Yuklanmoqda...

Atmosfera. Yerning iqlim mintaqalari


Atmosfera va uning tuzilishi. Atmosfera (yunoncha, bug‘ — havo qobig‘i) geografik qobiqning eng yuqori qismini egallagan, yengil va serharakat havo qobig‘idir. U Yerning boshqa qobiqlari bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lib, o‘zaro ta’sir etib turadi.

Atmosferaning quyi chegarasi Yer yuzasidan, yuqori chegarasi 2 ming km balandlikdan o‘tadi. Atmosfera massasining 99,5 % i 80 km gacha bo‘lgan quyi qismiga to‘g‘ri keladi. Atmosferaning gaz tarkibini birinchi bo‘lib 1774-yilda fransiyalik olim A. Lavuazye aniqlagan. Hozir uning tarkibida 78 % azot, 21 % kislorod va 1 % boshqa gazlar uchraydi. Yer o‘ziga tortish kuchi bilan havoni ushlab turadi. Shuning uchun ham sayyoramizda atmosfera bor. Atmosfera qatlamli tuzilishga ega. Ular bir-biridan harorati, zichligi, bosimi kabi xususiyatlari bilan farqlanadi. Quyi qatlam — troposfera  (yunoncha,  burilish) Quyosh nuri va Yerdan qaytgan nur hisobiga isiydi. Havo harorati dengiz sathida +14°C bo‘lsa, troposferaning yuqori chegarasida –55 °C gacha pasayadi. Bu qatlamga atmosfera havo massasining 80 % i to‘g‘ri keladi. Xilma-xil jarayonlar (suvning aylanma harakati, yog‘inlar, shamollar) shu qatlamda kuzatiladi. Qalinligi ekvatorda 17 km, qutblarda 8-9 km. Havo harorati har 100 m balandlikka ko‘tarilganda o‘rtacha 0,6 °C soviydi. Troposferadan yuqorida stratosfera (50-55 km gacha), mezosfera (80-85 km gacha), termosfera (1 000 km gacha), ekzosfera (2 000 km gacha) joylashgan. 

Iqlim hosil qiluvchi omillar. Yer yuzasi iqlimining xilma-xil bo‘lishiga, asosan, uchta omil ta’sir etadi. Geografik kenglik omili harorat, bosim, havo massalari va doimiy shamollarning zonal tarqalishiga olib keladi. Havo haroratining Yer yuzasida tarqalishi quyosh energiyasiga bog‘liq. Ekvatordan har ikkala qutblar tomon havoning o‘rtacha yillik harorati 25-26 °C dan –10 °C gacha pasayib boradi. Iqlimning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan yog‘in miqdori va doimiy shamollar  iqlim hosil qiluvchi ikkinchi omil — atmosfera bosimi va havo massalariga bog‘liq. Troposferaning bir xil xusu siyatga ega bo‘lgan katta hajmdagi havolari havo massasi deb ataladi.  Yer yuzida ekvatorial (issiq va nam), tropik (issiq va quruq), mo‘tadil (iliq va nam), qutbiy, ya’ni arktika va antarktika (sovuq va quruq) havo massalari mavjud. Bular shu ketma-ketlikda ekvatordan qutblarga tomon har ikkala yarimsharda almashinadi.

Uchinchi  iqlim hosil qiluvchi omil — yerusti tuzilishi tabiat komplekslarining xilma-xil bo‘lishiga iqlim orqali ta’sir etadi.

Iqlim mintaqalari. Ekvatordan qutblarga tomon issiqlikning kamayishi hamda turli kengliklarda yil bo‘yi yoki fasllar bo‘yicha turli havo massalarining hukmronligi tufayli Yer yuzida 7 ta asosiy va 6 ta oraliq iqlim mintaqalari vujudga kelgan. Asosiy mintaqalarda yil bo‘yi nomlari tegishli havo tiрi bilan bog‘liq bitta havo massasi hukmron. Oraliq mintaqalarda havo tiрlari fasllar bo‘yicha almashib turadi.

Внимание! Если Вы нашли ошибку в тексте, выделите её и нажмите Ctrl+Enter для уведомления администрации.

Комментарии