Transportdagi favqulodda vaziyatlar
Shahar ko`chalariga bir nazar tashlasangiz, turli tezlikda harakatlanib
borayotgan xilma-xil transport vositalariga ko`zingiz tushadi. Zamonamiz
farovonlashib borishi bilan mashinalarning turlari ham ko`payib bormoqda.
Shu bilan birga, transport vositalari inson hayoti va faoliyatiga
chuqurroq kirib borgani sari uning insoniyatga keltirayotgan zarari ham oshib
borayotir. Transport vositalari tomonidan yuzaga kelayotgan noxush
vaziyatlarning sabablaridan biri, yo`llardagi harakat vaqtida haydovchilar tomonidan
tezlikning oshirilishi, ularning yo`l harakati qoidalariga rioya qilmasliklari,
avtomobillarning texnik nosozligi bo`lsa, ikkinchi sababi, yo`lovchilarning,
ayniqsa, bolalarning yo`l harakati qoidalari borasidagi bilimlarining pastligi
va yo`llarda xavfsiz harakat qilish malakasiga yetarlicha ega emasliklaridir.
Yo`l harakati hodisalaridan jabrlanish xavfi - shahar sharoitida eng yuqori
ko`rsatkichga ega bo`lgan xavf hisoblanadi.
Yo`lovchilarning, ayniqsa, bolalarning xavfsiz harakatlarini ta’minlash
davlat ahamiyatiga molik masalalardan biridir. Shahаr ko`chalarida harakatlanayotgan transport vositalaridan
ayrimlarini ko`rib chiqaylik.
Trolleybus va tramvay - transportning eng xavfsiz
turlaridan biri, chunki ular bitta izda (relslarda yoki simlardagi elektr
manbai yordamida) kichik tezlik bilan harakat qilishadi.
Biroq, bu yerda tok urish xavfi mavjud. Bu xavf ehtimoli havo nam bo`lganda
ayniqsa, kuchayadi. Bundan tashqari elektr manbaiga ulangan vositalari
(shtangilar) chiqib ketishi va atrofdagi insonlarga zarar yetkazishi mumkin.
Trolleybus yoki tramvayda eng xavfsiz joy - bu o`tirish joylari –
o`rindiklardir.
Avtobus - transport vositalari
orasida erkin harakat qila oladi, shu sababli haydovchi ayrim hollarda
mashinani to`satdan keskin to`xtatishi yoki birdan burib yuborishi mumki. Diqqatingizni boshqa narsalarga jalb qilmay sharoitni kuzatib boring.
Yengil avgomobil - transportning tez
harakatlanuvchi va qulay turidir. Biroq, yengil avtomobil transportning boshqa
turlariga qaraganda avariya hodisalariga ko`proq uchraydi.
Avariya vaqtida eng xavfli joy - bu haydovchining yonidagi joydir. Shu
sababli ham 12 yoshgacha bo`lgan bo lalarga u yerda o`tirish "Yo`l harakati qoidalari"da
man etilgan.
Avariyalar odatda to`satdan, kutilmaganda sodir bo`ladi. Lekin ba’zan
bir necha soniya avariya sodir bo`lishini anglab yetish uchun yetarli bo`ladi. Bunday
hollarda agar siz orqa o`rindiqda bo`lsangiz boshingizni qo`llaringiz bilan
berkiting va yonboshlab oling. To`qnashuv sodir bo`lgan bo`lsa, tezlikda mashina
ichidan tashqariga chiqishga harakat qilish kerak, chunki mashina yonib ketishi
mumkin. Agar eshikni ochishning iloji bo`lmasa oynani sindirish lozim.
Metro. Transportning bu turidan foydalanuvchi aholi
metrodan foydalanish qoidalarini bilishlari va ularga amal qilishlari lozim. Ayniqsa, eskalator (o`zi yurar zina)da ketayotganda qoidalarni buzish
xavflidir. Agar siz tutkqichni ushlamay ketayotgan bo`lsangizu, eskalator
to`xtab qolsa, siz birdaniga oldinga otilib ketishingiz mumkin. Siz ushlab
turmagan va tutqich ustiga qo`ygan sumkangiz yo`lovchi va chiroqlarni turtib,
pastga qarab harakatlana boshlashi mumkin. Zinalarda o`tirish ham mumkin emas,
kuylagingizning etagi zinalar orasiga tiqilib qolishi mumkin.
Agar biror buyumingizni qo`ldan tushirib yuborsangiz, odamlar oyoqlari
orasidan yugurib uni olishga harakat qilmang. Bu yaxshilikka olib kelmaydi.
Navbatchi mashinani to`xtatgandan so`nggina xotirjam o`z buyumlaringizni
yigib olishingiz mumkin.
Ota-onalar e’tiboridan chetda qolgan kichik bolalar ayniqsa ko`proq
jabrlanadilar. Bola tutqichni pastdan ushlasa, barmoqlari tutkich rezinasi
orasiga kirib qolishi mumkin. Xavf bolalarni eskalatordan tushish joyida ham kutib turishi mumkin -
ularning kichik oyoq kiyimlari eskalatordan tushish joyida eskalator taroqlari
orasiga tiqilib qolishi mumkin.
Platforma (poyezdlarni kutish joyi)ning chetiga juda ham yaqinlashmang,
kimdir shoshib chopib keta turib sizni itarib yuborishi, o`zingiz qoqilib
yiqilib tushishingiz, yaqinlashib kelayotgan poyezd sizni oynasi bilan turtib
yuborishi mumkin. Vagonga chiqish va tushish vaqtida ham relslar orasiga
tushib ketish ehtimoli bor, ya’ni shoshilayotgan odamlar sizni vagonlar orasiga
itarib yuborishi mumkin.
Agar:
- biror-bir buyumingizni relslar orasiga tushirib yuborsangiz, u yerga
sakrab yurmang. Yaxshisi stansiya navbatchisiga murojaat qiling, navbatchi
maxsus asboblar yordamida buyumingizni olib beradi;
- biror odamning
vagonlar orasiga tushib ketganini ko`rib qolsangiz, darhol mashinistga xabar
bering - u poyezdni yurgizishdan avval oynaga qarab turadi. Qo`llar bilan
qilingan aylana harakat "To`xta" belgisini
bildiradi;
- avariya sodir
bo`lganda yoki texnik nosozlik tufayli poyezd tunnelda to`xtab qolsa,
metropoliten xodimlarining barcha ko`rsatmalariga rioya qilish kerak,
relslardan qo`rqmay o`ng tomondan yurib borish kerak, relsning chap tomonida
yuqori kuchlanish ostidagi kabellar o`tgan;
- metro vagonida yong`in chiqib solgudek bo`lsa, tutun
hidini sezishingiz bilan bu haqda mashinistni xabardor qilish va uning
ko`rsatmalariga binoan ish tutishingiz lozim. Vahimaga tushmay harakat qilish
va dastrumol orqali nafas olish kerak.
Katta tezlikda yopiq muhitda ketayotgan odamlar to`plami doimo kuchli
xavf manbai bo`lgan vaziyatni bildiradi. Bu avtobus yoki trolleybusni ko`rib
qo`rquvga tushish kerak, degani emas, albatta. Shaharda yashash tajribasi bir
qancha qoidalar to`plamining ishlab chiqilishiga olib keldiki, ular insonga
transport vositalaridan xavfsiz foydalanish imkonini beradi.
Maxsus adabiyotlarda "mas’ul
yoэlovchi" degan tushuncha bor. Bu mashina rusumi yoki patta bahosini
biluvchi odam emas, balki favqulodda vaziyatlarda o`z hayotini
saqlab qolish uchun bor imkoniyatlarini ishlata oluvchi yo`lovchidir.
Yo`l-transport hodisasidan muhofazalanishning eng yaxshi usuli - yo`l
harakati qoidalariga rioya qilishdir. Yo`l-transport hodisalari asosan
ko`chaning mashinalar qatnovi davom etayotgan qismida sodir bo`lishligi sababli
yo`lovchilarning diqqat-e’tiborlari ko`chani kesib o`tish va bu yerda ularni kutishi
mumkin bo`lgan xavfga qaratilishi lozim.
Shaxsiy xavfsizlik tizimida odatda shunday hollar bo`ladiki, eng oddiy
vositalar eng ishonchli vosita bo`lib chiqadi.
Bolalar favqulodda
hodisa yuz berishining oldini oladigan va yo`lovchilar hayotini saqlab qolishning
quyidagi qoidalarini bilishlari va bular uta zaruriyligini anglab, ularga
qat’iy rioya qilishlari lozimdir:
- mashina kelayaptimi yoki yo`qmi, ko`chani
svetoforning qizil chirog`i yonib turganda kesib o`tmaslik.
- ko`chani faqat
svetoforning yashil chirog`i yonganda kesib o`tish bunda avval chap tomonga,
yo`lning o`rtasiga borgandan so`ng esa o`ng tomonga qarash;
- ko`chani kesib o`tayotganda avtobus, trolleybus orqa tomonidan, tramvayni oldidan
aylanib o`tish, yer usti o`tish yo`llaridan foydalanish;
- ota-onangiz, yolg`iz o`zingiz ketayotgan
bo`lsangiz, ko`chain yaxshisi ko`pchilik bilan birga kesib o`ting;
- to`xtab turgan
mashina katta tezlikda kelayotgan boshqa mashinani to`sib qolishi mumkinligini
doimo esda saqlang (eng oddiy hol - avtobus yoki trolleybus, uni oldidan
aylanib o`tayotganingizda harakatdagi boshqa mashinalarni tusib qo`yadi);
- ko`chada
ketayotganda faqat yo`lkadan yurish kerak. Yo`lka bo`lmasa mashina harakatiga
qarama-qarshi yo`nalishda ko`chaning chetidan yurish lozim, shunda faqat
haydovchi sizni emas, siz ham haydovchini ko`rasiz;
- bolalarning yo`lkada yoki yo`lning mashina
qatnovi davom etayotgan qismida turli o`yinlar o`ynashlari mumkin emas. Bunday
o`yinlar ko`pincha yo`l-transport
hodisalariga sabab bo`ladi.
Shahar transporti bekatlarida koэplab yo`lovchilar to'planadilar.
Avtobus, trolleybus yoki tramvay kelib to`xtagandan so`ng odamlar qanday qilib
bo'lsa ham transportga chiqib olishga harakat qiladilar. Kimdir o`z hayotini
xavf ostiga quyib ko`chaning mashinalar qatnovi davom etayotgan qismiga chiqib
qoladi, kimnidir turtib chiqarib yuborishlari mumkin va natijada sabrsiz
yo`lovchining transport g`ildiraklari ostida qolish ehtimoli paydo bo`ladi.
Mashina birdaniga to`xtay olmasligini doimo esda tutish lozim.
Avtobus, trolleybus, tramvay yoki metroda ketayotganda o`zingizni
quyidagi talablarga rioya qilishga o`rgating:
- o`tirishga bo`sh joy bo`lmasa, salonning o`rtasiga borib turing.
Harakat vaqtida tutqichni ushlab oling, keskin to`xtashga to`gri kelib qolsa, muvozanatni
yuqotib yiqilib tushishingiz yoki biror yeringizni urib olishingiz mumkin;
- buyumlaringizni sedan chiqarmang;
- tushish joyida to`sib qo`ymaslikka harakat qiling,
tiqilinch vaqtida eshik yaxshi yopilmay qolgan bo`lsa sizni itarib tushirib yuborishlari
ehtimoli ham yo`q emas;
- eshiklarga suyanib
turish, zinada ketish mumkin emas;
- harakat vaqtida
uxlab qolmang, bekatingizdan o`tib ketish xavfidan tashqari, mashina keskin to`xtashiga
to`gri kelib qolsa, jarohat olish xavfi ham mavjud.
Agar avtobus, trolleybus yoki tramvayda yong`in chiqib qolsa-chi, bunday
holatlarda qanday harakat qilish kerak?
- yong'in to`g`risida
haydovchini tezlikda ogoh qilish lozim, bunda haydovchining butun
diqqat-e’tibori yo`lda ekanligini unutmang;
- og`iz va
burningizni ro`mol, sharf, yengingiz bilan berkiting, yong`in vaqtida
mashinaning rezina qismlaridan chiqadigan zaharli gazlar eng xavfli
hisoblanadi. Ba’zi hollarda bir necha bor nafas olishning o`zi xushdan ketish
uchun yetarli bo`lishini esdan chiqarmang;
- favqulodda hodisa
sodir bo`lganda ehtiyot ochish joyi orqali eshiklarni ochishga harakat qiling,
buning iloji bo`lmasa yon oynalarni sindiring yoki maxsus shnurni tortib,
avariya yo`li sifatida oynani oching, har qanday vaziyatda ham transport
vositasi to`xtamaguncha o`z joyingizni tark etmang;
- yonayotgan
transport vositasidan chiqib olganingizdan so`ng atrofdagilarga yordam
berishga shoshiling, bunda tramvay va trolleybusning metall qismlariga tegib
ketishdan ehtiyot bo`ling, chunki mashinaning izolyatsiya qismlari yonib
ketganligi sababli yuqori kuchlanish ostidagi elektr simlari ochilib qolib, tok
urishi mumkin;
- har qanday holda ham vahimaga tushmaslikka harakat qiling.
Yo`l-transport hodisasiga guvoh bo`lgan kishilar yoki uning
qatnashchilari uchun bir nechta majburiy qoidalar bor. Ular bilan tanishib
qo`ysangiz zarar qilmaydi:
1. Jabrlangan odamni
yordamsiz qoldirmang (bunday hol jinoyat hisoblanadi).
2. Tezlikda sodir
bo`lgan hodisa haqida Davlat avtomobil nazorati (DAN) xodimlariga
"102" telefon nomeri orqali xabar qilish kerak.
3. Mashina bosib
olishi yoki yo`l-transport hodisasi guvohi bo`lib qolsangizu, haydovchi qochib
ketsa, mashinaning nomeri, rusumi, rangini va haydovchini eslab qolishga
harakat qilish lozim bo`ladi.
Vaqt beto`xtov. Biz sezmagan holda siz yosh yo`lovchilarimiz, avval
velosiped, mototsikl, keyinroq avtomobil haydashni ham o`rganib olarsiz. Voyaga
yetgach esa yangi-yangi turdagi mashinalar ixtirochisi, yo`l harakati
jarayonini boshqaruvchilari bo`lib yetisharsiz. Bunda yo`l harakati qoidalari, transportdagi
favqulodda vaziyatlarda xavfsiz harakat qilish bo`yicha yoshlikda olgan
bilimlaringiz, to`plagan tajribalaringiz sizga yaqin yordamchi bo`ladi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.