Keniya 

7 893

  Rasmiy nomi — Keniya Respublikasi. Poytaxti — Nayrobi. Hududi – 580,4 ming km.kv. Aholi­si – 39,1 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ingliz va suaxili. Dini — aholisining deyarli yarmi mahalliy majusiylar, xristianlar (35%), musul monlar, hinduizm. Pul birligi — keniya funti.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Keniya Afrika qit’asining sharqiy qismidagi davlat. G‘arbda Uganda (chegara uzunligi — 933 km), shimolda Efiopiya (830 km) va Sudan (232 km), sharqda Somali (682 km), janubda Tanzaniya (769 km) bilan chegaradosh. Sharqda Hind okeani bilan tutash. Chegarasining umumiy uzunligi — 3446 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 536 km. Keniya Sharqiy Afrika yassitog‘ligining shimoli sharqiy qismini egallaydi. Markazda eng baland nuqtasi 5199 m boigan Keniya tog‘i va tog‘ tizmalari joylashgan. Asosiy daryolari: Gana (Ozi) va Galana. Mamlakat hududida Rudolf ko’li va qisman Viktoriya koii joylashgan. Asosiy foydali qazilmalan: oltin, baritlar, yoqut, ohaktosh. Iqlimi — ekvatorning yuqori qismida issiq va quruq; janubiy qismi uch iqlimli zonaga bo‘linadi. Sohil bo’ylarida sernam iqlim, tog’li yerlarda mo’tadil iqlim, Viktoriya ko’li havzasida esa issiq, sernam iqlim. Keniyada akatsiya, sutlama, boshoqli o‘simliklar o’sadi. Tropik o‘rmonli hududlarda rausoniya, dripetis, кар kashtani, qora archa o‘sadi. Keniyaning milliy parklarida antilopalar, ohular, zebralar podasi saqlangan, shuningdek, fillar, jirafalar, sherlar, qoplonlar, qo’toslar, karkidonlar ham bor. Qushlarning turi ko’p: tuyaqushlar, kotib qush, tuvaloqlar, marabular, kalxatlar, qizil g‘ozlar va h.k.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezidentlik respublikasi. Ma’muriy jihatdan 7 ta provinsiya va poytaxt okrugiga bo’linadi. Keniya mustaqillikni 1963-yil 12-dekabrda qo‘iga kiritgan (12-dekabr — Milliy bayram — Mustaqillik kuni). Ijro etuvchi hokimiyat prezident — davlat va hukumat boshlig‘i qo‘lida. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament — Milliy Assambleya. Asosiy siyosiy partiyalari: Keniya Milliy Afrika Ittifoqi (KMAI), Demokratiyani tiklash uchun forum (DTUF), Demokratik partiya (DP).
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Keniya iqtisodi barqaror rivojlanib borayotgan kam sonli Afrika davlatlaridan biridir. Iqtisodining yetakchi tarmog‘i qishloq xo‘jaligi. Asosiy mahsulotlari: qahva, choy, sholi, g‘alla, paxta, shakarqamish. Asosiy savdo hamkorlari — YI, Afrika davlatlari, AQSH. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 2650 km, avtomobil vollari — 64590 km. Asosiy portlari — Mombasa, Lamu.
  Tarixi. Keniya hududlarini VIII asrda arablar o‘z mustamlakalariga aylantirdilar. XI-XV asrlarda bu yerda shahar davlatlari tashkil topdi. XV asr oxirlaridan hozirgi Keniya hududi arablar va portugallar o‘rtasidagi kurash maydoniga aylandi. XVII asr boshlarida Keniya hududlaridagi barcha shahar davlatlarni o‘ziga bo‘ysundirgan Ummon saltanati 1894-yilda Britaniya protektoratiga aylandi. Mamlakat hududi 1920-yilda Keniya nomi bilan Britaniya mustamlakasi bo‘lib qoldi. 1952-yilda mahalliy qabilalarning qo‘zg‘olonlari avj olishi oqibatida inglizlar 1961-yilda Keniyaning o‘z-o‘zini idora qilish huquqini tan olishga majbur bo‘ldilar. 1963-yildan boshlab Keniya Britaniya Hamdo‘stligi tarkibidagi mustaqil davlat hisoblanadi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.