PISA topshiriqlari. Havo shari 

8 084

1-SAVOL:
Vidjaypata Singaniyaning havo sharini to‘ldirish uchun qancha vaqt kerak bo‘ldi?
1-savolning javobi
Savolning maqsadi:
Axborotni izlash va ajratib olish: Axborotni topish.
To‘liqsiz tasviriy matndan aniq ifodalangan axborotni topish.
Javob to‘liq qabul qilinadi.
1 kod:  2,5 soat so‘z yoki raham bilan ko‘rsatilgan.
         Ikki yarim soat.
         2,5 soat.
        2 soat 30 daqiqa.

2-SAVOL:
Vidjaypat Singaniya boshqa ikki turdagi transport bilan bohlih bo‘lgan texnik qo‘llanmalardan foydalangan? Aynan qaysilaridan?
1. ......................................................................
2. .....................................................................

2-savolning bahosi
Savolning maqsadi:
Axborotni izlash va ajratib olish: Axborotni topish.
To‘liqsiz tasviriy matndan anih ifodalangan axborotni topish.

Javob to‘liq qabul qilinadi.
2 kod: Transportning ikkalasi ham ko‘rsatilgan: samolyotlar va kosmik kemalar, istalgan tartibda. (bir satrda yozsa ham bo‘ladi.)
1. Samolyotlar
2. Kosmik kemalar
1. Samolyotlar
2. Kosmik apparatlar
1. havo transporti
2. Kosmik transport
1. Samolyotlar
2. Kosmik raketalar
1. Boing
2. Raketalar

Javob qisman qabul qilinadi.
 1 kod: Transportning faqat bir turi ko‘rsatilgan: samolyotlar YOKI raketalar
 

Javob qabul qilinmaydi.
0 kod: To‘liqsiz va tushunarsiz javob berilgan
Masalan: havo kemalari
Materialni anglash noaniq yoki javob haqiqatdan yiroq yoki mohiyatsiz.
Masalan: Kosmik skafandrlar. [bu transport turi emas]

3-SAVOL:
Matndagi rasmda nima uchun reaktiv boing tasvirlanganh
Savolning maqsadi:
Refleksiya va baholash: Matnning fikrlash va baholash shakli.
To‘liqsiz tasviriy matnda rasmning ishlatilish sababini anihlash.  

3-savolning bahosi
Javob to‘liq qabul qilinadi.
1 kod: Parvoz balandligi haqida gapirilmohda. Avialayner va havo sharining uchish balandligini taqqoslash ham mumkin.
* Sharning qanday balandlikda uchganini ko‘rsatish uchun.
* haqiqatan ham, shar juda balandga ko‘tarilganini ta’kidlash uchun.
* Shar avialaynerlardan ancha balandga uchganini aytib, rekordning ahamiyatini yorhinroh ko‘rsatish uchun.
* Parvoz balandligini tahhoslash uchun.

Javob qabul qilinmaydi.
0 kod: To‘liqsiz va tushunarsiz javob berilgan bo‘lsa.
Namuna: - Bu rekordning hay darajada muhimligini  ko‘rsatish uchun. [tushunarsiz]
- Taqqoslash uchun.

4-SAVOL:
Quyida dunyo xaritasi joylashtirilgan. Nima uchun karta ustiga to‘hri to‘rtburchak chizilgan?
Savolning maqsadi:
Refleksiya va baholash: Matnning fikrlash va baholash shakli.
To‘liqsiz tasviriy matnda grafik chizmaning ahamiyatini baholash.  

4-savolning bahosi
Javob to‘liq qabul qilinadi.

* 1-kod: Rekord o‘rnatilgan joy yoki katta va kichik xaritalar o‘rtasidagi bog`li`lik hahida gapiriladi. Javobda balandlik rekordi haqida aniq yoki noaniq aytilishi kerak.
* Aynan o‘sha yerda u havo sharida uchgan.
* U buni Hindistonda bajargan. ("BU" so‘zi orqali balandlik rekordi nazarda tutilgan.)
* Bu voqea dunyoning hayerida sodir bo‘layotganini ko‘rsatish uchun.
* Bu joyni dunyo xaritasidan ko‘rsatish uchun. (qayerda bo‘lganligi nazarda tutilmoqda)
* Bu voqea qayerda bo‘lganini ko‘rsatish uchun. (juda qisqa)
Javob qabul qilinmaydi.
0 kod: To‘liqsiz yoki tushunarsiz javob berilgan bo‘lsa. Qayerdaligini ko‘rsatish (tushunarsiz)
* Hindistonni ko‘rsatish uchun. (to‘lihsiz javob)
* U harakatni qayerdan boshladi?

Materialni anglash noaniq yoki javob haqiqatdan yiroq.
 U qayerga uchishni bilishi kerak.
 Havo sharida turib butun yer yuzini ko‘ra olganligi uchun qayerga uchishni bilardi.
* U o‘sha yerda tug`ilib-o‘sgan.

5-SAVOL:
Nega bu rasmda ikkita havo shari tasvirlangan?

A. Singaniyaning sharini issih havo bilan to‘ldirilgunga qadar va undan keyingi o‘lchamini taqqoslash uchun.
B. Singaniyaning shari o‘lchamini boshha issiqlik sharlari bilan taqqoslash uchun.
C. Yerdan qaraganda Singaniyaning shari hanchalik kichkina ekanligini ko‘rsatish uchun.
D. Singaniyaning shari boshqa shar bilan to‘qnashishiga o`z qolganini ko‘rsatish uchun.

5-savolning bahosi
Savolning maqsadi:
Refleksiya  va baholash: Matn mazmunini fikrlash va baholash.
To‘liqsiz tasviriy matndan bir-biriga bog`liq bo‘lgan tasvirlar mohiyatini aniqlash
Javob to‘liq qabul qilinadi.
1 kod: B. Singaniyaning shari o‘lchamini boshqa issihlik sharlari bilan taqqoslash uchun.

6-SAVOL:
Singaniya parvoz oxirida start nuqtasidan qancha uzohlikda?
6-savol javobi:
Savolning maqsadi:
Axborotni izlash va ajratib olish: Axborotni topish.
To‘liqsiz tasviriy matndan aniq ifodalangan axborotni topish.
Javob to‘liq qabul qilinadi:
1-kod: * 483 kilometr (yoki taxminan 480 dan 500 kmgacha, yoki og`uvchi diagrammaning kerakli qismini to‘g`ri topa olganligini ko‘rsatish).
 *483 km
 * Taxminan  480 km. [qabul qilinadi, chunki matnda «taxminiy qo‘nish joyi» deyilgan]
 * Deyarli 500 km. [qabul qilinadi, chunki matnda «taxminiy qo‘nish joyi» deyilgan]
 * Aniq aytib bo‘lmaydi, chunki tasvirda ko‘rsatilishicha, qo‘nish joyi taxminiy, ammo 483 km atrofida bo‘lishi kerak.
 * 483

7-SAVOL:
Matning asosiy g`oyasi nimadan iborat?
A. Havo sharida uchish davrida Singaniya  xavfga duch keldi.
B. Singaniya yangi jahon rekordini o‘rnatdi.  
C. Singaniya dengiz va quruqlik ustidan uchib o‘tdi.  
D. Singaniyaning havo shari juda katta o‘lchamda edi.
Savolning maqsadi:
Umumlashtirish  va sharhlash:  Chuhur anglash. To‘liqsiz tasviriy matndan asosiy g`oyani topish.
Javob to‘liq qabul qilinadi:
1 kod: B. Singaniya yangi jahon rekordini o‘rnatdi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.