Hind okeani 

3361

Asosiy xususiyatlari. 
  Eng sho‘r okean, eng issiq ko‘rfazi mavjud, eng katta suv osti deltasi bor, cho‘kindi jinslar eng qalin (5,5 km Gang deltasi), asosiy qismi Janubiy yarimsharda, o‘simlik va hayvonlarga eng kambag‘al, eng uzun bo‘g‘izi bor, neft va gaz zaxirasi va qazib olinishi, tashiladigan neft hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Marvarid va durlar yig‘ib olishda yetakchi hisoblanadi.
Geografik o‘rni va o‘rganilish tarixi.
   Geografik o‘rni. Sanskrit yozuvda hind so‘zi «sug‘oradigan» yoki «daryo», pushtutilida esa «Abba-Sind», ya’ni «daryolar otasi" degan ma’nolarni anglatadi. Forslar sind atamasini hind deb atashgan. Demak, hind so‘zi daryo nomidan kelib chiqqan.
   Hind okeani to‘rtta materik (Afrika, Yevrosiyo, Avstraliya, Antarktida) oralig‘ida joylashgan. Okeanning asosiy qismi Janubiy yarimsharda joylashgan. Shimoli-sharqiy va shimoli-g‘arbiy qirg‘oqlari ancha parchalangan.
   O‘rganish tarixi. Arablar, shumerliklar Fors ko‘rfazi, Qizil dengiz va Hind okeanida (er.av. 4-5 asrlarda) suzishgan bo‘lsalar, finikiyaliklar (er.av. VI asrda) Hind okeani orqali Afrikani janubdan aylanib o‘tib, g‘arbdan qaytib kelganlar.
  Eramizning boshlaridan arablar (ayniqsa, VII-XII asrlarda) Hind okeanini o‘zlashtirdilar. Ular okean qirg‘oqlarini, orollar, oqimlarni, shamollarni atroflicha o‘rgandilar. Vasko da Gama (1498 y.) Hindistonga dengiz yo‘lini ochdi. Hind okeanini birinchi bo‘lib A.Tasman (1642 -1643 yy.) g‘arbdan sharq tomonga (Avstraliya janubiga) suzib o‘tgan bo‘lsa, Kuk (1771-1775) okean chuqurligini aniqladi.
  Okeanni muntazam o‘rganish XIX asrning oxiridan boshlandi «Chellenjer» kemasi a’zolari, YUNESKO tashabbusi bilan 1960-1965 yillarda tashkil etilgan Xalqaro Hind okeani ilmiy ekspeditsiyasi okean to‘g‘risida mukammal ilmiy ma’lumotlar to‘pladi.
Okean tubi relyefi, iqlimi, organizmlari va tabiat mintaqalari
  Okean tubi relyefi. Hind okeani tubida uch tarmoqqa bo‘linib ketgan O‘rtaliq Hind okean tog‘ tizmalari mavjud. Bular Arabiston-Hindiston-G‘arbiy Hind tog‘lari va Avstraliya-Antarktida ko‘tarilmalaridir. Tog‘ tizmalari kengligi 400-800 km, balandligi 2-3 km.
  Iqlimi. Okeanning shimoliy qismida suv yuzasining harorati yuqori +25°C, +28°C, janubida esa ancha past. Shimolida haroratga iliq musson shamoli, janubida sovuq g‘arbiy shamollar oqiminmg ta’siri kuchli. Suvining sho‘rligi Dunyo okeani o‘rtacha sho‘rligidan yuqori. Qizil dcngiz suvi eng sho‘r (42‰), eng chuchugi Bengaliya qo‘ltig‘i (30-34‰) suvlaridir. Yog‘inlar miqdori ekvatorial mintaqada ko‘p (3000 mm gacha), qutblar tomon kamayib boradi. Eng kam yog‘in shimoli-g‘arbiy qismida (100 mm) kuzatilgan. Okeanda shimolda tropik, subekvatorial, ekvatorial, janubda subekvatorial, tropik, subtropik, mo`tadil va subantarktika iqlim mintaqalari tarkib topgan. 
 Organizmlari. Hind okeanining tropik mintaqalarida planktonlar ko‘p. Planktonlar orasida kechasi nur sochadigan turlari bor. Okean suvlarida baliqlardan sardinella, skumbriya, akula, kitlar, iliq suvlarda ulkan dengiz toshbaqalari, dengiz ilonlari, mollyuskalar (kalmarlar) yashaydi. Dengiz sayozliklarida, marjon riflari alrofida organizmlar eng ko‘p tarqalgan. Bu yerlarda haqiqiy suv osti o‘tloqlarini uchratish mumkin.
  Okeanning tabiat mintaqalari. Shimoliy tropik mintaqada suvi iliq va sho‘rligi katta bo‘lgan tabiat kompleksi hosil bo‘lgan. Tropik mintaqaning shimoli-sharqiy qismida aksincha, chuchukroq suvli tabiat kompleksi vujudga kelgan. Janubiy tropik mintaqada barqaror passat shamollar esadi. Uning g‘arbiy qismida yoz va kuz oylarida kuchli dovullar bo‘lib turadi.

2015-yil 20-iyun kunda sodir bo`lgan Hind okeanidagi po`rtana

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash