13-mart Uran sayyorasi topilgan kun 

2 377

Uran - Quyosh tizimidagi Quyoshdan uzoqligi bo'yicha yettinchi o'rinda turuvchi katta sayyoradir. 1781-yil 13-mart kuni astronomiya olamida noma'lum bo'lgan Uran sayyorasini musiqa o'qituvchisi Uilyam Gershel ochgan. Teleskopida yorqin rangli osmon bo'ylab harakatlanuvchi diskni ko'rib, Gershel buni inobaga olgan va ochiq samo bo'ylab harakatlanayotgan bu jism haqida professional astronom Grinvichga ma'lum qilgan. Nemis astronom olimi Iogann Bode sayyora nomini yunon samo ilohi sharafiga Uran deya nomlash taklifini birinchi bo'lib ma'lum qilgan. U ushbu taklifni shunday ta'riflagan: "Saturn Yupiterni otasi bo'lgan, demak yangi sayyora nomini Saturnning otasi sharafiga nomlash joiz”. Uran sayyorasi Yangi davrda teleskop yordamida kashf qilingan ilk sayyora bo'ldi. Gershel Uran sayyorasini ochar ekan, bu bilan antik davrdan chegaralangan Quyosh tizimi doirasini insoniyat ko'z oldida kengaytirdi. Bunga qaramay, Uran sayyorasi qurol-yaroqsiz ko'zga ko'rilmagan, kuzatuvchilar Uranni nursiz bo'lganligi va orbita bo'ylab sekin harakatlanishi tufayli sayyora deb hisoblashmagan.

13-mart Radioteleskop ishga tushgan kun.
2014-yilning 13-mart kuni Chilida jahondagi eng yirik radioteleskop ishga tushdi.Atacama Large Millimeter Submillimeter Array (ALMA) nomini olgan ushbu ulkan inshoot, nomi ham dalolat berib turganidek, sayyoramizning eng quruq joyi - Atakama cho‘lida o‘rnatilgan bo‘lib, 66 ta parabolik antennani birlashtirgan. ALMA - Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarining qo‘shma loyihasi, uning qurilishiga 1,3 mlrd.dan ziyod mablag‘ sarflandi. Koinotning eng olis puchmoqlaridagi jarayonlarni kuzatishga mo‘ljallangan bu inshootning quvvati, mualliflarning aytishicha, ayni paytgacha ishlab turgan istalgan radioteleskopdan 100 baravar yuqoridir.Ayollar - Xitoy elektron tijorat bozorining asosiy xaridorlari. Mamlakat Elektron tijorat bozorini o‘rganish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, aralash mollar do‘konlarida ularning hissasi 60 foizdan oshsa, parfumeriya do‘konlarida 90 foizgacha yetmoqda.Statistika: 2012-yil yakunida Xitoyda internetdan foydalanuvchilar soni 564 mln.ga yetgandi. Internet orqali xaridni amalga oshirganlar esa o‘tgan yili 242 mln. nafarni tashkil etdi.Microsoft: komputer sichqonchasi o‘rnini Kinect egallaydi. Yangi texnologiya inson qo‘llarining havodagi harakatlariga asoslangan bo‘lib, uning yordamida dastur va yorliqlarni boshqarish, fayllar yaratish yoki ularni o‘chirish va hokazo o‘nlab funksiyalarni bajarish mumkin.Eslatma: Kinect dastlab Xbox 360 o‘yin qurilmasi uchun yaratilgan, keyinchalik funksiyadorligi hisobga olinib, shaxsiy komputerlarga ham tatbiq etila boshlangan.Mobil ilovalar ishlab chiqaruvchilar bu yil 25 mlrd. dollar daromad qilishadi. Qurilmalar o‘rtasida bu taqsimot quyidagicha: ABI Research ma'lumotlarida ko‘rsatilishicha, planshetlar uchun dastur va o‘yinlar hajmi 8,8 mlrd. dollarni, smartfonlar sohasi uchun esa 16,4 mlrd. dollarni tashkil etishi kutilmoqda. 2018-yilga borib esa planshetlar son jihatidan smartfonlarni ortda qoldirishi kutilapti, tabiiyki, ularbop dasturlar o‘z-o‘zidan ko‘payadi. HGST 10-nm bit strukturali qattiq disklar uchun material ishlab chiqdi. Ilgari mikroprotsessor ishlab chiqaruvchilar yetakchi bo‘lib kelgan nanolitografiya sohasida katta burilish yasashi mumkin. O‘ta mayda va magnitlangan bu tizim qattiq disklar (HDD)da ma'lumotlar zichligini ikki marotabagacha oshirish imkonini beradi.Mobil viruslarning 79 foizi Androidlarga mo‘ljallangan. Finlandiyaning F-Secure antivirus kompaniyasi shohidlik berishicha, 2012-yil Android ochiq amaliy tizimi uchun nafaqat ommalashish bobida, balki unga chiqarilgan zararli dasturlar soni borasida ham katta sakrash yili bo‘ldi.

13-martda Grenada mustaqillikka erishgan kun
1974-yil 13-mart kunida Grenada mustaqillikka erishdi. Xo'jaligi. Iqtisodiyotining asosini qishloq xo'jaligini tashkil etadi. Uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 15,5%, sanoatning ulushi — 6%. Asosan banan, kakao, kokos yong'og'i, muskat yong'og'i (jahonda 2-o'rin), paxta, sitrus mevalar, shakarkamish yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, cho'chqa boqiladi; baliq ovlash, o'rmonchilik ham rivojlangan. Sanoatida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlab, yog', rom, pivo, alkogolsiz ichimliklar, shuningdek, mebel, kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichik korxonalar bor. Yiliga o'rtacha 51 million va bundan tashqari elektr energiya ishlab chiqariladi. Xorijiy sayyox mamlakat iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega. Temir yo'llari yo'q. Avtomobil yo'llari uzunligi - ming kilometr. 
Asosiy dengiz porti va xalqaro ayroporti - Sent-Jorjes shaxari. Chetga muskat yong'og'i, banan, kakao chiqaradi; chetdan oziq-ovqat va sanoat mollari, transport vositalari, yoqilg'i, mashina, asbob-uskuna, ma'danli o'g'it, kiyim-kechak va boshqalar keltiriladi. 
Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Amerika Qo'shma Shtatlari, Kanada, Buyuk Britaniya, Pul birligi — Sharqiy Karib dollari. 
Maorifi. Grenada maorifi inglizcha tizim ta'sirida tarkib topgan. 6-14 yoshli bolalar uchun majburiy bepul ta'lim joriy etilgan. Xususiy maktablar ham bor. Boshlang'ich maktabda ham, o'rta maktabda ham o'qish muddati - 7 yil. Hunar-texnika va pedagogik bilim yurtlari bor. Grenada Vest-Indiya universitetning 1 ta fakulteti joylashgan. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko'rsatuvi. Grenada ingliz tilida «Gavernment gazet» («Hukumat gazetasi»), «Grenada gardian» («Grenada posboni»), «Grenadian voys» («Grenada ovozi») haftalik gazetalari chiqadi. «Grenada brodkasting netuork» radioeshittirish xizmati 1972-yilda tuzilgan, «Grenada brodkasting korporeyshn televiji» teleko'rsatuv xizmati mavjud.

13-mart Burgzonndegg Gulxan festivali bayrami
Har yili 13-mart kuni Lyuksemburgda Bahor va yangi Quyosh tug'ilishini kutib olish uchun sanoqsiz gulxanlarni o'z ichiga olgan Burgzondegg nomli festival bayrami o'tkaziladi. Gulxan festivalining aynan uchinchi oyning 13 sanasida nishonlanishi bejiz emas. Chunki bu kun barcha shayton va jodugarlar uchun omadli kun hisoblanadi (ayniqsa sana payshanba kuniga to’g'ri kelsa), 13 soni o’n uch jodugarning an'anaviy yig'ilish timsoli bo'lsa, 3 esa ko'p xalqlarda sehrli kuchga ega muqaddas son hisoblanadi. Shu kuni Lyuksemburg yoshlari eng yaqin tepalikka chiqib, fasl almashishini nishonlash uchun katta gulxan yoqishadi. Bu gulxan Quyoshning Qish ustidan g'alaba qozongani timsoli hisoblanadi. Ushbu festival an'anaviyligi bo'yicha yagona saqlanib qolgan bayram hisoblanib, har yili bir marta o'tkaziladi. Lekin festivalning haqiqiy belgilari hamda an'analari to'liq saqlanib qolmagan. Hozirgi kunda bu kunning muqaddas olovi quyidagilar hisoblanadi: 1. Quyoshning Qish ustidan g'alaba qozongani timsoli - Buyuk postga bag'ishlangan gulxan. 2. Tabiat uyg'onishi timsoli - Pasxa gulxani 3. Yozgi quyosh turg’unligini chaqiruv timsoli - muqaddas Jon gulxani 4. Qishni kuzatish timsoli - muqaddas Martin gulxani. Xohlaganingizni tanlang! Ilgarigi zamonlarda yoshlar katta gulxan yoqish uchun shahar bo'ylab kezib, o'tin yig'ishgan. Hatto gulxanni yoqishni boshlashga mo'ljallangan alohida marosim ham tashkillashtirilgan. Bu an'ana va odatlar mamlakat aholisini (qo'shni mamlakatlarda ham mavjud bo'lgan) kristianlikka chorlovchi manba sifatida hizmat qilgan va barcha cherkovlar tomonidan tan olingan. O'tgan asrlarda katta yoshlilar tomonidan gulxan yoqishga majburiyat sifatida qaralgan va o'smirlar uchun ko'ngilochar marosim hisoblangan. Hozirgi kunda bu an'ana ba'zi qadimiy assosiasiyalari tomonidan boyskautlar, musiqiy jamoa va o't o’chirish komandalari yordamida amalga oshiriladi.

13-mart Tailandda Milliy Tay fili bayrami
13 mart - Tailand Qirolligi tomonidan Milliy fil kuni nishonlanadigan bayrami. Bu hayvon davlatning ramziy timsoli bo'lib, omad, kuch va aql manbasi xisoblanadi. Hatto Tailand davlatining tuzilishi ham fil boshiga, janubiy-g'arbdagi quruqliklar esa uning hartumiga o'xshaydi. Bayram kuni tay shaharlarida bu jonivorga bag'ishlab budda marosimlari, shuningdek, fillar ishtirokida bayram tadbirlari o'tkaziladi. Bu kunda fillar uchun mazali taomlar tayyorlanib, ularni xursand qilishadi. Asosiy bayram esa tantanalar uchun maxsus tayyorlangan maydonda o'tkaziladi. Maxsus maydon shimol tomondan Bangkok shahridan tahminan 80 kilometr uzoqlikda joylashtiriladi. Tantanalarga kirish bepul. Mehmonlarga ushbu ajoyib hayvonlar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.