Uganda 

5 819

  Rasmiy nomi — Uganda Respublikasi. Poytaxti — Kampala. Hududi – 241 ming  km.kv.  Davlat tili — ingliz. Dini — katolik (33%), protestanlik (33%), mahalliy dinlar (18%), islom (16%). Pul birligi — Uganda shillingi.

  Geografik joylashuvi va tabiati. Afrikaning sharqidagi davlat. Sharqda Keniya (chegara uzunligi — 933 km), g‘arbda Kongo Demokratik Respublikasi (765 km), shimolda Sudan (435 km), janubda Tanzaniya (396 km) va Ruanda (169 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi — 2698 km. Mamlakat asosan balandligi 1100-1500 m bo‘lgan yassitogiikda joylashgan. G’arbda Ruvenzori tog’ massivi bo’lib, unda mamlakatning eng baland cho’qqisi — Margarita tog’i (5109 m) joylashgan. Ugandada ko’llar ko’p. Ularning yiriklari — Mobutu-Sese-Seko, Koga, Eduard va Viktoriya (qisman). Asosiy daryo — Ail (irmoqlari bilan). Asosiy qazilma boyliklari: mis, kobalt. Mamlakat hududining 23%ini haydaladigan yerlar, 30% ini o’rmon va to’qaylar, 25%ini o’tloq va yaylovlar tashkil etadi.

Iqlimi — subekvatorial. Ugandaning asosiy qismini savannalar tashkil etadi. Aloy, zontsimon oqmiya, bassiy yong’og’i, kigemiya, temir daraxt o’sadi. Hayvonot olamini fil, begemot, jirafa, arslon, maymunlardan — tog’ gorillasi, oq-qora kolobus, serkopitekus (kamdan kam uchraydi) tashkil etadi.

  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat 10 ta provinsiyaga bo’lingan. Mustaqillikka Uganda 1962-yilning 9-oktabrida erishgan (awal Buyuk Britaniyaning protektorati). Bu kun milliy bayram (Mustaqillik kuni) hisoblanadi. Davlat boshlig’i — prezident. Ijro etuvchi hokimiyat prezident hamda Vazirlar Mahkamasini boshqaradigan Bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Milliy Kengash tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Demokratik partiya, Uganda Xalq kongressi, Konservativ partiya.

  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sanoatining asosiy tarmoqlari-tog‘-kon, oziq-ovqat va yengil sanoat. Tuproqning unumdorligi va qulay iqlim sharoiti tufayli qishloq xo‘jaligi rivojlanmoqda (YIM — 57%). Mamlakat eng ko‘p daromadni asosiy eksport mahsuloti — qahvadan oladi. Qahvadan tashqari choy, paxta, tamaki eksport qilinadi. Mamlakat o‘zini o’zi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydi. Asosiy savdo sheriklari: AQSH, Buyuk Britaniya, Keniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya. Temiryoilarining umumiy uzunligi — 1300 km, avtomobil yo‘llari — 26200 km (2000 km ga yaqini qattiq qoplamali). Asosiy porti: Dinja (Viktoriya ko’lida).

  Tarixi. Hozirgi Uganda hududida dastlab Kitara davlati vujudga keladi. XV asrda markaziy Ugandada Unror davlati yetakchilik qiladi. XIX asrning o‘rtalariga kelib Uganda qirolligining mavqeyi ortadi. 1862-yilda inghzlar Ugandaga kirib kehshadi. 1890-yildan Uganda Britaniya protektoratiga aylanadi. 1962-yilda Uganda mustaqillikka erishadi. 1963-yildan respublika deb e’lon qilinadi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng mamlakatda bir necha bor harbiy to‘ntarishlar bo‘lib o‘tadi. Shunday to‘ntarishlardan birida 1971-yili hokimiyatga general Amin keladi. Diktator Amin hukmronligi yillarida 300000 ga yaqin aholi qirib yuboriladi, mamlakat iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi. Amin 1979-yilda Tanzaniya armiyasi yordamida hokimiyatdan chetlashtiriladi. Shundan so‘ng ham mamlakatda davlat to‘ntarishlarini keltirib chiqaradigan fuqarolar urushi davom etadi. So‘nggi davlat to‘ntarishi Ugandada 1986-yilda amalga oshirilgan.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.