Tur Xeyerdal
(1914-2002)
Butun umrini dunyoni o`rganishga bag`ishlagan mashhur norveg sayyohi Tur
Xeyerdal o`zini Dunyo fuqarosi, deb hisoblar edi. Dunyo okeani qadimgi
sivilizatsiyalarni bir-biridan ajratuvchi emas, balki o`zaro bog`lovchi omil
bo`lgani haqidagi nazariyasi olimni butun umri davomida sayyoramizning turli
qismlaridan ushbu ta’limotga isbot topish uchun tinmay sayohat qilishga
undagan.
Tur Xeyerdal 1914-yilning 6 oktyabrida Norvegiya janubidagi Lavrik degan
sha- harchada tavallud topgan. Onasi Darvin ta’limotining tarafdori edi. Xuddi
shu holat Turda bolaligidanoq zoologiya faniga qiziqish o`ygotgan. O`rta
maktabni tugatgach, T.Xeyerdal 1933-1936-yillarda Oslo universitetida geografiya va
zoologiyadan tahsil oldi.
Universitetda o`qib yo`rgan kezlarida u XX asr boshlarida Polineziyadagi
Taiti orolida yashagan norveg sayyohi Ber Krepelin bilan tanishib qoldi va
mazkur tanishuv uning tadqiqotchi-sayyoh sifatida shakllanishida muhim rol o`ynadi.
Sayyoh, Oslodagi o`sha paytlarda dunyoda eng yiriklaridan hisoblangan kutubxonada Polineziya tarixi va madaniyatini mustaqil o`rgangan. Natijada bo`lajak olim
Polineziyadagi Markiz orollari faunasini o`rganish uchun sayohat qilishni
rejalashtirgan va bu reja qo`llab-quvvatlangach, 1937-yilda rafiqasi Liv bilan
Marseldan Atlantika okeani, Panama kanali va Tinch okeani orqali Taitiga yo`l
oldi.
Taitiliklar sardorining uyida bir oycha tabiiy sharoitda yashashga
o`rgangach, T.Xeyerdal Fatu Xiva deb
nomlangan yakka orolga borib, sivilizatsiyadan uzilgan holda bir yil yashagan.
Ekspeditsiyaning asosiy maqsadi orolning faunasini o`rganish bo`lganligiga qaramay,
T.Xeyerdalni ko`proq Polineziyaga aholining qanday kelib joylashganligi
qiziqtirardi. U Polineziya orollari changalzorlaridagi o`sha vaqtgacha hech kimga
ma’lum bo`lmagan tosh haykallarni uchratgan va xuddi shunga o`xshash haykallar
Kolumbiyadan, ya’ni Markiz orollaridan 6 ming kilometr sharqda joylashgan
mamlakatdan ham topilganligini inobatga olib, bu o`xshashlikning umumiy
tomonlarini tadqiq etishga harakat qilgan.
Polineziya orollarining hayvonot va nabotot olami, mahalliy aholining
hayoti va urf-odatlarini o`rganish natijasida T.Xeyerdal Amerika qirg`oqlarida
paydo bo`ladigan shamollar va oqimlar Polineziya orollariga odamlarning kelib
joylashishiga sabab bo`lgan, degan taxminni ham ilgari so`rgan.
O`sha vaqtlargacha fanda Polineziya aholisining ajdodlari orollarga
Janubi-Sharqiy Osiyodan kelib qolgan, degan fikr mavjud edi. O`z fikrini
isbotlash uchun T. Xeyerdal 1939-yilda Kolumbiyaga sayohat qilib, Viktoriya
muzeyida amerikalik Hindularning hayotini o`rgandi. Tinch okeani orollari va
Amerika Hindularining aloqalariga bag`ishlangan maqolasida T.Xeyerdal
Polineziya madaniyatida Janubiy Amerika madaniyati unsurlari mavjudligini va
polineziyaliklarning orollarga shimoldan - Gavay orollari orqali kelib
qolganini isbotlab bergan. Polineziya va Amerikaning qadimgi aloqalari haqidagi
maqolasini u faqatgina Ikkinchi jahon urushidan so`ng – 1946-yilda Nyu-Yorkda
jahon ilmiy jamoatchiligi e’tiboriga havola etdi.
Dunyo ilm ahli norveg olimining amerikalik Hindular qadim zamonlardayoq
Tinch okeani orollariga oddiy sollarda suzib borganligi haqidagi nazariyasiga
ishonchsizlik bilan qarashgandi. Ammo o`z fikrini isbotlash maqsadida
T.Xeyerdal «Kon-Tiki» ekspeditsiyasini tashkil etgan. Bu arxeologik tajriba
ekspedisiyasi bo`lib, o`z oldiga uch asosiy vazifani qo`ygan: bals daraxti yog`ochlaridan
qurilgan qadimgi solning iloji boricha aniq nusxasini yasash, bunday suzish
vositasining dengizda yurish sifatlarini tekshirish va solni Polineziya
qirg`oqlariga olib borishi mumkin bo`lgan shamol va dengiz oqimlari
yo`nalishini o`rganish.
Buning uchun 1947-yilda Ekvador changalzorlaridan olingan yirik bals
daraxti yog`ochlari Peruga olib kelinib, sol yasalgan va unga inklar yurtidan quvilgan
afsonaviy sardor nomi sharafiga «Kon-Tiki», deb nom berilgan. 1947-yilning 28-
aprelida T.Xeyerdal besh nafar hamrohi bilan Peruning Kalyao portidan solda
suzib ketdi. 101 kunlik suzishga va Tinch okeani bo`ronlariga dosh bergan sol
1947-yilning 30 iyulida Tuamotu arxipelagidagi Raroia atolliga yetib kelib,
ba’zi bir olimlarning balsdan yasalgan solda okeanda suzish mumkin emas, degan
fikrini puchga chiqardi.
Ammo ba’zi olimlar T.Xeyerdalning mazkur sayohati haqidagi xujjatli
filmni ko`rmaguncha, hatto bunday solda sayohat amalga oshirilganligiga
ishonishni ham istashmagan. «Kon-Tiki» soli kuniga 42,5 mil, hammasi bo`lib
4300 mil yoki 8 ming kilometrdan ortiq masofani suzib o`tgan. T.Xeyerdal o`z
nazariyasini tanqid qilganlarga javoban 1952-yilda 800 betli «Tinch okeanidagi
amerikaliklar: «Kon-Tiki» eksiyeditsiyasining ilmiy asosi», deb nomlangan
asarini chop etgan. Ushbu asar dunyodagi 66 tilga tarjima qilingan va sayohat
davomida olingan film esa 1951-yil AQSh kinoakademiyasining «Oskar» mukofotiga
sazovor bo`ldi.
«Kon-Tiki» ekspeditsiyasining keng tan olinishi sifatida T.Xeyerdal
Shvetsiya geografiya va antropologiya jamiyati, Parij geografiya jamiyati,
Buyuk Britaniya Qirollik geografiya jamiyatining oltin medali bilan
mukofotlangan va olim dunyodagi turli davlatlar Fanlar akademiyalarining a’zosi
etib saylangan.
1952-yilda T.Xeyerdal Ekvador qirg`oqlaridan 965 km
uzoqlikda joylashgan Galapagos orollariga arxeologik ekspeditsiya tashkil etdi.
Buning natijasida janubiy amerikaliklarning orolga Kolumbgacha bo`lgan
zamonlarda ham suzib borishgani, doimiy uy-joylarning yo`qligi esa bu yerda
ichimlik suvi tanqisligi bilan izohlanishi isbot qilingan.
1955-yilda esa olim Pasxa oroliga sayohat qilib, u yerda arxeologik
tadqiqotlar olib bordi. Bu yerda topilgan yirik tosh kallalar haqiqatda
orolning birinchi yashovchilari tomonidan qurilgan va qum ostiga komilib ketgan
gigant haykallarga tegishli ekanini hamda ularning Janubiy Amerikada
inklargacha bo`lgan zamonda barpo etilgan xuddi shunday inshootlar bilan
o`xshashligi ham aniqlangan. Pasxa orolidagi tadqiqotlar sayyohning «Pasxa
orolining san’ati» nomli ikki jildli asarida keng yoritib berilgan.
Olim tomonidan topilgan tropik qamish (papirus)dan yasalgan kemalarning tasviri
unda inklargacha bo`lgan Amerika aholisi okeanni qamishdan yasalgan kemalarda kesib
o`tgan bo`lishi mumkin, degan fikrni o`ygotdi. Xullas, T.Xeyerdal tropik qamishdan
kema yasab, unda Atlantika okeanini suzib o`tishga qaror qilgan.
Chadlik ustalar tomonidan qadimgi kemalarga monand qilib tayyorlangan «Ra»
deb nomlangan kema 7 mamlakat a’zolaridan iborat 7 kishilik ekipaj bilan BMT bayrog`i
ostida 1969-yil bahorida Marokashning Safi portidan jo`nab ketgan va Shimoliy ekvatorial
oqim ta’sirida 5 ming kilometr yo`l bosib, Janubiy Amerikaga yetib kelgan. 10
oydan so`ng esa, T.Xeyerdal «Ra-2» papirus kemasida 57 kun suzib, Barbadosga
yetib oldi. Bu tajribasi bilan T.Xeyerdal qadimgi dengizchilar Kanar oqimidan
foydalangan holda Atlantika okeani orqali Janubiy Amerika va undan keyin Tinch
okeaniga suzishlarni amalga oshirganliklarini isbot qilgan. Mesapotamiya, Misr
va Hindiston kabi hududlardagi qadimgi Sharq sivilizatsiyalari o`rtasidagi o`zaro
madaniy aloqalarni o`rganish uchun T. Xeyerdal 1977-yildan boshlab «Tigris»
nomli papirusdan yasalgan kemada BMT bayrog`i ostida Qizil dengiz, Fors ko`rfazi
va Hind okeani suvlarida 6800 km masofani bosib o`tgan. Bu
sayohat davomida olim Iroq, Ummon, Pokiston, Jibuti, Efiopiya, Somali va boshqa
ko`plab mamlakatlarni chuqur o`rgangan.
1982-yilda sayyoh Maldivning qadimgi madaniyat o`choqlarini o`rganib,
ularning Hindiston va Shri-Lanka madaniyati bilan bir xil ekanini isbotlagan.
1988-1989- yillarda esa olim Perudagi arxeologik qazilmalar chog`ida pishiq g`ishtdan
qurilgan 26 ta qadimiy ehromlarga duch keldi.
2000-2001-yillardagi
Azov dengizi atrofidagi qazilmalar natijasida T.Xeyerdal norveglarning
avlodlari Skandinaviyaga Kuban dashtlaridan bundan 2000 yil ilgari ko`chib
kelganligi haqidagi xulosani ilgari surdi. XX asr ikkinchi yarmidagi eng buyuk
sayyoh, deb tan olingan va umrining oxirigacha dunyoni o`rganish bilan mashg`ul
bo`lgan T.Xeyerdal 2002-yilning 18-aprelida 87 yoshida vafot etgan.
T.Xeyerdal o`z
ekspeditsiyalarida qatnashish uchun turli irq, millat, din va siyosiy tuzum
vakillarini yig`ib, bu bilan kichkina bir solda kishilar totuv yashab, samarali
hamkorlik qilishlari mumkinligini dunyo hamjamiyatiga isbot qilib bergan ham.
Bundan tashqari, sayyohning ekspeditsiyalari turli kashfiyotlar qilish bilan
birga Dunyo okeanining ifloslanishi buyicha zarur namunalar yig`ib, ularni
BMTga taqdim etgan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.