Amerikaliklarning bor-yo'g'i 36 foizi xaritada Shimoliy Koreyani to'g'ri topa oladi 

2 326

AQShda o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra shu ma`lum bo'ldiki, amerikaliklarning bor-yo'g'i 36 foizi Osiyo xaritasida Shimoliy Koreya qayerda joylashganini to'g'ri ko'rsata olgan. Bu haqda New York Times nashri xabar bermoqda. 
 
 
Tadqiqot doirasida so'ralganlar amerikaliklarning aksariyati Shimoliy Koreya o'rniga Afg'oniston, Hindiston, Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya va Vetnamni ko'rsatishgan.

So'ralgan erkaklardan 45 foizi, ayollardan esa 27 foizi Shimoliy Koreyani to'g'ri ko'rsata olgan. Respublikachilardan 37 foizi, demokratlardan esa 31 foizi buni uddalay olgan.

Geografiyadan yaxshi bilimga ega bo'lish geosiyosiy jarayonlarning murakkabligini chuqurroq anglashga yordam berishi mumkin, deb ta`kidlamoqda nashr. Misol uchun, 2014 yilda Ukraina bilan o'tkazilgan shunga o'xshash tadqiqotda shu ma`lum bo'lganki, Ukrainaning xaritadagi o'rnini ko'rsata olmagan odam u yerdagi vaziyatga harbiy aralashuvni qo'llab-quvvatlashi imkoniyati katta bo'lgan.
Manba: kun.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.