Ibrohim Hasanov 

3 860

 

Geografiya fanlari nomzodi, dotsent 
Hasanov Ibrohim Axatovich
  Geografiya fanlari nomzodi, dotsent Hasanov Ibrohim Axatovich 1940-yil 5-avgustda, Toshkent shahrida, harbiy xizmatchi oilasida tug`ilgan. 1958-yilda Toshkent shahridagi 59-sonli o’rta maktabini tugatib, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zMU) Geografiya fakultetiga o’qishga kirgan. Universitetni 1963-yilda tabiiy geografiya, o’rta maktab geografiya o’qituvchisi ixtisosligi bo’yicha tamomlab, mehnat faoliyatini Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi 7-son o’rta maktabda geografiya o’qituvchisi lavozimida boshlagan. 1964-yildan Toshkent Davlat universiteti geografiya fakultetida laborant, katta laborant, kichik ilmiy xodim vazifalarida ishlagan. 1969-yildan O’zbekiston Fanlar akademiyasi geografiya bo’limida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim vazifalarida, 1982-1994-yillarda shu bo’lim boshlig`i lavozimida ishlagan. 
1994-yildan buyon Mirzo Ulug`bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Geografiya fakultetida dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. 
 I.A.Hasanov 1982-yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan, 1993-yilda unga katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berilgan. U tabiiy geografiya, landshaftshunoslik, tabiiy komplekslarni maqsadli baholash, meliorativ va rekreatsion geografiya yo’nalishlarida ilmiy faoliyat ko’rsatmoqda hamda universitetda O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi kurslaridan yuqori ilmiy va uslubiy darajada ma’ruzalar o’qimoqda, shu kurslar bo’yicha dasturlar tayyorlagan. 
 Dotsent I.A.Hasanov 46 yildan ziyod ilmiy pedagogik ish stajiga ega. U tomonidan tayyorlangan 100 dan ortiq ilmiy ishdan 78 tasi chop etilgan, qolgan 25 tasini ilmiy hisobotlar va xaritalar tashkil etadi. Chop etilgan ishlardan 3 tasi monografiya, 3 tasi o’quv qo’llanma, 4 tasi ma’ruzalar matnidir. I.A.Hasanov 2 ta fan nomzodi tayyorlagan. U yoshlarni ma’naviy va ma’rifiy jihatdan tarbiyalash, qadriyatlarimizni targ`ib qilish va keng ommaga tushuntirishda, Respublika regional va xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlarda faol qatnashib kelmoqda. 
 I.A.Hasanov sobiq SSSR FA "Biosfera muammolari” Ilmiy kengashining 2 ta seksiyaning a’zosi bo’lgan, O’zRFA "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” Ilmiy kengashning, O’zR Geografiya jamiyati hay’atining, O’zMU ilmiy-metodik kengashining a’zosi, geografiya fakulteti o’quv-metodik kengashining raisi, O’zMU qoshidagi ixtisoslashgan Ilmiy kengash a’zosi va ilmiy kotibi bo’lgan. 
 I.Hasanovning O.Yu.Poslavskaya bilan birgalikda yozgan "Qashqadaryo viloyati” maqolasi ham geografik bilimlarni ommalashtirishga o’z hissasini qo’shgan.
 Ko’p yillik halol mehnati, yutuqlari va jamoat ishlarida faol qatnashganligi uchun I.A.Hasanov "Mehnat faxriysi” medali, O’zFA Prezidiumi va O’zMUning faxriy yorlig`lari hamda O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining bir yilligi munosabati bilan chiqarilgan ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. Pedagog olimga sihat-salomatlik, ijodiy muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. 

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.