo’jaligi (YIMning 35%i)da ishga yaroqli aholining 80%i band (eksportning yarmidan ko‘prog‘i paxta). Ishlab chiqarish asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan bogliq. Noqulay ob-havo sharoiti mamlakatning iqtisodiy ahvolini yanada og‘irlashtirmoqda. Hozirgi kunda Sudan aholi daromadining ko‘rsatkichlari bo’yicha dunyoda oxirgi o‘rinlaridan birini egallaydi. Asosiy sav­do hamkorlari — G’arbiy Yevropa mamlakatlari, Saudiya Arabistoni, AQSH, Yaponiya, Sharqiy Yevropa mamla­katlari. Temiryo’llarining umumiy uzunligi — 5516 km, avtomobil yoilarining umumiy uzunligi — 20703 km, ichki suv yoilari — 5310 km. Mamlakatning asosiy porti — Port-Sudan.
  Tarixi. М. a. III ming yillikda hozirgi Sudan hududida Nubiya sivilizatsiyasi shakllangan bo‘lib, qadimgi Misr tarixi bilan chambarchas bog’liq. Nubiya shohligi Misr sivilizatsiyasi bilan munosabatlarini uzganidan so‘ng m. a. 350-yili Efiopiya shohi tomo­nidan bosib olindi. VI asrga kelib hozirgi Sudan hudu­dida bir nechta xristian davlatlari shakllandi. Biroq ular XV asrda qora tanli musulmonlar tomonidan bo‘ysundirilib, Sennar sultonligini tuzishdi, bu vaqtda mam­lakat g‘arbida Darfur sultonligi ham tuzilgan edi. XVIII asr oxirlarida ushbu musulmon davlatlarining zaiflashganligidan foydalanib 1820-yili Misr Sudanni bosib oldi. XIX asrning 60-yillarida Sudanda Misrning bosib olinishi bilan Buyuk Britaniyaning ta’siri kuchaya boshladi. 1951-yil oktabrida Misr qiroli Farrux Britaniya bilan kelishuvni buzib, o‘zini Sudanning qiroli deb e’lon qildi. 1956-yil Sudan mustaqillikka erishdi. Sudan mustaqillikka erishganidan so’ng bir nechta davlat to’ntarishlarini o‘z boshidan kechirdi. Ulardan biri 1971-yili sodir bo’lib, uning natijasida general Nimeyra hokimiyat tepasiga keldi. Nimeyra tez-tez sodir boiib turadigan qurg‘oqchilik va ochlik tufayli mamlakatni inqirozdan olib chiqa olmadi. Fuqarolar urushi 1985-yil Nimeyra hukumatining qulashiga olib keldi. 1986-yil esa mamlakatda demokratik saylovlar bo’lib o‘tdi. Yangi tuzilgan hukumat ham 1989-yili general al-Bashir tomonidan ag‘darildi. Shundan so‘ng fuqarolar urushi yana butun mamlakatni qamrab oldi. XXI asr boshida Sudan hukumati ichki va tashqi siyosiy kuchlarni milliy totuvlikka da’vat etadi va Xartumda barcha siyosiy kuch vakillarining Umumiy kongressini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив