Bo`rining tabiatdagi o`rni 

5 656

Bilasizmi, tabiatda hech narsa bejizga yaratilmagan, bunga kichik bir dalil sifatida 1995-yilda bo`lgan voqeani gapirib bermoqchimiz. AQShdagi bir milliy bog`da 70 yil davomida bo’rilar yashamagan. O`sha boqqa 1995-yilda 14 dona bo`rilar keltirildi. Bu esa bog` ekotizimini butunlay o`zgartirib yuborgan. Bog`da kiyiklar hukmronlik qilishardi. Bo`rilar kelishi ularning miqdorini normallashishiga sabab bo`ldi. Bog`da daraxtlar, o`t-o`lanlar ko`paya bordi. Olti yil mobaynida daraxtlar soni besh barobar ortdi. Daraxt mevalari bilan oziqlanadigan qushlar soni ko`paydi. Daraxt va o`simliklar ko`payishi daryo yo`nalishini o`zgarishiga sharoit yaratdi. Uni qirg`oqlari to`g`rilandi. Baliqlar, o`rdaklar daraxt mevalari bilan oziqlanadigan qushlar soni ortdi. Daraxt shoxlari bilan kun kechiradigan qunduzlar paydo bo`lishdi. Bo`rilar kelishi qashqirlar sonini kamaytirdi. Bu esa o`z navbatida qo`yonlar va sichqonlar ko`payishiga sabab bo`ldi. Qo`yon va sichqonlar ko`payishgani, ular bilan oziqlanadigan lochin qushlar, tulkilar paydo bo`lishiga zamin yaratdi. Mana shu hamma o`zgarishlar sababi, 14 ta bo`rilar tufayli sodir bo`lgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.