Dunyodagi eng sekin hayvonlar
Tabiat turli g`aroyibotlarga
boy. Taqdim etilayotgan maqolada o’zining shoshilmasligi bilan ajralib turuvchi
jonzotlar haqida qiziqarli ma’lumotlar beriladi.
Tabiat
tashqi muhitning beshafqat sharoitlarida jon saqlash uchun fauna vakillarini qator
imkoniyatlar bilan siylagan. Ulardan eng universali harakat hisoblanadi. Harakatdan
ovqat topish, o’ljani quvish va yaxshi hayot sharoitlarida yashash maqsadida migratsiya
qilishda foydalaniladi. Harakat tomonidan amalga
oshiriladigan asosiy vazifa xavfdan qochish hisoblanadi. Ba’zi hayvonlar uchun bu
istalmagan to’qnashuvdan qochishdagi yagona himoya usulidir.
Arizona zaharli tish
Tabiatdagi ba’zi biologik
turlar yaxshi reaksiya, tez harakatlanish kabi qobiliyatlardan bebahra qolishgan.
Ular zaharli suyuqlik, rangni o’zgartirish va boshqa tusga kirish kabi usullar bilan
o’zlarini himoya qilishadi. Ushbu jonzotlar hayotlarini shoshmasdan davom ettiradilar.
Ular orasida eng sekin yurish bo’yicha rekordchilar bor, toshbaqa hech qayerga shoshilmaydigan
fauna vakillari orasida yagona emas.
Arizona
zaharli tishining pastki jag`ida so’lak bezlari bilan zahar ajratiladi. U himoya
quroli bo’lib xizmat qiladi. O’ljasiga zaharni faqat chaynayotgan paytda yetkazishi
mumkin, chunki unda zaharni tezkor holatda yetkazuvchi mushaklar mavjud emas.
Koala
Kelib chiqishi Avstraliyadan
bo’lgan ushbu o’txo’r hayvon butun umri davomida evkalipt daraxtida o’tirib uning
barglari bilan oziqlanadi. Barglar juda dag`al va zaharli bo’lib, koala ularni juda
sekin yeydi va hazm qiladi. Doimo bunday kam ovqatli parhezni saqlaganligi tufayli
o’z quvvatini tejash maqsadida sutkaning ko’p qismini uxlash bilan o’tkazadi, harakatlangan
taqdirda ham uning tezligi soniyasiga 447 santimetrni tashkil qiladi.
Amerika o’rmon loyxo’ragi
Qush patlarining rangi
unga o’rmondagi butalar bilan bir xil tusga kira olish imkonini beradi. Ratsionining
asosiy qismini umurtqasiz yomg`ir chuvalchanglari tashkil etadi. Ularni tutish uchun
esa soniyasiga 222 santimetr tezlikda harakatlanishning o’zi yetarli.
Dengiz sigiri
Hozirgi kunda yo’qolib
borayotgan yirik hayvonlardan biri hisoblanadi. Modalarining uzunligi 4-5 metr bo’lib,
og`irligi esa tonnagacha yetishi mumkin. Ular faqatgina suv bo’ylarida o’suvchi
dengiz suvo’tlari bilan oziqlanadi. Quvvat sarflanishini pasaytirish
maqsadida ularning tezligi soniyasiga 139-222 santimetrdan oshmaydi.
Ulkan toshbaqa
Odatda sekin harakat qiluvchi
odamlar o’xshatiluvchi hayvon - toshbaqa Eng shoshilmas hayvonlar ro’yxatida bor-yo’g`i
beshinchi o’rinni egalladi. Og`irligi o’rtacha 300 kg, uzunligi 1,3 metr bo’lgan
ulkan toshbaqalar hech qayerga shoshilmaydilar, ular soniyasiga 76 santimetr tezlik
bilan harakatlanishadi.
Lori
Mazkur hayvon daraxtda
umrini o’tkazadi. Tirsak bo’g`inida suyuqlik ajratuvchi o’ziga xos temirlar mavjud
bo’lib, so’lak bilan qo’shilganda zaharli moddaga aylanadi. Ushbu hayvon yirtqichlardan
himoyalanuvchi "qalkon" ga ega bo’lish uchun o’zini tili bilan yalashi
yetarli. Yegulikni tunda qidiradi. Shovqin solmaslik uchun juda ehtiyotkorlik bilan
bir soniyada 55,5 santimetr tezlikda harakatlanadi.
Uch oyoqli dangasalar
Ushbu jonzotlar deyarli
faqtgina daraxt barglari bilan oziqlanishadi. Ular dag`al va kaloriyasi past bo’lganligi
uchun dangasalar hazm qilish mikroflorasiga kiruvchi simbiont bakterialarni qo’llashadi.
Hazm qilish jarayoni bir oy vaqtni talab qilaganligi bois ularning hayot tarzi quvvatni
tejashga yo’naltirilgan. Ular bir soniyada 6,7 santimetr tezlik bilan harakatlanishadi.
Dengiz yulduzi
Dengiz yulduzlarining ko’pchiligi
yirtqich hisoblansada, umurtqasizlar sinfiga kiruvchi ushbu vakillar tirnoqqa ham,
tezlikka ham ega emas. Dushmanlardan himoyalanish va ovqat topish maqsadida ular
qisqich prinsipi asosidagi skelet tuzilmasidan foydalanishadi, shuning uchun ularga
turidan qat’iy nazar bir soniyada 0,89-2,7 santimetr tezlikda harakatlanishning
o’zi kifoya.
Bog` shilliq qurti
Bog` shilliq qurti chig`anoqlarining
hajmi bo’yiga 14-16 mm, eniga 19-21 mm ni tashkil qiladi. Dushmanlar paydo bo’lganda
u boshpana bo’lib xizmat qiladi. Ular bir soniyada 1,3 santimetrga o’rmalashadi.
Dengiz oti
Hajmi 2 santimetrdan
30 santimetrgacha bo’lgan dengiz otlari tana tuzilishining o’ziga xosligi dengiz
suvo’tlari orasida sezilmasligi va yirtqichlar uchun ko’rinmasligiga yordam beradi.
Ular mayda qisqichbaqalar bilan oziqlanadi. Ovqat topish uchun esa soniyasiga
0,04 santimetr tezlik bilan harakatlanishadi.
Shoshilmas
hayvonlar ro’yxati mana shulardan iborat. Toshbaqa eng sekin harakatlanuvchi hayvonlar
orasida bor-yo’g`i 5-o’rinda. Uning mazkur ko’rsatkich bo’yicha oldindagi
"qo’shnilari" o’zining tezligi bilan insonni lol qoldiradi-ya?!
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.