22-may - Rustam Rajabov Jomolungma (Everest) cho’qqisini zabt etgan 

3 115

O’zbek alpinistlaridan Rustam Rajabov birinchi bo’lib jahondagi eng baland Jomolungma (Everest) cho’qqisini (8848 metr) zabt etib, u yerga O’zbekiston Davlat  bayrog’ini  o’rnatdi. Uning ketidan Oleg Grigoryev, Sergey Sokolov, Hanif Balmagambetov, Svetlana Baskakova, Marat Usayev, Aleksey Dokukin cho’qqiga ko’tarildilar. Zabtkorlarimiz bu g’alabani O’zbekiston Respublikasining 7 yillik bayramiga bag’ishladilar. Alpinistlar bu jasorati uchun Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandilar.

22-may Xalqaro biologik xilma - xillik kuni
1995-yilda BMT general Assambleyasi tomonidan "Xalqaro biologik xilma-xillik kuni”ni bayram qilish tasdiqlangan. Ilk bayram sanasi oldiniga biologik xilma-xillik Konvensiyasi 29-dekabrda nishonlangan, keyinchalik tabiatda hech qanday xilma-xillik bo’lmagani tufayli bayramni 22-mayga ko’chirildi, chunki may oyida tabiat o’zining turli-tumanligi bilan ko’zni quvontiradi. Bu kun birinchi martda 2001-yil 22-mayda nishonlandi. Ekologik tenglik bir me'yorda, ekologik xilma-xillik esa qisqarib borayapti. Ekologik sistemani deyarli yarimini beparvolik, ma'suliyatsizlik bilan isrof qilinmoqda. Buning oqibati ko’p yillardan so’ng o’zini natijasini ko’rsatadi. Shunday ekan sayyoramizni ekologik xilma-xilligini saqlashga harakat qilaylik. U bizning ona yerimiz, uyimiz. Biz bu yerda yashab, hammasini o’zimizdan keyingi avlodga qoldirishimiz kerak.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.