Balandlik mintaqalanishi qonuniyati
Sizga
ma’lumki, o‘lkamizdagi baland
tog‘larning tepalaridagi qorlar
jazirama yoz oylarida ham erimaydi. O‘quvchilar dam olish uchun
tog‘ yonbag‘irlaridagi so‘lim
oromgohlarga boradilar. Xo‘sh,
bularga sabab nima?
Buning sababi tekislikdan
tog‘larga tomon balandlik
ortib borgani sari tabiiy
sharoitning o‘zgarib borishidir. Ya’ni tog‘
yonbag‘irlarida yuqoriga ko‘tarilgan sayin havo haroratining pasayib
borishi, namlikning ortib borishi,
shunga bog‘liq holda
o‘simliklarning turli-tuman bo‘lishi,
tabiiy sharoitning so‘lim va xushmanzara, musaffo
bo‘lib borishidir. Tabiiy
sharoitning bunday o‘zgarib
borishiga balandlik mintaqalanishi qonuniyati sabab bo‘ladi.
Balandlik mintaqalanishi – tog‘larning
etagidan suvayirg‘ich tomon tabiatning
qonuniy o‘zgarib borishi.
Balandlik mintaqalari tekisliklardagi tabiat zonalariga o‘xshash,
lekin aynan o‘zi emas. Ularning shakllanishiga
yuqoriga ko‘tarilgan sari
havo harorati va
bosimining pasayishi, quyosh
radiatsiyasining kuchayishi, suv
bug‘lari kondensatsiyasi sharoitining
o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Yog‘inlar
ma’lum balandlikkacha ko‘payib,
so‘ng kamayadi. Shunga bog‘liq holda tuproqlar, o‘simlik va hayvonot olami, umuman, geotizimlar o‘zgarib
boradi.
Balandlikka ko‘tarilgan sari
o‘simliklarning, tabiiy sharoitning o‘zgarib
borishi haqidagi ma’lumotlar
Zahiriddin Muhammad Boburning
"Boburnoma” asarida Movarounnahr, Afg‘oniston tog‘larining
ta’rif da kelti riladi. Lekin
balandlik mintaqalanishi qonuniyatini ilk bor A.Gumboldt Alp va And tog‘larida
o‘rganib, ilmiy asoslab bergan.
Tekislikdagi tabiat
zonalari ekvatordan qutblarga
tomon birin-ketin almashinib borgani kabi balandlik mintaqalari
ham tog‘larning etagidan
suvayirg‘ich tomon almashinib
boradi. Biroq tog‘larda
balandlik mintaqalari ularga
nisbatan tezroq aemashinadi, ayrim balandlik mintaqalarining o‘xshashi bo‘lgan
tabiat zonalari tekisliklarda mavjud emas. Masalan, tog‘larda subalp va alp
o‘tloqlari mintaqasi mavjud, tekisliklarda
esa bunday tabiat zonasi yo‘q.
Balandlik mintaqalarining soni
va tuzilishi tog‘larning
balandligiga, qaysi iqlim
mintaqasida (shuningdek, iqlim
o‘lkasida) joylashganiga, yo‘nalishiga,
havo massalariga nisbatan
joylashishiga bog‘liq. Tog‘lar
qanchalik baland bo‘lsa va quyi kengliklarda (ekvatorga yaqin) joylashgan bo‘lsa
shunchalik ko‘p balandlik
mintaqalari yuzaga keladi. Iqlim o‘lkalari ham
balandlik mintaqalariga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi. Kontinental
iqlim o‘lkasida joylashgan
tog‘larda tog‘ cho‘l
va chalacho‘l min taqalari
katta maydonni egallaydi.
Qor chizig‘i dengiz
iqlim mintaqasida joylashgan tog‘larga nisbatan 700–1000
m balandroqdan o‘tadi.
Dengiz iqlim o‘lkasida joylashgan
tog‘larda esa tog‘–o‘rmon
mintaqasi keng tarqalgan, qor chizig‘i ancha pastdan o‘tadi.
Balandlik mintaqalanishi tog‘larning
relyef xususiyatlariga ham
bog‘liq. Ayniqsa, yonbag‘irlar
ekspozitsiyasi muhim ahamiyatga
ega. janubiy va shimoliy, havo
massalariga ro‘para va teskari yonbag‘irlarda,
balandlik mintaqalari turlicha bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistondagi tog‘larda janubiy
yonbag‘irda adir (tog‘ quruq dasht)
mintaqasi bo‘lsa, ayni
shu balandlikdagi shimoliy
yonbag‘irda esa tog‘
(tog‘–o‘rmon–dasht) balandlik
mintaqasi shakllanganini ko‘rish mumkin.
Yonbag‘ir ekspozitsiyasi –
tog‘ va tepalik yonbag‘irlarining ufq
tomonlariga, quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi.
Masalan, yonbag‘ir janubga qaragan bo‘lsa janubiy ekspozitsiya bo‘ladi.
Balandlik mintaqalanishi kenglik
zonalligi (tabiat zonalari)
bilan chambarchas bog‘liq.
Balandlik mintaqasi tog‘ning
etagi qaysi tabiat
zonasida joylashgan bo‘lsa o‘sha tabiat zonasidan boshlanadi.
Masalan, O‘zbekiston mo‘tadil
mintaqa cho‘l tabiat
zonasida joylashgani uchun
tog‘larning aksariyatida
birinchi balandlik mintaqasi
cho‘l hisoblanadi. So‘ngra adir (tog‘ cho‘l-dasht va quruq
dasht), tog‘ (tog‘-o‘rmon), yaylov
(tog‘-dasht va tog‘
o‘tloq dasht) va
nihoyat glyatsial-nival (muz- qor, sovuq) balandlik min taqalari
almashinib keladi.
O‘zbekiston tog‘larida
o‘simliklarning balandlik mintaqalanishini K.Z.Zokirov o‘rganib, to‘rtta balandlik
mintaqasini ajratgan va mahalliy
atamalardan foydalanib
quyidagicha nomlaydi: cho‘l, adir,
tog‘, yaylov. Cho‘l balandlik mintaqasi
Respublikamizning mutlaq balandligi 400-500
m gacha bo‘lgan hududlarini o‘z ichiga oladi. Adir balandlik
mintaqasi dengiz sathidan 400–500 m dan
1000–1200 m gacha,
respublika janubida janubiy ekspozitsiyada 1600 m gacha bo‘lgan
tog‘ oldi hududlarini o‘z ichiga oladi.
Tog‘ balandlik mintaqasi tog‘larning 1000–1200 m, ayrim joylarda 1600 m dan 2700–2800 m gacha
bo‘lgan balandliklarini, yaylov
balandlik mintaqasi esa 2700–2800 m dan boshlanib, doimiy qor va
muzlargacha, ya’ni qor
chizig‘igacha davom etadi.
K.Z.Zokirov doimiy qor
va muzliklarni alohida mintaqa sifatida ajratmaydi. Sababi,
u yerlarda o‘simliklar o‘smaydi. O‘simliklar tarqalishi qor chizig‘i
bilan chegaralanadi. Shuning uchun qor chizig‘idan baland yerlarni
glyatsialnival zonasiga birlashtiradi. Bu
mintaqa Piskom daryo
havzasida 3600 m, Qashqadaryo havzasida 3820 m,
To‘polongdaryo havzasida 3860 m, Sangardak havzasida 3850 m balandlikdan
boshlanadi.
Qor chizig‘i – tog‘lardagi shunday chegaraki,
undan balandda qor yil bo‘yi erimay
turadi. Qor chizig‘ining balandligi joyning geograf k o‘rni- ga, iqlimi, yog‘in
miqdori, yonbag‘ir ekspozitsiyasiga bog‘liq.
Qanchalik havo harorati past va yog‘inlar ko‘p bo‘lsa, shunchalik qor chizig‘i pastda
joylashadi. Qutbiy kengliklarda
u dengiz sathidan
o‘tadi. Qut- biy kengliklardan
tropiklargacha qor chizig‘ining
balandligi ko‘tarilib boradi.
Frans-Iosif Yerida 50–100
m, Shpitsbergen arxipelagida
400– 450 m, Kavkazda 2700–3800 m balandlikdan o‘tadi. Uning eng
baland joylashishi tropiklarga
to‘g‘ri kelib 5800–6000
m balandlikdan o‘tadi.
Tropiklarda bunday
balandlikdan o‘tishiga sabab haroratning yuqoriligi va
yog‘inlarning juda kamligidir.
Ekvatorda esa qor
chizig‘ining balandligi 4500
m gacha pasayadi.
Bunga sabab yog‘inlarning
ko‘pligi, haroratning biroz
pastligidir.
Qor
chizig‘ining balandligi faqatgina
qutblardan ekvatorga tomon
emas, dengiz va
okeanlardan materik ichkarisiga
tomon, ya’ni uzoqlik bo‘yicha ham ko‘tarilib boradi.
Mo‘tadil mintaqada qor chizig‘ining chegarasi g‘arbiy
okeanbo‘yidagi dengiz iqlim
o‘lkasidan materik ichkarisidagi keskin
kontinetal iqlim o‘lkasiga
tomon ko‘tarilib boradi.
Masalan, Alpda qor
chizig‘i 1000–1300 m,
G‘arbiy Kavkazda 2700
m, Tyanshanning Xontangri
qismida 4200 m
balandlikda joylashgan. Bunga sabab, dengiz iqlim o‘lkasida yog‘inlar
ko‘p, yoz salqin. Keskin kontinental
iqlim o‘lkasida esa, aksincha, yog‘inlar
kam, yoz esa issiq va quyoshli, uzoq
davom etadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.