11-iyul Xalqaro shokolad kuni 

4 070

 Bu kunni ilk bor fransuzlar tomonidan 1995-yil o’ylab topilgan. Tarix manbalaridan ma’lumki, shokolad tayyorlash atsteklar tomonidan o’ylab topilgan bolib, ular shokoladni "ilohlar taomi” deb hisoblashgan. Ispan bosqinchilari esa shokoladni ilk bor Yevropaga olib kirib, unga "qora oltin” deb nom berishgan va undan jismoniy kuch-quvvat hamda chidamlilik maqsadida foydalanishgan. Bir oz vaqtdan so’ng Yevropa shokolad iste’moli aslzodalar davrasida cheklangan. Mashhur ayollar shokoladni kuch-quvvqtni oshiruvchi mahsulot deb hisoblashgan. Ushbu shirinlik kayfiyatni ko’tarib, endrofin-baxt gormonini ishlab chiqarishi olimlar tomonidan isbotlangan. Shuningdek, shokolad tarkibida qarishni oldini oluvchi xususiyat ham borligi ma’lum. 11-iyul kuni shokolad vatani hisoblanmish Belgiya, Germaniya, shuningdek, Rossiyadagi shokolad fabrikalarida ushbu bayram keng nishonlanib, unga katta taraddud ko’riladi. Ispan bosqinchilari esa shokoladni ilk bor Yevropaga olib kirib, unga "Qora oltin” deb nom berishgan va undan jismoniy kuch-quvvat hamda chidamlilik maqsadida foydalanishgan.

11-iyul Finlandiyada qulupnay karnavali kuni
 Qulupnay karnavali eng katta qulupnay plantatsiyalariga ega bo’lgan Finlandiyaning Suneyoki shahrida o’tkaziladi. Bayram ishtirokchilari, milliy kostyumlar kiyib, shahar bo’ylab yurib o’z saflariga milliy aholi va sayyohlarni qo’shib olishadi. Festivalda taqdim etilgan barcha taomlar qulupnaydan qilingan bo’lib, bular qaymoq bilan qulupnay, qulupnaylik muzqaymoq, qulupnaylik may va hakazolar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.