O'zbekistondagi "yer osti Everesti" - dunyodagi eng chuqur g'or nomiga bosh da`vogar 

4 580

Nemis jurnalisti Mark Sinnott va tadqiqotchi Larisa Pozdnyakova O'zbekistonning Boysun tog'larida joylashgan, dunyodagi eng chuqur g'orlardan biri hisoblanuvchi Qorong'i yulduz (Dark Star) g'origa tushishdi. Bu haqida National Geographic saytida maqola taqdim etildi. 

"Xavotir olmang, siz bu yerda adashib qolmaysiz", - dedi Larisa Pozdnyakova meni chuqur yer osti yo'lidan boshlab borar ekan. - Aftidan, u mening fikrlarimni o'qiy oladi chog'i: bunday joyda faqat Yer ichida adashib qolmaslikdan boshqasi haqida o'ylay olmasdim. Bir necha soat davomida "Qorong'i yulduz" nomi bilan mashhur g'or ichida undan qolishmaslikka harakat qildim.
 
30 yoshdan oshgan Larisa Ural tog'lari bo'yicha veteran-speleolog. U chaqqon harakatlar bilan hech nimadan qo'rqmay harakatlanar edi, men esa beso'naqay harakatlarim bilan uning ketidan shoshilardim. 
 
"Mendek alpinist uchun bu - navigatsiyaning mutlaqo boshqa turi. Men xavfli joylarda harakatlanib o'rganganman, bu yer nisbatan xavfsiz bo'lsa-da, GPS ishlamaydi, insonga dalda bo'luvchi samoviy gidlar yo'q. Larisa bo'lmaganida men bu ko'ngilga qo'rquv soluvchi g'ordan mustaqil ravishda chiqa olmasdim", - deydi u. 

Ma`lumotlarga ko'ra, ushbu g'or 1984 yilda rossiyalik tadqiqotchilar tomonidan topilgan, biroq unga kelib, tizimni o'rganishda britaniyaliklar birinchi bo'lishdi - ular 1990 yilda uni tadqiq qilib, 70-yillarning ilmiy-fantastik filmi bo'lgan Dark Star (Qorong'i yulduz) nomini berishgan. Keyingi o'n yillikda bu maskan butun dunyo speleologlarini o'ziga jalb qildi. 
 
"Bu ulkan tizim shunisi bilan ham jalb qiladiki, alpinistlar Yer yuzidagi eng baland tog' cho'qqisi Everestda ekanini yaxshi bilishadi, lekin tubsiz g'orlar u qadar yaxshi o'rganilmagan. Yer ostida nima yashirin ekanidan ko'ra, Mars haqida ko'proq narsa bilamiz. Bugungi kunda Gruziyadagi Krubera g'ori eng chuqur g'or hisoblanadi - 7,208 fut. Biroq Dark Star undan bu nomni tortib olishga da`vogar bosh nomzoddir. 
 
Jamoa o'z texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib, isloh qilgan "yer osti Everesti"ning chuqurligi bir kilometrni tashkil qilgan. Tadqiqotchilar g'orning tubi 2,650 metrdan iboratligini aytishgan. Bu esa Gruziyadagi Kruberadan 500 metrga chuqurroq deganidir. Ko'pchilik ekspeditsiyalar arqonlar yetishmasligi natijasida ham tugallanadi, boz ustiga bu g'ordagi tadqiqotlar bundan-da keng texnik jihozlar va imkoniyatlarni talab qiladi". 

Manbaga ko'ra, mazkur xalqaro ekspeditsiya 31 kishidan tashkil topgan. Uning tarkibiga Rossiya, Italiya va Isroil tadqiqotchilari kirgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.