Balandlik mintaqalari
Yevrosiyo hududining deyarli yarmi tog‘lardan iborat. Tog‘lardagi balandlik mintaqalarining soni va turi ularning geografik o‘rniga, balandligiga, yo‘nalishiga, havo oqimlariga ro‘para kelishiga bog‘liq. Tog‘ qaysi tabiat zonasida joylashgan bo‘lsa, balandlik mintaqaning asosi ham shu tabiat zonasi hisoblanadi. Balandlik mintaqalarining almashinib kelishi Himolay (38° sh.k., 88° shq.u.), Alp (46° sh.k.,18° shq.u.) tog‘larining janubiy yonbag‘rida aniq namoyon bo‘ladi. Himolayning tog‘ etaklarida botqoqlashgan changalzorlar - terayalar joylashgan. Tuprog‘i qorabalchiq-botqoq, o‘simligi baland bo‘yli (5 m gacha) o‘t-o‘simliklar, sovun daraxti, mimoza, palma va bambuklardan iborat.
Terayalarning iqlim sharoiti yerdan 2-3 marta hosil olish imkonini beradi. Odatda, yozda sholi, jut, shakarqamish, qishda esa arpa, grechixa va bug‘doy yetishtiriladi. Himolay va Alp tog‘laridagi balandlik mintaqalarini qiyoslasak, shunday xulosaga kelish mumkin: baland tog‘lardagi mintaqalar soni qutblardan ekvator tomon ortib boradi.
Agar bunday tog‘ qutbda bo‘lsa, bitta, agar taygada joylashsa, uchta, dasht zonasida joylashsa, yettita balandlik mintaqasi hosil bo‘ladi. Masalan, Kavkaz tog‘laridan qutbgacha qancha tekislik mintaqalari bo‘lsa, shu tog‘ning shimoliy yonbag‘rida shuncha balandlik mintaqalari tarkib topadi. Kavkaz tog‘ining shimoliy yonbag‘rida dasht, o‘rmon-dasht, keng bargli o‘rmonlar, aralash o‘rmonlar, ignabargli o‘rmonlar, subalp va alp o‘tloqlari, eng balandda qor va muzliklar almashinib keladi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.