12-iyul Butunjahon samolyot styuart va styuardessalari kuni 

1 715

12-iyul kuni fuqaro aviatsiyaning bort provodniklarni ya'ni bizlarga styuart yoki styuardessalar bayrami nishonlanadi. Bu kasb 1928-yilda Germaniyada paydo bo’lgan. Samolyotlar uchish vaqtida servis tashkil qilish uchun samolyotga mahsus odamni, ya'ni styuartni olishni boshlashdi. Oldin styuart vazifalarini ikkinchi  uchuvchi bajarar edi. Lekin bu parvoz uchun hafli edi. Avvalo styuart ishini erkaklar bajarishar, bu odatda restoran ofitsantlar bo`lgan. 1930-yildan AQShda bu ishga xotin-qizlarni taklif qilishga boshlashdi, chunki ular erkaklarga nisbatan  ancha yengil bo’lib, bu o’sha paytdagi samolyotlar uchun juda muhim bo’lgan. Aviatsiya tarixida birinchi styuardessa Ellen Cherch mashhur bo’lgan. Hozirgi kunda bortprovadniklarning vazni unchalik muhim emas. Bugungi kunda styuardessalar uchun tashqi ko’rinishi, chiroyi, tabiati va o’z kasbini ustasi bo’lishi kerak. 

12-iyul superoylanish bo‘lib o‘tadigan kun
  Ushbu kosmik hodisada Oy 14% kattaroq, 30 % yorqinroq ko‘rinishga ega bo‘lib, bunga sabab oy to‘linishi yoki kamayishida Oyning Yerga yaqinlashishi jarayonida sodir bo‘ladi. "Superoylanish” (supermoon)  atamasini 1979-yil Richard Nolle jurnaldagi maqola uchun o‘ylab topgan bo‘lib, bu orqali Oy-Er tizimi ta’siridagi Yer ustidagi katta bo‘lmagan gravitatsiyani ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan. Bunday davrda katta vulqon otilishi, suv toshqini, yer qa’ri siljishi, yer qimirlashi va sunami kabi tabiat ofatlari kelib chiqishi ham mumkin kabi deya ta’kidlaydi atama muallifi. Superoylanish har yili bo‘lmaydi, lekin bir yilda bir necha marotaba bo‘lib o‘tishi ham mumkin deydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.