Pedagoglar kasb mahorati yangicha talablar asosida baholanadi. 

6 053

O'zbekiston Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligi O'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi Markazi, Mehnat vazirligi hamda O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazishga doir yangi talablarni tasdiqladi. 2016-yil 21-dekabrdagi qo'shma qarorga ko'ra, maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta`lim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlariga oydinlik kirituvchi Ilova ma`qullandi. Bu haqda, Norma.uz sayti yozmoqda.

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2016-yil 26-dekabrdan kuchga kirgan.

Mazkur mezonlar bilan quyida tanishish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligining O'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi, Xalq ta`limi vazirligi, Mehnat vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016-yil 21-noyabrdagi 86/qq, 14-mh, 37/qq, 21/qq-son qaroriga ilova

Maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta`lim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari

T/r

Baholash ob`yekti

Ball

I. Maktabgacha ta`lim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari

1.

Mashg'ulot (dars) o'tish mahorati

jami 100 ball

a)

mashg'ulot (dars) tahlillari uchun:

20 ball

 

12 ta va undan ortiq mashg'ulot (dars) tahlil qilinganda

20 ball

 

8 — 10 ta mashg'ulot (dars) tahlil qilinganda

15 ball

 

5 — 7 ta mashg'ulot (dars) tahlil qilinganda

10 ball

b)

ochiq mashg'ulotlar (darslar) o'tganligi uchun (har o'quv yilida):

20 ball

 

ikki marta ochiq mashg'ulot (dars) o'tilganda

20 ball

 

bir marta ochiq mashg'ulot (dars) o'tilganda

10 ball

v)

davlat talablari bo'yicha reyting ko'rsatkichlari uchun:

30 ball

 

86 — 100 foiz

30 ball

 

71 — 85 foiz

25 ball

 

56 — 70 foiz

20 ball

g)

ta`lim-tarbiya berish vositalari va shakllarini maqbul ravishda tanlaganligi uchun

10 ball

d)

tavsiya etilgan ilg'or pedagogik uslub va texnologiyalarni («case study» uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda  o'qitish, «amaliy o'yin», interfaol ta`lim uslubi va boshqalar) qo'llaganligi uchun

20 ball

2.

Mehnat samaradorligi

jami 100 ball

a)

mashg'ulotlar (darslar) ishlanmalari ishlab chiqqanligi uchun

20 ball

b)

o'quv seminarlari yoki metodik birlashmalarda uslubiy ishlanmalari bilan ishtirok etganligi uchun:

30 ball

 

respublika miqyosida

30 ball

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat (Toshkent shahri) va tuman (shahar) miqyosida

20 ball

v)

ilg'or pedagogik ish tajribalarini o'rganganligi va ish tajribasini ommalashtirganligi uchun:

30 ball

 

respublika miqyosida

30 ball

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyat (Toshkent shahri) va tuman (shahar) miqyosida

20 ball

g)

ishlab chiqilgan uslubiy materiallar uchun:

20 ball

 

metodik tavsiyalar uchun

10 ball

 

mualliflik dasturlari uchun

10 ball

II. Umumiy o'rta ta`lim muassasalari pedagog kadrlarining
attestatsiya natijalarini baholash mezonlari

1.

Dars o'tish mahorati bo'yicha

jami 100 ball

a)

dars mashg'ulotlari tahlillari uchun (har o'quv yilida):

20 ball

 

34 soat va undan ortiq dars tahlil qilinganda

20 ball

 

22 — 30 soat dars tahlil qilinganda

15 ball

 

12 — 20 soat dars tahlil qilinganda

10 ball

b)

ochiq dars o'tganligi uchun (har o'quv yilida):

20 ball

 

uch marta ochiq dars o'tilganda

20 ball

 

ikki marta ochiq dars o'tilganda

15 ball

 

bir marta ochiq dars o'tilganda

10 ball

v)

ta`lim oluvchilarning o'quv fanidan reyting ko'rsatkichlari uchun (sinf jurnallari asosida)

20 ball

 

86 — 100 foiz

20 ball

 

71 — 85 foiz

15 ball

 

56 — 70 foiz

10 ball

g)

ta`lim berish vositalari hamda shakllarini maqbul ravishda tanlaganligi uchun

20 ball

d)

tavsiya etilgan ilg'or pedagogik uslub va texnologiyalarni («case study» uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o'qitish, «amaliy o'yin», interfaol ta`lim uslubi va boshqalar) qo'llaganligi uchun

20 ball

2.

Mehnat samaradorligi

jami 100 ball

a)

ta`lim oluvchilarning tayyorgarligi uchun (tashqi nazorat ishi orqali aniqlanadigan reyting ko'rsatkichlari bo'yicha):

30 ball

 

86 — 100 foiz

30 ball

 

71 — 85 foiz

20 ball

 

56 — 70 foiz

10 ball

b)

ta`lim oluvchilarning fan olimpiadalari, ko'rik-tanlovlar va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun:

30 ball

 

respublika va xalqaro miqyosda bo'lsa

30 ball

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida bo'lsa

20 ball

 

tuman (shahar) miqyosida bo'lsa

10 ball

v)

attestatsiyadan o'tuvchilarning ko'rik-tanlovlar va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun:

40 ball

 

respublika va xalqaro miqyosda bo'lsa

40 ball

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida bo'lsa

30 ball

 

tuman (shahar) miqyosida bo'lsa

20 ball

III. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar
uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internat pedagog
kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari

1.

Dars o'tish mahorati

jami 100 ball

a)

dars mashg'ulotlari tahlillari uchun (har o'quv yilida):

20 ball

 

34 soat va undan ortiq dars tahlil qilinganda

20 ball

 

22 — 30 soat dars tahlil qilinganda

15 ball

 

12 — 20 soat dars tahlil qilinganda

10 ball

b)

ochiq darslar o'tganligi uchun (har o'quv yilida)

20 ball

 

uch marta ochiq dars o'tilganda

20 ball

 

ikki marta ochiq dars o'tilganda

15 ball

 

bir marta ochiq dars o'tilganda

10 ball

v)

ta`lim oluvchilarning o'quv fanidan reyting ko'rsatkichlari uchun (sinf jurnallari asosida)

20 ball

 

71 — 100 foiz

20 ball

 

56 — 70 foiz

15 ball

 

50 — 56 foiz

10 ball

g)

ta`lim berish vositalari hamda shakllarini maqbul ravishda tanlaganligi uchun

20 ball

d)

tavsiya etilgan ilg'or pedagogik uslub va texnologiyalarni («case study» uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o'qitish, «amaliy o'yin», interfaol ta`lim uslubi va boshqalar) qo'llaganligi uchun

20 ball

2.

Mehnat samaradorligi

jami 100 ball

a)

ta`lim oluvchilarni tayyorlash samaradorligi uchun

50 ball

 

ta`lim oluvchilarni tayyorlash uchun rivojlantiruvchi (korrektsion) materiallar yaratgan, ilg'or pedagogik ish tajribasi respublika miqyosida ommalashtirilgan, metodik tavsiyalar va mualliflik dasturlari ishlab chiqqan bo'lsa

50 ball

 

ish tajribasi Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida ommalashtirilgan, dars (mashg'ulot) o'tish uchun ko'rgazmali va tarqatma materiallar, metodik tavsiyalar yaratgan bo'lsa

40 ball

 

ish tajribasi tuman (shahar) yoki ta`lim muassasasi bo'yicha ommalashtirilgan, dars (mashg'ulot) o'tish uchun ko'rgazmali materiallar yaratgan bo'lsa

30 ball

b)

ta`lim oluvchilarning fan olimpiadalari, ko'rik-tanlovlar va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun:

20 ball

 

respublika va xalqaro miqyosda bo'lsa

20 ball

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida bo'lsa

10 ball

 

tuman (shahar) miqyosida bo'lsa

5 ball

v)

attestatsiyadan o'tuvchilarning ko'rik-tanlovlar va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun:

30 ball

 

respublika va xalqaro miqyosda bo'lsa

30 ball

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida bo'lsa

20 ball

 

tuman (shahar) miqyosida bo'lsa

10 ball

IV. O'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari pedagoglarining
attestatsiya natijalarini baholash mezonlari

1.

Dars o'tish mahorati

jami 100 ball

a)

dars tahlillari uchun (har o'quv yilida):

20 ball

 

40 soat dars tahlil qilingan bo'lsa

20 ball

 

34 — 38 soat dars tahlil qilingan bo'lsa

17 — 19 ball

 

28 — 32 soat dars tahlil qilingan bo'lsa

14 — 16 ball

 

26 — 20 soat dars tahlil qilingan bo'lsa

11 — 13 ball

 

18 soatdan kam dars tahlil qilingan bo'lsa

0 — 10 ball

b)

ochiq darslar o'tganligi uchun (muntazam ravishda):

20 ball

 

uch o'quv yilida

20 ball

 

ikki o'quv yilida

15 ball

 

bir o'quv yilida

10 ball

v)

ta`lim oluvchilarning o'quv fanidan reyting ko'rsatkichlari uchun:

30 ball

 

86 — 100 foiz

30 ball

 

71 — 85 foiz

20 ball

 

56 — 70 foiz

10 ball

g)

ta`lim berish vositalari hamda shakllarini maqbul ravishda tanlaganligi uchun:

10 ball

d)

tavsiya etilgan ilg'or pedagogik uslub va texnologiyalarni («case study» uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o'qitish, «amaliy o'yin», interfaol ta`lim uslubi va boshqalar) qo'llagan bo'lsa

20 ball

2.

Mehnat samaradorligi

jami 100 ball

a)

ta`lim oluvchilarning tayyorgarligi uchun (nazorat ishi orqali aniqlanadigan o'quvchilarning o'zlashtirish darajasi bo'yicha):

30 ball

 

86 — 100 foiz

30 ball

 

71 — 85 foiz

20 ball

 

56 — 70 foiz

10 ball

b)

ta`lim oluvchilarning fan olimpiadalari, ko'rik-tanlovlar va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun:

30 ball

 

respublika va xalqaro miqyosda bo'lsa

30 ball

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida bo'lsa

20 ball

 

tuman (shahar) miqyosida bo'lsa

10 ball

v)

attestatsiyadan o'tuvchilarning ko'rik-tanlovlar va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun:

40 ball

 

respublika va xalqaro miqyosda bo'lsa

40 ball

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida bo'lsa

30 ball

 

tuman (shahar) miqyosida bo'lsa

20 ball

V. Bolalar musiqa va san`at maktablari pedagoglarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari

1.

Dars o'tish mahorati

jami 100 ball

a)

dars tahlillari uchun (har o'quv yilida):

30 ball

 

18 soat va undan ortiq dars tahlil qilingan bo'lsa

30 ball

 

8 — 17 soat dars tahlil qilingan bo'lsa

20 ball

 

2 — 7 soat dars tahlil qilingan bo'lsa

10 ball

b)

ochiq dars mashg'ulotlari o'tganligi uchun (har o'quv yilida):

40 ball

 

uch marta ochiq dars o'tilgan bo'lsa

40 ball

 

ikki marta ochiq dars o'tilgan bo'lsa

30 ball

 

bir marta ochiq dars o'tilgan bo'lsa

20 ball

v)

ta`lim oluvchilarning maktabdan tashqari ta`limga qo'yiladigan davlat talablari bo'yicha reyting ko'rsatkichlari uchun:

30 ball

 

86 — 100%

30 ball

 

71 — 85%

20 ball

 

56 — 70%

10 ball

2.

Mehnat samaradorligi

jami 100 ball

a)

ta`lim oluvchilarning tayyorgarligi — hisobot konsertlarini muntazam o'tkazganligi uchun:

40 ball

 

uch marta o'tkazilgan bo'lsa

40 ball

 

ikki marta o'tkazilgan bo'lsa

30 ball

 

bir marta o'tkazilgan bo'lsa

20 ball

b)

ta`lim oluvchilarning ko'rik-tanlovlar, olimpiadalar (musiqa nazariyasi, musiqa va san`at adabiyoti) va turli musobaqalarda erishgan yutuqlari uchun:

30 ball

 

respublika va xalqaro miqyosda bo'lsa

30 ball

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida bo'lsa

20 ball

 

tuman (shahar) miqyosida bo'lsa

10 ball

v)

attestatsiyadan o'tuvchilarning o'quv seminarlari yoki metodik birlashmalarda uslubiy ishlanmalari bilan ishtirok etganligi uchun:

30 ball

 

respublika miqyosida

30 ball

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida

20 ball

 

tuman (shahar) miqyosida

10 ball

VI. «Barkamol avlod» bolalar markazlari pedagoglarining
attestatsiya natijalarini baholash mezonlari

1.

Mashg'ulot (dars) o'tish mahorati

jami 100 ball

a)

mashg'ulot (dars) tahlillari uchun:

30 ball

 

36 soat va undan ortiq mashg'ulot (dars) tahlil qilingan bo'lsa

30 ball

 

22 — 30 soat mashg'ulot (dars) tahlil qilingan bo'lsa

20 ball

 

12 — 20 soat mashg'ulot (dars) tahlil qilingan bo'lsa

15 ball

b)

ochiq mashg'ulotlar (darslar) o'tganligi uchun (har o'quv yilida)

30 ball

 

ikki marta

30 ball

 

bir marta

15 ball

v)

to'garak a`zolarining davlat talablarini o'zlashtirish reyting ko'rsatkichlari uchun:

40 ball

 

86 — 100%

40 ball

 

71 — 85%

35 ball

 

56 — 70%

30 ball

2.

Mehnati samaradorligi

jami 100 ball

a)

guruhga to'garak a`zolarining jalb qilinganligi uchun:

50 ball

 

guruhdagi to'garak a`zolari soni 16 nafar va undan ortiq bo'lsa

50 ball

 

guruhdagi to'garak a`zolari soni 12 — 15 nafar bo'lsa

40 ball

 

guruhdagi to'garak a`zolari soni 10 — 11 nafar bo'lsa

30 ball

b)

to'garak a`zolarining tuman, shahar, viloyat, respublika,
xalqaro tadbirlar va turli musobaqalarda ishtiroki uchun:

50 ball

 

respublika va xalqaro miqyosda bo'lsa

50 ball

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat (Toshkent shahri) miqyosida bo'lsa

40 ball

 

tuman (shahar) miqyosida bo'lsa

30 ball

VII. O'quv fani bo'yicha malaka sinovlari (test, yozma yoki ijodiy ish)

(attestatsiyadan o'tuvchi barcha ta`lim muassasalari pedagoglari uchun)

a)

test savollari bo'yicha aniqlanganda:

100 ball

 

test 40 ta savoldan iborat bo'ladi, har bir savolga to'g'ri javob berilganligi baholanadi

har bir to'g'ri javob uchun
2,5 ball

b)

yozma ish bo'yicha aniqlanganda:

100 ball

 

yozma ish 5 ta topshiriqdan (savoldan) iborat bo'ladi, har bir savolga berilgan javobdan kelib chiqib baholanadi

har bir javob 20 ballgacha baholanadi

v)

ijodiy ish bo'yicha aniqlanganda:

100 ball

 

ijodiy ish 5 ta ijodiy topshiriqdan iborat bo'ladi, har bir topshiriqning belgilangan vaqtda, to'liq, to'g'ri va sifatli bajarilganligi baholanadi

har bir ish
 20 ballgacha baholanadi

VIII. Xorijiy tillar, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilish hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarni aniqlash yuzasidan o'tkazilgan suhbat natijalarini baholash mezonlari 
(attestatsiyadan o'tuvchi barcha ta`lim muassasalari pedagoglari uchun)

a)

xorijiy tillarni bilganligi uchun:

30 ball

 

tinglab tushunsa va tinglab tushunganini og'zaki bayon eta olsa, og'zaki erkin muloqot qila olsa

30 ball

 

tinglab tushunsa va tinglab tushunganini og'zaki bayon eta olsa

20 ball

 

sodda matnlarni o'qiy olsa, o'zi haqida ma`lumot bera olsa

10 ball

b)

kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilganligi uchun:

30 ball

 

internet resurslari, multimedia vositalari va mahsulotlaridan maqsadli foydalana olsa va ofis dasturlari yordamida o'quv-uslubiy, ko'rgazmali materiallarni tayyorlay olsa

30 ball

 

ofis dasturlari (matn muharriri, elektron jadval, taqdimot) yordamida o'quv-uslubiy, ko'rgazmali materiallarni tayyorlay olsa

20 ball

 

kompyuter tuzilishi va imkoniyatlarini bilsa, ofis dasturlaridan (matn muharriri, elektron jadval, taqdimot) foydalana olsa

10 ball

v)

ijtimoiy-siyosiy bilimlarni egallaganligi uchun:

40 ball

 

jahonda va respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo'lgan muhim voqeliklardan, so'nggi voqea-hodisalardan xabardor bo'lsa hamda ularning ijobiy va salbiy jihatlarini erkin tarzda tahlil qila olsa

40 ball

 

respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo'lgan muhim voqeliklardan, so'nggi voqea-hodisalardan xabardor bo'lsa hamda ularga nisbatan o'z munosabatini bildira olsa

30 ball

 

respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo'lgan muhim voqeliklardan va so'nggi voqea-hodisalardan xabardor bo'lsa

20 ball

 

respublikamizning ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo'lgan muhim voqeliklardan va so'nggi voqea-hodisalardan qisman xabardor bo'lsa

10 ball

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.