Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YTTB) (The
Yuropean Bank for Rekonstruktion and Development) — Markaziy va Sharqiy Yevropa
mamlakatlari, shuningdek, MDHga a’zo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlantirishga yordam ko‘rsatuvchi xalqaro bank. 1990-yilda a’zo bo`lgan 42
mamlakat hukumatlari tomonidan 10 mlrd ekyu mablag` bilan tashkil etilgan.
1991-yildan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda.
O‘zbekiston
1992-yil boshida YTTBga a’zo bo‘ldi va shu yili Toshkent shahrida uning vakolatxonasi
ochildi. 1993-yildan O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok eta
boshladi.
YTTB Farg‘ona
neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln ekyu);
energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESining xalqaro
andozalarga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 mln
ekyu) va Toshkent
xalqaro aeroportini ta’mirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus
jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln ekyu) loyihalarni amalga oshirish
uchun kreditlar ajratdi. Hozirgi vaqtda 0‘zbekistonda YTTB ishtirokida umumiy
qiymati I mlrd AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 15 ta loyiha amaliyotga joriy
etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln AQSH
dollariga teng).
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.