O`qishga kirolmagan abiturientlar kontrakt pulining oshirilgan stavkasini to`lab talaba bo`lishlari mumkin bo`ladi 

3 526

2017-2018 o`quv yilidan boshlab o`qishga kirolmagan abiturientlar kontrakt pulining oshirilgan stavkasini to`lab talaba bo`lishlari mumkin.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2018 o`quv yilida o`zbekiston respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish to`g`risida 5 may kuni qabul qilingan qaroriga asosan 2017/2018 o`quv yilidan boshlab oliy ta`lim muassasalariga to`lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo`yicha qo`shimcha qabulni amalga oshirish joriy etiladi.

Unga ko`ra, oliy ta`lim muassasalariga to`lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi bo`yicha qo`shimcha qabulni amalga oshirish uchun kvota miqdori ta`lim muassasasining mavjud imkoniyatlari va ta`lim yo`nalishlaridan kelib chiqib Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Qo`shimcha qabul bo`yicha to`lov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi abiturientlar to`plagan ballarga qarab Davlat komissiyasi tomonidan differensiyalashgan tartibda belgilanadi.

To`lov-kontrakt summasining oshirilgan stavkasi bo`yicha qo`shimcha qabul o`tish ballini to`play olmagan abiturientlarga to`plagan balliga muvofiq (68 balldan kam bo`lmagan) ketma-ketlik tartibi qat`iy saqlangan holda, ularning oshirilgan kontrakt pulini to`lay olish imkoniyatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Qarorning to`liq matni bilan O`zAda tanishish mumkin.

Qarorga ko`ra, 2017/2018 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga bakalavrlar uchun 66316 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo`yicha – 18194 ta va to`lov-kontrakt asosida – 48122 ta, magistrlar uchun 5000 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo`yicha – 1556 ta va to`lov-kontrakt asosida – 3444 ta o`qishga qabul qilish bo`yicha umumiy kvota belgilandi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.