Frit’of Nansen
Frit’of Nansen
(1861-1930)
Arktikani
va muz bilan qoplangan dunyodagi eng yirik orol - Grenlandiyani o`rganishda
hamda janubiy qutbni tadqiq qilish usullarini yaratishda norveg sayyohi Fritof
Nansenning xizmatlari katta.
F.Nansen
1861-yilda Norvegiya poytaxti Oslo
shahri yaqinida dunyoga kelgan. Ota-onasi sayohatlar ishqibozi, o`zlarining
ko`p vaqtlarini o`rmonlarda va baliq ovi bilan o`tkazuvchi kishilar bo`lgan.
Shu bois F.Nansenda yoshligidanoq tabiatga muhabbat va sayohat qilishga ishtiyoq
kuchli bo`lgan.
1880-yili
F.Nansen Oslo universitetiga zoologiya mutaxassisligi bo`yicha o`qishga kirgan.
Mazkur fan turli ekspeditsiyalarni tashkil etish imkoniyati mavjudligi uchun
ham sayyohning e’tiborini o`ziga tortgandi. Ikki yil o`tgach, F.Nansen Arktika
tomon yo`l olgan «Viking», deb nomlangan ovchi kemaga ishga yollangan. Ana shu
vaqtda Grenlandiyaning jozibador muz tog`larini birinchi marta o`z ko`zi bilan
ko`rdi. Xuddi ana shu muz tog`larining go`zalligi, ulardan xosil bo`lgan turli
shakllar uni uziga shaydo qilib, Grenlandiyani piyoda kesib utishga
muljallangan birinchi ekspeditsiyani tashkil etishga undagan.
Sayohat
rejasi bo`yicha F.Nansen Grenlandiyaning hech kim yashamaydigan sharqiy
qirg`oqlariga iloji boricha yaqin suzib kelib, kemani shu yerda qoldirib, muz
tog`lar osha orolning g`arbiga tomon
piyoda o`tishni mo`ljallagandi. 1888-yilning may oyida daniyalik homiy mablag`lari
hisobiga sayyoh, besh nafar hamroh bilan Grenlandiya sayohatini boshladi.
Orolning
muz maydonlari bilan qoplangan sharqiy qirg`og`iga yetgach, sayyohlar kemani
tark etishgan, ammo muzliklarning bir necha mil janubga siljigani ularni shimol
tomonga harakat qilishga majbur qilgan. Bu holat ancha qo`shimcha vaqt talab
etib, ekspedisiyaning arktik qish kirgunga qadar orol g`arbiga yetib borish
rejasini amalga oshirishni birmuncha qiyinlashtirib yubordi. Bundan tashqari,
tog`lar, muzliklar va o`ta past hapopat F.Nansen sayohatini mushkullashtirgan.
Shunga qaramay sayyoh va hamrohlari 37 kun yo`l yurib, 1888-yilning sentyabr
oyi oxirlarida Grenlandiyaning g`arbidagi eskimoslar qishlog`iga yetib
kelishdi. Bu paytda dengizda navigatsiya mavsumi tugaganligi bois, F.Nansen,
guruhi eskimoslar qishlogida majburiy kishlashga qolgan va bu
vaqtini sayyoh mahalliy axdpi turmush tarzini o`rganishga bagishlagan.
O`z tajribasi va eskimoslar hayotini kuzatish natijalarini o`zaro
umumlashtirgan holda sayyoh qutblarga changida va itlar kushilgan chanalarda
sayohat qilishning klassik uslubini yaratgan. 1889 yilning may oyida F.Nansen
ekspeditsiyasi Norvegiyaga qaytib keldi va sayyohlarni vatanida qahramon
sifatida ko`tib oldilar.
Shu yili F. Nansen o`zining Grenlandiyaga sayohati haqidagi taassurotlarini
umumlashtirib, 1890-yilda «Grenlandiya orqali birinchi o`tish», 1891-yilda
«Eskimoslar hayoti», deb nomlangan ikki asarini yozib tugatdi. Bu orada F.Nansen
shimoliy qutbga birinchi bo`lib yetib borish va u yerda quruqdik bormi yoki yo`qligini
aniqlash maqsadida yangi ekspeditsiya tashkil etish taraddudiga tushgan. Qutb
muzlarida bir necha yildan beri suzib yo`rgan amerikaliklar kemalarining
tuzilishini yaxshilab o`rgangach, sayyoh «Fram» («Olg`a»), deb nomlangan va
muzning kuchli bosimiga bardosh bera oladigan aylana tubli kema yasattirgan.
1893-yilning
yozida F.Nansen «Fram» kemasida 12 kishilik ekipaj bilan yo`lga otlangan va
qutb tomon 450 mil suzgach, muzda tiqilib qolgan. Sayyoh va hamrohlari itlar qo`shilgan
chanalarda yo`lni davom ettirishib, qattiq mashaqqatlarga qaramasdan, birinchi
bo`lib 86°13'33" shimoliy kenglik nuqtasiga yetib bordilar.
«Fram»
kemasining qayerdaligini bilmagan holda, qutbshunoslar Frans-Iosif yeri
arxipelagida qishlashga qaror qilib, morjlar va oq ayiqlarni ovlab, morj
terisidan yasalgan chodirlarda yashashgan. 1896-yil may oyida sayyohdar ingliz
kemasini uchratishgach, uning yordamida uzoq suzib, O`sha yili avgust oyida
«Fram»ga qaytishga muvaffaq bo`ldilar. O`zining qutb sahrolari osha uch yillik
sayohati natijalarini F.Nansen 1897-yilda chop etilgan ikki tomlik «Chekka
shimol», deb nomlangan asarida yoritgan.
XX
asrning boshlarida xalqaro miqyosda mashhur qutbshunos olim sifatida nom
chiqargan F.Nansen 1906-1908-yillarda
Norvegiyaning Buyuk Britaniyadagi birinchi elchisi lavozimida ish olib borgan
va bu vaqtda «Shimoliy tumanlar orasida» nomli kitobini yozgan.
Dunyodagi
eng mashhur qutbshunos olim sifatida F.Nansen ingliz sayyohi Robert Skottga
uning Janubiy qutb ekspeditsiyasini tashkil etishda maslahatchi bo`lgan.
Ma’lumki, F.Nansenning maslahatlariga amal qilmagan va qutbga yurishni poni
otlar va motorli chanalarda tashkil etgan R. Skott janubiy qutbni birinchi
bo`lib zabt eta olmagan. Ammo F.Nansenning maslahatlariga va uning «Fram»
kemasi tajribasiga qat’iy amal qilgan vatandoshi R.Amundsen 1911-yil oxirida
Janubiy qutbga birinchi bo`lib yetib borgan.
Qutb
sayohatlari F.Nansenda okeanga nisbatan mehr o`ygotgan va olim 1908-yildan
boshlab Oslo
universitetida tashkil etilgan okeanografiya kafedrasiga boshchilik qilgan. Bu
vaqtda u «Dengizni tadqiq qilish xalqaro kengashi»ni tuzishda yordam ko`rsatgan,
uning laboratoriyalariga rahbarlik qilib, bir necha Arktik ekspeditsiyalarda
ishtirok etgan.
F.Nansen
1920-yilda Norvegiyaning Millatlar Ligasidagi birinchi vakili etib
tayinlangan. Bu vazifada u Birinchi jahon urushi natijasida asir olingan harbiy
tut1unlarni o`z vataniga qaytarish, ochlik yuz bergan mamlakatlardagi aholiga
jahon hamjamiyatining xayriya yordamini tashkil etish va turli hududlardagi
mojarolarni tinch yo`l bilan hal etishda faol ishtirok etdi. Bu boradagi
xizmatlari uchun 1922-yilda tinchlik sohasidagi Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Buyuk
qutbshunos sayyoh, geograf, zoolog, okeanolog va diplomat F.Nansen 1930-yilning
17-mayida chang`i sayridan so`ng madori ko`rib, 69 yoshida vafot etgan.
Olimning nomi qator geografik ob’ektlarda va xalqaro mukofotlarda abadiylashtirilgan
va dunyoning turli mamlakatlarida uning haykallari o`rnatilgan. Jumladan,
Oydagi krater, Frans-Iosif yeri arxipelagidagi va Kara dengizidagi orollar,
Antarktida, Tyan-Shan tog`lari va Kanadadagi tog` cho`qqilari F.Nansen nomi
bilan atalgan. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar
ishlari bo`yicha oliy komissari idorasining yillik mukofoti - «Nansen medali»
mavjud.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.